Muvofiqlashtiruvchi testdan misol: Quyidagi ginekologik tekshirishlar qo’llaniladi: - Biopsiya –
- Qinning orqa gumbazini punksiya qilish –
- Sistoskopiya -
- Kol’poskopiya –
- Javob: 4-A, 2-B, 1-C,
- 3-D.
- Diagnostika maqsadida bachadon bo’ynini va qindagi shubhali eroziyalarni ko’zdan kechiriladi.
- Qorin pardasida yallig’lanish jarayoni bo’lganda kichik chanoqda to’plangan suyuqlik xarakterini aniqlash uchun qo’llaniladi.
- O’smalarni aniqlash maqsadida, o’smalardan parchalar qirib olinadi.
- Qovuq kasalliklarida shilliq pardadagi o’zgarishlar xarakterini aniqlash uchun, chanoqdagi absesslarning qovuqqa ochilganiga gumon qilinganda qo’llaniladi.
8. Ketma-ketlikda to’lg’azish testlari. - Bu turdagi topshiriqlarda berilgan jarayonlar ularga taaluqli mantiqqa asoslangan holda, to’g’ri tartib bilan joylashtirilishi lozim.
- Tartibsiz joylashtirilgan topshiriqlar umumiy, lekin bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlariga va ularga taaluqli bo’lgan darajaga ko’ra tartibga solinishi kerak. Misol:
- Nazariy dars bosqichlarini to’g’ri ketma-ketlikda ifodalang:
- Yangi mavzu bayoni
- Uyga vazifa
- Mustahkamlash
- Tashkiliy
- Xulosa yasash
- Javob: 4, 1, 3, 5, 2.
9. Erkin keng qamrovli javobli testlar. - Bu turdagi topshiriq savollariga javoblar aniq belgilab qo’yilmaydi, balki ta’lim oluvchi erkin va to’loqonli javob berishi mumkin bo’ladi.
- Misol: Ilg’or ta’lim texnologiyalarini dars jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini izohlab bering.
Amaliy topshiriqlarni baholash. - Amaliy topshiriq – amaliy mahoratni baholashning asosiy usullaridan biri hisoblanib, ta’lim oluvchiga ma’lum bir mehnat topshirig’ini bajarish bo’yicha amaliy vazifa beriladi. Muhandis-pedagog ta’lim oluvchining faoliyatini kuzatib, oldindan ishlab chiqqan mezonlar asosida baholaydi.
- Amaliy ko’nikmalarni bajarishda quyidagi baholash mezonlariga asoslaniladi:
- Ish o’rnini to’g’ri tashkil etish;
- Mehnat usullarini to’g’ri bajarish;
- Texnika xavfsizligiga rioya qilish;
- Sifat va son ko’rsatkichlarini bajarish;
- Vaqt me’yorini hisobga olish;
- Ta’lim oluvchilarning mustaqillik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |