Baholash ishi va investitsiyalar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
1-rasm. Biznes aktivlarining umumlashtirilgan tarkibi 5 Har bir korxona o‗zining ichki iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra sarmoyaga ega bo‗lsa- da, ular orasida nafaqat umumiy belgilar, balki farqlar ham mavjud. Moddiy, mehnat, pul, axborot asosi bunda umumiy hisoblansa, farqlar korxonaning samaradorligi, raqobatbardoshligi, bozordagi mavqei va rivojlanish istiqbollariga ta‘sir ko'rsatuvchi nomoddiy aktivlarda o‗z ifodasini topadi. 5 Xodiyev B.YU., Berkinov B.B., Kravchenko A.N. Biznes qiymatini baholash. – T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2007 y. – 6- b. Biznes aktivlari Moddiy aktivlar Nomoddiy aktivlar Ko‗chmas aktivkar Ko‗char aktivkar Intellektual mulk aktivlari Gudvil Franshiza Yer uchastkalari Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi obyektlar Noishlab chiqarish yo‘nalishidagi obyektlar Texnologik jihozlar Mashinalar Transport 11 Biznes tadbirkorlik faoliyati sifatida turli xildagi xizmatlarni ko'rsatish bilan band bo‗lgan ko‗p sonli xo‗jalik yurituvchi subyektlar (biznesm kreditlash, uni sug'urtalash, resurslar va texnologik jihozlar bilan ta‘minlash va hokazolar bilan band bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi subyektlar) bilan o‗zaro hamkorlikni talab etadi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatining turi sifatida biznesni shakllantirish va rivojlantirish uchun ishlab chiqarilayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotish bozorlari, ko‗char va ko‗chmas mulk, qimmatli qog‗ozlar bozorlari talab etiladi, bu pirovardida, biznesning ham tovar sifatida, ham tadbirkorlik faoliyatining turi sifatida turli xil bozorlar va bozor tuzilmalari bilan hamkorlik qilishini nazarda tutadi. Mulkdorlar munosabatlarini tartibga solish va bozor mexanizmlarini rivojlantirishda ushbu biznesmng qiymatini baholashga katta e‘tibor qaratiladi. Biznes mulkdori uni sotish, garovga qo‗yish, sug'urta qilish, vasiyat qihsh huquqiga ega, ya‘ni biznes bitim obyekti, tovar bo'lishi mumkin va har qanday tovar singari u xaridor uchun foydali bo'lishi kerak. Birinchi navbatda, u daromadlar olishga bo‗lgan ehtiyojlarga mos kelishi lozim. Har qanday boshqa tovar singari biznesning foydaliligi undan foydalanishda namoyon bo‗ladi. O‗z navbatida, agar biznes mulkdorga daromad keltirmasa, u uning uchun o‗z foydaliligini yo‗qotadi va sotihshi lozim bo‗ladi. Agar boshqa kimdir undan foydalanishning yangi usullarini, daromad olishning boshqa imkomyatlarini ko‗rsa, u holda biznes tovarga aylanadi. Ayni paytda, daromad olish, takror ishlab chiqarish yoki muqobil biznesni shakllantirish ma‘lum bir xarajatlar bilan kuzatiladi. Foydalilik va xarajatlar biigalikda bozor narxining asosini tashkil etuvchi miqdor bo‗lib, uni bozor qiymati deb belgilash mumkin. Shunday qilib, biznes ma‘lum faoliyat turi sifatida, bozor iqtisodiyotida uning tashkiliy shakl sifatida,mulkdorning daromadlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondiradi va uni olish uchun ma‘lum resurslar sarflanadi. Quyidagi 2-rasmda biznes va uning tarkibiy qismlarining turli bozorlarda (ko`chmas mulk, ko`char mulk va jihozlar, nomoddiy aktivlar, kreditlar, tovar bozorlari va hokozo) ishtirokini ko`rishimiz mumkun. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling