Baholash ishi va investitsiyalar
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi
tarkibiy jihatdan kirish, uchta bob, 98 bet, 25 ta jadval, 7 ta rasm, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, predmeti va obyekti, ishning maqsadi va vazifalari, nazariy-amaliy ahamiyati hamda malakaviy ish tarkibining qisqacha tavsifi yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobi biznes qiymatini baholashning nazariy va metodologik asoslari yoritilgan bo‘lib, mulkiy kompleks bo‘lgan biznes subyekti baholash faoliyati obyekti sifatida: nazariy jihatlar tavsifi va ahamiyati, biznes qiymatini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar va unga ta‘sir etuvchi omillar tasnifi va tavsifi, shuningdek, biznes qiymatini baholashning maqsadlari va metodologik jihatlari tavsifi yoritib berilgan hamda talaba tomonidan o‘rganilib, tegishli xulosalar keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobi biznes qiymatini baholashning huquqiy mexanizimi va axborotlar tizimiga bag‘ishlangan bo‘lib, biznes qiymatini baholashning huquqiy mexanizmi, biznes qiymatini baholashning bosqichlari va ularni amalga oshirishda axborotlar tizimini shakllantirishjihatlari hamda ―All Home‖ MCHJni baholash obyekti sifatida tahlili: hududiy joylashuv muhiti, tavsifi, moliyaviy ko‘rsatkichlari, bozori tahlili kabi masalalari o‘z aksini topgan va talaba tomonidan ushbu masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli fikr mulohazalar bildirilgan. Bitiruv malakaviy ishning uchinchi bobida, ―All Home‖ MCHJ ning bozor qiymatini baholash, ―All Home‖ MCHJ ning bozor qiymatini daromadli yondashuv asosida baholash, ―All Home‖ MCHJ ning bozor qiymatini xarajatli yondashuv asosida baholash hamda ―All Home‖ MCHJ ning bozor qiymatini qiyosiy yondashuv asosida baholash jarayonlari, shuningdek, ―All Home‖ MCHJ 8 ning yakuniy bozor qiymatini aniqlash va ekspert xulosa loyihasini shakllantirish amaliy ma‘lumotlar asosida ko‘rib chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida mavzu yuzasidan umumlashgan xulosalar shakllantirilgan hamda ko‘rilgan amaliy misollar doirasida biznes ulushi qiymatini aniqlash va ekspertiza xulosasini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling