Badiiy asar va unda "badiiylik" tushunchasining mohiyati
Download 107.21 Kb. Pdf ko'rish
|
badiiy-asar-va-unda-badiiylik-tushunchasining-mohiyati
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 363 www.birunijournal.uz baytda qurilmish mazmundan kelib chiqib, oshiqning ma’shuqa bevafoligidan azbaroyi hastalanib, rangi sarg’ayib ketganligini ifodalaydi. Demak, “za’faron” so’zi ko’chma – metaforik ma’noda istifoda etilgan. Bu mumtoz adabiyotda istiora deb atalmish badiiy san’at hisoblanadi. Xuddi shu baytda yana bir istiora mavjud bo’lib, “lolalar” so’zi bu vazifani ado etadi. Lolaning qip-qizil rangi qonni yodga keltiradi. Ko’z yoshi esa hech qachon qon rangida bo’lmaydi. Bunda mubolag’a usuliga suyanilgan holda, xalq tilida alam bilan to’kilgan ko’z yoshiga ishora sifatida “yig’layverib ko’zidan qon to’kdi” degan mubolag’aviy naqli nazarda tutiladi. Alisher Navoiy shu mafhumga tayanib “lolalar” so’zining xuddi shu istioraviy mazmunini nazarda tutadi va yuksak san’atkorlik bilan bir tomondan ma’shuqaning oshiqqa qilgan jabru jafolarini, unga nisbatan beparvoligini, qisqasi, ma’shuqaning bevafo va zulmkor tabiatini oshiqning ana shu ishq dunyosidagi turfa holatlarini mohirona ko’rsatib beradi. Fikrimizni bardavom qilib shuni qo’shimcha qilmoqchimizki, “Xazoyinul- maoniy”da mutafakkir shoirning hayratangez g’azallarining salmog’i boshqa tipdagi g’azallariga qaraganda ancha yuqori. Hayrat esa kutilmagan g’aroyibotlar, favqulodda tilsimli hodisotlar, kishini larzaga soluvchi voqeotlardan aqlning ajablanishidir. Hayrat ko’ngil tilsimi bo’lib, inson ruhining bu hududsiz koinot asrorlaridan taajjublanishidir (I.Haqqul). Bundoq qaraganda, har qanday shoir hayrat kishisi hisoblanadi va har bir she’r hayratdan tug’iladi. Agar qalamkashda aytilgan hayrat bo’lmasa, yaratiqlarining kuchi-qudrati, yashovchanligi shubha ostida qoladi. Shoirda hayrat bo’lmasa tabiiy bir she’rning dunyoga kelishi mushkul. Alisher Navoiy ham bundan mustasno emas. Uning hayratlarining manbalari bisyor: shoirning asarlarida Yaratganning qudrati, dunyoviy ma’shuqaning husni jamoli, kamolidan hayratlanish, ma’shuqaning sitamkorligi, raqiblarga oshino, unga esa beparvoligidan hayratlanish, davr nosozliklari, zamona ahlining bevafoligidan ozorlanish tufayli paydo bo’lgan hayrat va boshqa hayratlarga duch kelish mumkin. “Yigitlik nodirliklari” devoniga kirgan g’azallaridan biri bo’lgan “O’n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur”da shoir uch-to’rt o’rinda ayni hayrat so’zini istifoda etib, o’n sakkiz yoshli ma’shuqa(yoki ma’shuq)ning bu qadar hayratangez to’kisligidan paydo bo’lgan ichki hissiyotlarini bayon qiladi. Bu hayrat o’z-o’zidan tug’ilmagan. Shoir o’n sakkiz yoshni insonning ham tashqi, ham ichki olamida maromiga yetgan yetuklik, deb biladi. Bu komillik Ilohiy komillikning jilvasi hisoblanadi. Chunki shoir o’zi e’tiqod qo’ygan ilohiy qudrat, navqironlik, hayratomuz sehru sinoatni, jismoniy va aqliy tengsizlikni o’n sakkiz yoshli inson siymosida tajassum ettirgan (N.Jumaxo’ja). Matla’ning birinchi misrasidayoq shoir “o’n sakiz ming olam” timsoli va u tufayli yuzaga kelgan “oshub” (hayajon, g’avg’o, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling