Bajardi: 20/2 guruh talabasi Abdiqahhorova Durdona
Mavzu: Texnologiya ta’limi fanining boshqa fanlar bilan bog‘lanishi
Download 51.78 Kb.
|
20.2 Abdiqahhorova Durdona Uy- ro‘zg‘or asoslari” “fanining maqsadi va vazifalari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan texnologiya fanida “Uy ro‘zg‘or asoslari” bo‘limi mazmuni
Mavzu: Texnologiya ta’limi fanining boshqa fanlar bilan bog‘lanishi.
Reja 1. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi pedagogika fanining tarmoqlaridan biri sifatida. 2. Texnologiyani ta’limi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Texnologiya fani ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash o’quv rejasida umumiy ta’lim fanlari va maxsus fanlarda o’qitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlarga umumtexnik, texnika va pedagogika fanlari kiradi. Umumtexnika fanlariga texnik mexanika asoslari, mashinasozlik asoslari, elektrotexnika va elektronika asoslari kirib, texnik fanlar bo’yicha bilim egallashga asos bo’ladi. Chizmachilik va chizma geometriya, materialshunoslik, ishlab chiqarish jarayonini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish va uning ekonomikasi asoslari, elektromantaj ishlari va elektr bilan ishlaydigan maishiy asbob (pribor)lar va boshqa texnik fanlar jumlasiga kiradi. O’qituvchining psixologik-pedagogik jihatdan tayyorgarligi psixologiya, pedagogika, texnologiya va kasb ta’limi metodikasi, chizmachilik va rasm o’qitish metodikasi, maktab gigiyenasi kabi fanlarni o’rganishda amalga oshadi. Shunday qilib, texnologiya fani o’qituvchisini tayyorlashda “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” ixtisoslashtiruvchi fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu fanlar boshqa fanlarni pedagogika, psixologiya va hokazolarni takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin bog’lanishda bo’ladi. “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” kursi o’rganish, umumiy ta’lim maktabidagi texnologiya fanining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo’llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo’yicha o’quv jarayonini tashkiliy prinsiplarini va uning mazmunini anglab olinishi, maktab ustaxonalarida ta’lim tarbiya jarayonini muvoffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar sistemasi sifatida o’rganilishi lozim. “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” alohida roli shuki, o’quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga ongli munosabatni tarkib topishi uchun obyektiv qulay sharoit vujudga keladi. Bo’lajak o’qituvchiga yana shu sharoitdan qanday qilib to’la foydalanishni ko’rsatish modulning vazifalaridan biridir. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi pedagogika fanining tarmog’i sifatida o’z obyektlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega. Texnologiya ta’limi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari; o’quv materialining mazmuni, o’qitish metodlari, o’quvchilarning bilish faoliyati, o’qitish natijalari va boshqalar o’rganish obyekti hisoblanadi. Pedagogika fanining tarmog’i sifatida texnologiya fanini o’qitish metodikasi oldiga qo’ygan asosiy tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Texnologiya fani vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish. Texnologiya fani vazifalarini belgilashda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan karorlar asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Texnologiya fani o’quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga o’quvchilarda ongli dunyo qarashni shakllanishiga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi. Texnologiya fanini o’qitish metodikasi ustaxonada o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan boshqa o’quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy matematik) o’qitishning o’zaro didaktik bog’liqligini ochib beradi, shuningdek, quyi, o’rta va yuqori sinflardagi Texnologiya fanining izchilligini ta’minlash yo’llarini ko’rsatadi. Texnologiya fani jarayonida o’quvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa ahloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og’zaki tushuntirish bilan emas, balki o’quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo’li bilan shakllantiriladi. 2. O’quv materialini mazmunini asoslash. Pedagogikadan ma’lumki, o’quv fanining mazmunini ishlab chiqish uchun, birinchidan, tegishli fan yoki texnikaning tarmog’idagi mavjud ma’lumotlardan o’quv materialini tanlab olish, ikkinchidan, bu materialni o’quvchilarni yosh xususiyatlarini, ularni boshqa fanlarga oid bilimlarini va boshqa ba’zi faktorlarni hisobga olgan holda ma’lum tartibda sistemaga solish zarur. Insoniyat tomonidan tuplangan bilimlar hajmi juda katta. Ulardan umumiy ta’lim talablariga eng yuqori darajada javob beradigan va o’quvchilarda o’rganiladigan ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy asoslari va amalda qo’llanilishi haqida to’g’ri tasavvur hosil qiladiganlarini ajratib olishga to’g’ri keladi. Buning uchun o’quv materiali eng katta tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatga molikligini xal qilish uchun uni tanlash mezoni bo’lishi kerak. Bunday mezon (kritiylar)ni ishlab chiqish ham metodikaning vazifasiga kiradi. O’quv materialining mazmuni fan va ishlab chiqarish taraqqiyotiga qarab o’zgarib boradi, shunga ko’ra o’quv dasturini ham o’zgartirib turish lozim. O’quv materialini tartibga solish ham muhim muammodir. Fan va o’quv jarayonida “sodda” va “murakkab” tushunchalari bir xil emas. Masalan, fan tarmog’i mashinasozlikda detal – sodda o’rganish obyekti, mashina esa detalga nisbatan murakkab hisoblanadi. Ammo o’qitish o’quvchilarni mashina (masalan, metall qirquvchi stanok) bilan tanishtirish detallarni o’rganishdan boshlansa, o’quvchilar o’quv materialini katta qiyinchilik bilan idrok etadilar, unga qiziqmasligini ko’rsatadi. Agar mashinani nimaga mo’ljallanganligini va umumiy tuzilishini tushintirishdan boshlansa, o’quvchilar uni konstruksiyasi bilan chuqurroq tanishish va uning ayrim detallarini o’rganish istagi tug’iladi. Natijada o’quvchilar o’quv jarayonida faol ishtirok etadi, ularning yangi bilimlarini ongli o’zgartirishga erishiladi. O’qitish metodikasi tartibga solishda eng samarador yo’lni va vositalarni topadi, bu esa maktab fanini asoslash va o’quv dasturini tuzish uchun ham zarur hisoblanadi. 3. Ta’lim jarayonini tashkil etish. O’quv jarayoni o’zaro chambarchas bog’langan o’qitish (o’qituvchi faoliyati) va ta’lim olish (o’quvchilar faoliyati)dan iboratdir. O’quv jarayonini tashkil etishning prinsiplari va usullarini ishlab chiqishda texnologiya fanini o’qitish metodikasi boshqa o’quv fanlarining o’qitish tajribasidan va didaktik tadqiqotlarining ma’lumotlaridan foydalaniladi. Shu bilan birga ko’p masalalarni texnologiya fanini o’qitish metodikasi mustaqil xal qiladi. Masalan, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, ish o’rnini tashkil qilish, mehnat usullarini to’g’ri bajarish va hakazo. Maktab tizimida o’quvchilar ishini tashkil qilishning uchta asosiy frontal, brigada va individual shakllari mavjud. O’quvchilarga beriladigan mehnat topshirig’i ijtimoiy foydali qiymatga ega bulishi lozim, aks holda tayyorlanayotgan buyumga nisbatan o’quvchilarda qiziqish uyg’onmaydi. 4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash. Bugungi kunda texnologiya yo’nalishi bo’yicha maktabdan va sinfdan tashqari ishlar keng tarqalgan. Deyarli har bir maktabda metal va metalmas materiallarga ishlov berish hamda yosh texniklar to’garaklari mavjud. Bunday to’garaklar yosh texniklar markazlari, klublari, mahalla qo’mitalar qoshida ham tashkil etilgan. Ularni ishini tashkil etish, turli shakllarini ishlab chiqish ham texnologiya fanini o’qitish metodikasining vazifasiga kiradi. Yuqorida ko’rsatilgan hamma vazifalarni xal qilishda texnologiya fanini o’qitish metodikasi quyidagi ilmiy metodlariga asoslanadi. Kuzatish. Kuzatish jarayonida tadqiqotchi o’quv jarayonining borishiga aralashmay, faqat nima sodir bo’layotganini qayd qilib boradi. Tadqiqotchi oldindan kuzatishning maqsadi, vazifasi va metodikasini belgilab oladi. Eksperiment. Eksperiment kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchi tomonidan vujudga keltirilgan jiddiy, aniq sharoitda o’tkaziladi. Eksperimentda vaziyatni keraklicha takrorlash mumkin. Tajriba avval kichik guruhda, so’ng sinfda, bir necha sinf va maktablarda o’tkaziladi. Natijaning samaradorligi haqida xulosa chiqariladi. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish. Ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, uni umumiy tahlil qilish o’quv jarayonini samarali tashkil etishga oid tavsiflarni ishlab chiqish imkonini beradi. Ilg’or tajribani kuzatish, o’qituvchilar bilan suhbatlashish, o’quvchilarning ishlari bilan tanishish va boshqa yo’llar bilan o’rganish mumkin. Ilg’or tajribani o’rganish va tarqatishda pedagogik o’qishlar muhim rol o’ynaydi. Nazariy tadqiqotlar. Metodikani ishlab chiqishda kuzatish metodlari yoki eksperiment yo’li bilan tadqiq qilib bo’lmaydigan malakalarni xal qilishga ham to’g’ri keladi. Masalan, o’quv materialining mazmunini asoslash amaliyotda to’plangan bilim va malakalarning tegishli kompleksini o’rganishdan boshlanadi. Bu holda tadqiqot analiz metodi bilan o’tkaziladi, ya’ni bilim va malakalarning butun kompleksi ajratiladi. So’ng hamma eksperimentlar ichidan o’quv dasturi mazmuniga kiradiganlari tanlab olinadi. Ya’ni analizga teskari jarayon-sintez sodir bo’ladi. Analiz va sintez nazariy tadqiqot metodlaridandir. Demak, metodika mustaqil tadqiqotlar bilan shug’ullanadi. Shu bilan birga boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langan holda, hamkorlikni amalga oshiradi. Texnologiya metodikasi fani pedagogika, psixologiya, tabiat, o‘lkamiz tarixi, o‘quv ustaxonasida amaliy mashg‘ulot metodikasi, ona tili, tasviriy san‘at, o‘qish, iqtisod bilan bog‘liq. O‘quvchilar matematika darslarida o‘rgangan son, sanoq son yig‘indi, ayirma, mavzularini texnologiya darsida ishlatishi mumkin. Masalan: O‘quvchilar bir necha gul yaproqlarini sanab chiqib qirqadilar. Gullarni qirqishda sanoq asosida doira shakllari chizib qirqiladi. Barcha olingan bilimlar texnologiya darsida mustahkamlanadi. Ona tili darslarida o‘rgangan mavzular texnologiya darslarida ham qo‘llash mumkin. Masalan: Sifat mavzusi texnologiya darsining ko‘p mavzularida qo‘llanadi. Orttirma, qiyosiy daraja, kamaytirma musbat tushunchalar bo‘ladi. Ranglarni bir-biridan farqi: Qizil, qi p-qizil, qizg‘ish, katta, kattaroq, kichikroq. O‘qish darslarida masal, ertak, sh’er, hikoya o‘qishadi. O‘rganilganlar asosida texnologiya darsida aplekatsiya yasash mavzusi bo‘ladi. Masalan: 1-sinflarda „Bo‘g‘isoq”, „Sholg‘om“ ertaqlari asosida aplekatsiya yasaladi. Aplekatsiyani bajarishdan oldin o‘quvchi tomondan ertak so‘zlab beriladi. Tabiyatshunoslik fani bilan bog‘liqligi darslarda o‘quvchilar tabiat in’om etgan barglar, urug‘lar, mevalar, postloq, daraxt shoxlari, parranda patlari, loylardan o‘yinchoqlar, aplekatsiyalar yasashadi. Tarix fani bilan bog‘liqligi qog‘oz mavzusini o‘tishda uning kelib chiqishi tarixi, kulolchilk, naqqoshlik, kashtachilik, misgarchilik, yog‘ochsozlik tarixi haqida o‘quvchilarga tushuncha beriladi. Bunda o‘quvchilarga milliy an‘analarimizga nisbatan muhabbat uyg‘otishadi. Tasviriy san’at darsi bilan texnologiya darsi chambarchars bog‘liqdir. Bu ikki fan har doim bir-birini to‘ldirib boradi. Chunki yasalgan narsa tasviri avval chiziladi. Shu chiziqlar asosida kerakli shakllar qirqiladi. Pedagogika fani ta’lim-tarbiya usullarini o‘rgatuvchi fan bo‘lganligi sababli texnologiya darsi bilan doim bog‘liq. Psixologiya fani o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini bilgan holda texnologiya darsini olib boradi. Texnologiya har bir narsani yasattirayotganda o‘quvchilarning ruhiy jarayonini hisobga olish zarur. O‘lkamiz tarixi bu fan bilan bog‘liqligi o‘quvchilarni atrofda bo‘ladigan barcha yangiliklar o‘quvchilarni yangi bilimlar asosida dars o‘tishga ularni fikirlash qobilyatlarini kengaytirishga, ekskursiyalar tashkil qilish va ekskursiyalar asosida ko‘rgan narsalarni bajarishga o‘rgatadi. O‘quv ustaxona amaliy mashg‘ulot bu fanga bog‘liqligi o‘qishda bajaradigan har bir ishlar tayyorlanadigan ko‘rgazmalar va ulardan qanday foydalanish kerakligini qaysi fanlar bilan bog‘liq holda yangi usul bilan dars berish texnologiya metodikasi fanida tushincha beriladi. Download 51.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling