14
undan chiquvchi aksiyadorlarning aksiyalarini sotib olishi lozim bo‘lgan narxni
hisoblashda ham amalga oshirish zarur.
Bunda bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan qaysi mamlakat haqida gap
ketayotganligi muhim emas. Bu takrorlanuvchi holat bo‘lib amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga ham tegishli.
Har qanday korxonaning qiymatini baholash muayyan bozor sharoitida
ma‘lum bir vaqtda u tomonidan keltiriladigan potensial kutilayotgan va haqiqiy
daromadni hisobga olgan holda uning qiymatini pul ifodasida aniqlashning tartibga
solingan va aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayonini o‘zida namoyon etadi.
Yuqorida aytib o‘tganimzdek, biznes qiymatini baholash bozor xususiyatiga
xos funksiya hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, baholash birgina baholanayotgan
biznesni tashkil etish yoki xarid qilish xarajatlari bilan cheklanmaydi. U albatta,
bozor omillarining yig‘indisini hisobga oladi. Bu omillar quyidagi 3-rasmda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: