Baholash ishi va investitsiyalar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/69
Sana05.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#214321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari

 
83 
87 
 
89 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI......................  92 
 
ILOVA.................................................................................................  97 
 
 
 


 

 
KIRISH 
 
Mavzuning  dolzarbligi.Mamlakatimizda  chuqur  o‗zgarishlar,  siyosiy  va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotning  barcha 
tomonlarini  izchil 
isloh 
etish  va 
liberallashtirish,  jamiyatimizni  demokratik  yangilash  va  modernizatsiya  qilish 
jarayonlari  jadal  sur‘atlar  bilan  rivojlanib  bormoqda.  Bunda  kuchli  fuqarolik 
jamiyatini  shakllantirish  yo‗lida  belgilab  olingan  va  izchil  ravishda  amalga 
oshirilayotgan  ulkan  vazifalar  mustahkam  zamin  yaratmoqda.Bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida  mulkchilik  munosabatlarning  o‗zgarishi  va  xususiy  mulkning  vujudga 
kelishi,  sug‘urta  tizimining  rivojlanishi,  tijorat  banklarining  mulk  garovi  ostida 
kreditlar  berishga  o‘tishi  asta-sekin  xizmatlarning  yangi  turi-biznesni  baholash, 
uning  sarmoyasining  bozor  qiymatini  aniqlashga  bo‘lgan  ehtiyojni  shakllantirdi. 
Shu  o‗rinda  e‘tirof  etish  lozimki,  Respublikamiz  birinchi  Prezidenti  va 
hukumatimiz  tomonidan  biznes  qiymatini  baholash,  mulkni  davlat  tasarrufidan 
chiqarish,  fuqarolarimizning  biznes  qiymatini  baholashga  bo‗lgan  loqayd 
qarashlarini  tubdan  o‗zgartirish,  mulkka  egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf 
etishdagi  iqtisodiy  va  huquqiy  savodxonligini  oshirishga  mustaqilligimizning 
dastlabki yillardanoq alohida e‘tibor qaratib kelinganligi davlatimiz tanlagan bozor 
iqtisodiyotiga  o‗tishning  ―o‗zbek  modeli‖  naqadar  oqilona  va  uzoqni  ko‗zlagan 
dastur ekanligini tasdiqladi. Mamlakatimizda mustaqillikka erishganimizdan so‘ng 
juda ko‗p sohalar jadal sur‘atlar bilan rivojlanib kelmoqda. Shular singari baholash 
faoliyati  ham  alohida  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Darhaqiqat,  birinchi  Prezidentimiz 
I.A.Karimov  aytganlaridek,  ―mulkni  mustaqil  baholash  tizimini  yanada 
rivojlantirish,  baholash  xizmatlarining  professional  saviyasi  hamda  sifatini 
oshirish,  baholovchi  tashkilotlar  faoliyatini  tartibga  solishning  samarali  usullarini 
tadbiq  etish,  baholash  ishlarining  natijalari  va  holisligi  bo‘yicha  ularning 
mas‘uliyatini kuchaytirish zarur‖.
1
 
                                                           
1
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Baholovchi  tashkilotlar  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  va 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖gi 2008 yil 24 apreldagi PQ-843-
sonli qarori. 


 

 
Biznes  qiymatini  baholash  faoliyatiga  berilayotgan  e‘tibor  kundan-kundan 
yuksalmoqda  desak  aslo  mubolag‘a  bo‗lmaydi.  Uni  rivojlantirish  uchun 
qonunlar,qarorlar,  farmoyishlar  vaturli  xil  me‘yoriy-huquqiy  hujjatlarni  ishlab 
chiqilayotganligi  buning  yaqqol  dalilidir.  Shuningdek  kredit  munosabatlarining 
rivojlanishi  hambiznes  qiymatini  baholash  faoliyatiga  bo‗lgan  ehtiyojni  yanada 
kuchaytirdi.  O‗zbekiston  Respublikasida  so‗nggi  yillar  mobaynida  baholash 
faoliyatini  rivojlantirishning  asosiy  yo‗nalishlari,  baholash  faoliyatini  isloh  etish 
chora-tadbirlari  ishlab  chiqilmoqda.  Bu  esa,  o‗z  navbatida,  respublikada  iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan katta ishning bir qismidir.  
Birinchi  Prezidentimiz  tomonidan  qayd  etilganidek,  ―Bugungi  kunda 
xususiy  mulk  shaklidagi  korxona  davlat  mulki  bo‗lgan  korxonadan  ko‗ra  ancha 
samarali  ishlashini isbotlabo‗tirishning  zarurati bo‗lmasa  kerak.Tan  olish kerakki, 
bu  haqda  so‘z  yuritganda,  ba‘zan  xususiy  mulk  tushunchasini  nodavlat  mulkka 
asoslangan korxonalar tushunchasi bilan chalkashtiramiz. Mazkur ta‘riflarga qat‘iy 
aniqlik  kiritish  va  eng  muhimi,  qonunlarimizga  muvofiq  ravishda  iqtisodiyotda 
xususiy  mulkning  ustuvorligini  amalda  ta‘minlash,  uni  qo‗llab-quvvatlash  va 
daxlsizligini  kafolatlash  darkor.    Ishbilarmonlik  –  biznes  yuritish  uchun  amaliy 
qulay  sharoit  tug‗dirib  berish,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  har 
tomonlama qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning 
navbatdagi eng muhim yo‗nalishiga aylanmog‗i zarur‖.
2
 Shu sababdan ham biznes 
qiymatini  baholashningnazariy  va  amaliy  jihatdan  ko‘rib  chiqish  bugungi  kunda 
dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling