Baholash ishi va investitsiyalar


-BOB. BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING NAZARIY VA


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/69
Sana05.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#214321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
Bog'liq
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari

1-BOB. BIZNES QIYMATINI BAHOLASHNING NAZARIY VA 
METODOLOGIK ASOSLARI 
 
1.1. Mulkiy kompleks bo’lgan biznes subyekti baholash faoliyati obyekti 
sifatida: nazariy jihatlar tavsifi 
 
―Biznes (angl. business) — xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining sohasini 
va  uning  iqtisodiy  manfaatlarni  tavsiflovchi  umumiqtisodiy  atama‖
3
.Biznes  - 
daromad  keltiruvchi  aniq  tadbirkorlik  faoliyati,  ish,  mashg‗ulot  turi  hisoblanadi. 
Har qanday biznes o‗zining korxona ko'rinishidagi tashkiliy-iqtisodiy shakliga ega. 
Hozirgi  sharoitda  har  qanday  mulk  obyekti  daromad  manbai  va  bozor 
muomalasining  obyekti  bo‗lishi  mumkin,  shu  jumladan,  mulk  huquqi  ham  ana 
shunday obyekt hisoblanadi. Bunda daromad olish jarayoni va daromad keltiruvchi 
mulk sifatida biznes alohida qiziqish uyg‗otadi. Biznesning asosini, uning ajralmas 
mohiyatini sarmoya tashkil etadi. Sarmoya zamonaviy iqtisodiy tizimning moddiy 
asosi  hisoblanadi. Sarmoya  -  bu  boylik, ishlab  chiqarish vositasi, ishlab  chiqarish 
omillari, ya‘ni daromad keltiruvchi mehnatga investitsiya qilishning turli moddiy- 
mulkiy shakllaridir. Daromad olish jarayoni ma‘lum bir iqtisodiy munosabatlarni, 
shu  jumladan, mulkchilik  munosabatlarini  nazarda  tutadi.  Demak, sarmoya  —  bu 
ishlab  chiqarishning  moddiy-mulkiy  omillaridan  tashqari,  daromadni  yaratish 
jarayoni subyektlari o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlar hamdir. 
Mulk va sarmoya ma‘lum bir tashkiliy tuzilmalar  - korxonalar, tashkilotlar, 
firmalar doirasida hamda ma‘lum bir biznes sohasida shakllanadi va foydalaniladi. 
0‗zbekiston 
Respublikasining 
Fuqarolik 
kodeksida
4
 
respublika 
tijorat 
korxonalarining  quyidagi  tashkiliy  shakllari  belgilangan:  xo'jalik  shirkatlari  va 
jamiyatlar (mas‘uliyati cheklangan jamiyat, qo'shimcha mas‘uliyatli jamiyat, ochiq 
va yopiq aksiyadorlar jamiyati, sho‗ba xo‗jalik jamiyati, qaram xo‗jalik jamiyati), 
ishlab  chiqarish  kooperativlari  va  unitar  korxonalar.  Tijorat  korxonalarining 
                                                           
3
 Xodiyev B.YU., Berkinov B.B., Kravchenko A.N. Biznes qiymatini baholash. – T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2007 
y. – 5- b. 
4
 0‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 0‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy nashri. T., 
2003, 21-b
 


 
10 
 
shakllari  xilma-xil  bo‗lishi  bilan  birga  ulaming  ixtiyorida  turli  xil  ko‗chmas, 
ko'char va nomoddiy aktivlar bo‗lishi mumkin. Ular qatoriga yer uchastkalari, turli 
yo'nalishdagi  binolar  va  inshootlar,  texnologik  jihozlar,  mashinalar,  avtotransport  va 
hokazolar  kiradi.  Ushbu  toifadagi  korxonalarning  nomoddiy  aktivlarini  intellektual 
mulklar, gudvill, franshiza va boshqa ashyoviy huquqlar tashkil etishi mumkin. Biznes 
aktivlarimng tarkibi umumiy ko'rinishda 1-rasmda namoyon etilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling