KIRISH
1.O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Farmatsevtik botanika fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar biologik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
Farmatsevtik botanika fanining asosiy tushunchalari, uning maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, farmasevtika sohasidagi ahamiyati;
o‘simlik hujayralari;
o‘simlik to‘qimalari va qismlari;
o‘simliklarning sistematikasi to’g’risida tasavvurga ega bo‘lish.
tashqi morfologik xususiyatlari bo‘yicha gerbariy na’munalari asosida o‘simliklarni aniqlash;
o‘simliklarni oilasi bo‘yicha ajrata bilish;
o‘simliklarni morfologik tuzilishi bo‘yicha ajrata bilish;
o‘simlik organlarining anatomik tuzilishi va ularning xilma-xil ko‘rinishlarini ajratish;
tuban va yuqori tipdagi o‘simliklarning tashqi morfologik tuzilishini tasniflab berish;
o‘simlik to‘qima va hujayralarining elementar tuzilishini bilish va mustaqil ravishda hujayra qobig‘i, sitoplazma, yadro, vakuola (hujayra shirasi), hujayra xosilasi bo‘lgan kraxmal, yog‘, oqsilga mikroreaksiyalar olib borish, o‘simlik xom-ashyosini diagnostik ko‘rsatkichlari bo‘lgan kristallarning bor yo‘qligini aniqlash;
o‘simlik to‘qimalarida reaktivlar yordamida tirik va o‘lik hujayra elementlarini, hujayraning yog‘ochlangan va sellyulozali qobig‘ini, probkalanishini, qoplovchi to‘qimalarning kutinlashganini, tukchalarning har-xil turlarini va ular tuzilishini xilma-xilligini aniqlashni bilish;
efir moyi, smola bo‘shliqlarning bor yo‘qligini va ularning tuzilishini aniqlash;
hosil qiluvchi, qoplovchi, mexanik, o‘tkazuvchi, asosiy va ajratuvchi to‘qimalarning tuzilishini bilish;
o‘simlikni tasniflashi va ularni bir-biridan ajrata bilishi;
o‘simlikning morfologiyasini bilishi va ulardan foydalana olishi;
o‘simliklardan gerbariy tayyorlash;
kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblardan foydalanish;
doimiy va vaqtincha kesiklar tayyorlash va ularni bo‘yash;
hujayradagi moddalarni aniqlashdagi kimiyoviy reaksiyalarni bajara olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi:
Farmatsevtik botanika fanini mukammal o’zlashtirish uchun talabalar quyidagi fanlardan yetarli bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishi kerak
fizika
lotin tili-farmatsevtik terminologiya
noorganik kimyo
organik kimyo
mikrobiologiya
Ma’ruza mashg‘ulotlari
1-jadval
№
|
Ma’ruzalar mavzulari (farmatsiya)
|
Dars soatlari hajmi
|
|
4- semestr
|
|
1
|
Botanika faniga kirish. Botanika fani bo’limlari va uni farmatsiyadagi ahamiyati. Hujayra. O’simlik hujayrasi. Osmotik bosim. Sitoplazma. Plastidlar
|
2
|
2
|
Hujayradagi oziqli moddalar, kristallar. O’simlik to’qimalari. Hosil qiluvchi va qoplovchi to’qimalar.
|
2
|
3
|
Mexanik, o’tkazuvchi, ajratuvchi va asosiy to’qimalar.
|
2
|
4
|
Ildiz morfologiyasi va anatomik tuzilishi. Ildiz metamorfozi. Geterogen, gomogen ildizlar sistemasi.
|
2
|
5
|
Poya morfologiyasi. O’t o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi. Daraxtsimon o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi.
|
2
|
6
|
Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi. Shakli o’zgargan barglar.
|
2
|
7
|
Bargdagi fiziologik jarayonlar. O’simliklarning ko’payishi, o’sishi va rivojlanishi.
|
2
|
8
|
O’simliklar sistematikasi. Tuban o’simliklarga xarakteristikasi. Bakteriyalarning tuzilishi va ko’payishi.
|
2
|
9
|
Suv o’tlari, zamburug’lar va lishayniklar.
|
2
|
10
|
Yuksak sporali o’simliklarga tasnif. Moxsimonlar. Qirqquloqsimonlilar.
|
2
|
11
|
Qirqquloqsimonlilar. Yuksak o’simliklar evolyutsiyasi. Ochiq urug’lilar.
|
2
|
12
|
Yopiq urug’lilar o’simliklar. Reproduktiv organlarning paydo bo’lishi. Gul va to’pgullar.
|
2
|
13
|
Changlanish va otalanish. Meva, to’pmeva va urug’ tuzilishi.
|
2
|
14
|
Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, ko’knordoshlar.
|
2
|
15
|
Grechixadoshlar, choydoshlar, dalachoydoshlar, qovoqdoshlar, karamdoshlar, gulhayridoshlar oilalari.
|
2
|
16
|
Atirguldoshlar, selderdoshlar, dukkakdoshlar, ituzumdoshlar, yasnotkadoshlar va astradoshlar oilalari.
|
2
|
17
|
Mirtadoshlar va jo‘kadoshlar oilalari. Bir pallalilar sinfi. Liliyagullilar va qo’ng’irboshlilar tartibi.
|
2
|
18
|
Ekologiya, fitotsenologiya va o’simliklar geografiyasi.
|
2
|
Jami
|
|
36
|
Ma’ruza mashg‘ulotlari multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o‘tiladi
Laboratoriya mashg‘ulotlari
Darsni olib borish rejasi (xronoharita):
O’qituvchi talabalarni darsga davomati nazorat qilinadi va mavzu bo’yicha kirish so’zi - 5 daqiqa;
Talabalarning bilimini og’zaki usulda mavzuga tegishli savollar bilan tekshirish-40 daqiqa;
Rasm daftarini tekshirish: ( mavzularga doyir savollarga javoblari, o’rganilayotgan o’simliklarning hujayra, to’qimasi, vegetativ va generativ organlarning anatomik va morfologik tuzilishini, o’simliklarning sistematik belgilarini to’g’ri chizilganligi ahamiyat beriladi) – 15daqiqa;
Talabalar doyimiy preparatlar orqali mavzuga oyid materiallar bilan mikroskop ostida o’rganadilar-15 daqiqa;
Talabalar mustaqil ravishda kesmalar tayorlab mikroskopda kuzatadilar-20 daqiqa;
O’rganilayotgan o’simliklarni sistematik belgilarini aniqlaydilar-10 daqiqa;
Darsga yakun yasaladi va uyga vazifa beriladi- 5 daqiqa.
2-jadval
№
|
Laboratoriya mashg‘ulotlar mavzulari
|
Dars soatlari hajmi
|
|
4 semestr
|
|
1.
|
Mikroskopning tuzilishi. Hujayra tuzilishi. Osmotik bosim. Plastidlar. Etioplastlar va geronoplastlar.
|
4
|
2.
|
Hujayradagi zahira oziq moddalar. Kristallar va ularning tuzilishi. Vakuola, hujayra po‘sti va ularni aniqlash reaksiyalari.
|
4
|
3.
|
Hosil qiluvchi to‘qimalar, apikal, lateral va interkolyar meristemalar. Birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar. Qoplovchi to‘qima va mexanik to‘qima.
|
4
|
4.
|
O‘tkazuvchi to‘qimalar. O‘tkazuvchi to‘qima ksilema va floema elementlari, bog‘lamlari va ularning bajaradigan vazifasi. Asosiy va ajratuvchi to‘qimalar, bezlar va ularning xillari. Smola yo‘llari.
|
4
|
5.
|
Birlamchi va ikkilamchi ildizning ichki tuzilishi. Kambiy hosil bo‘lishi. Bargning anatomik tuzilishi.
|
4
|
6.
|
Bir va ikki pallali o‘tli o‘simlik poyasining anatomik tuzilishi. Yog‘ochli o‘simlik poyasining anatomik tuzilishi. Ochiq urug‘li o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi.
|
4
|
7.
|
Fiksirlangan material asosida yuksak o‘simliklarni anatomik tuzilishini test mikroskopiyasini aniqlash.
|
4
|
8.
|
Vegetativ organlar morfologiyasi. Ildiz morfologiyasi. Poya morfologiyasi. Kurtak tuzilishi. Vegetativ va generativ kurtaklar. Tinim davridagi kurtaklar.
|
4
|
9.
|
Barg morfologiyasi. Gerbariy namunalari asosida o‘simliklarning morfologik belgilarini (ildiz, poya va barglarni) aniqlash.
|
4
|
10.
|
Tuban sporali o‘simliklar, suv o‘tlari. Zamburug‘lar va lishayniklar.
|
4
|
11.
|
Yuqori sporali o‘simliklar, moxsimonlar, plaunlar, qirqbo‘g‘imsimonlar, qirqquloqsimonlilar.
|
4
|
12.
|
Urug‘li o‘simliklar. Ochiq urug‘lilar. Yopiq urug‘lilar. Gulning tuzilishi. Gul formulasi va diagrammasi
|
4
|
13.
|
To‘pgullar va ularning xillari. Meva xillari va urug‘ning tuzilishi.
|
4
|
14.
|
Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, ko‘knorguldoshlar, karamguldoshlar oilalari.
|
4
|
15.
|
Gulxayridoshlar, atirguldoshlar, dukkakdoshlar va mirtadoshlar oilalari .
|
4
|
16.
|
Jo’kadoshlar, selderguldoshlar, yasnotkaguldoshlar, ituzumdoshlar, astraguldoshlar oilalari.
|
4
|
17.
|
Bir pallalilar sinfi: Liliyagullilar tartibi (piyozdoshlar, loladoshlar oilasi: shirachlar, marvaridgullilar avlodlari), qo‘ng‘irboshlilar tartibi (g‘alladoshlar oilasi: makkajo‘xori,sholi,bug‘doy avlodlari)
|
4
|
18.
|
Test makroskopiya usuli yordamida gerbariydan foydalangan holda o‘simliklar oilalarini aniqlash. O‘simliklar ekologiyasi, geobotanikasi va geografiyasi
|
4
|
Jami
|
72 soat
|
Laboratoriya mashg‘ulotlar faol va interfaol usullari, ko’rgazmali tarqatma materiallar, laboratoriya jihozlari, qurilmalar va axborot multimediya qurulmilari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhga alohida o‘tiladi.
4.Talabalar tomonidan fan bo‘yicha olinadigan amaliy ko‘nikmalar
3-jadval
t/r
|
Mavzular
|
Amaliy ko‘nikmalar
|
4- semestr
|
1
|
Mikroskopning tuzilishi. Hujayra tuzilishi. Osmotik bosim. Plastidlar. Etioplastlar va geronplastlar.
|
Mikroskop bilan ishlash, vaqtinchalik kesiklarni tayyorlash va o‘simlik hujayra tuzilishini ko‘rib o‘rganish. O‘simliklardan vaqtinchalik preparatlar tayyorlab hujayraning turgor, plazmoliz va deplazmoliz holatini aniqlash. Plastidalarni aniqlash uchun berilgan ob’ektlardan preparat tayyorlash va mikroskop ostida ularni farqini ko‘rish.
|
2.
|
Hujayradagi zahira oziq moddalar. Kristallar va ularning tuzilishi. Vakuola, hujayra po‘sti va ularni aniqlash reaksiyalari.
|
O‘simlik hujayrasidagi to‘planadigan zahira oziq moddalarni aniqlash uchun, berilgan ob’ektlardan kesma tayyorlab, mikroreaksiyalar yordamida ularni aniqlash. Berilgan dorivor o‘simliklardan kesma tayyorlab, ularda uchraydigan (yakka, rafid, druz, sistolit) kristall turlarini aniqlash. Hujayra shirasida va hujayra qobig‘ida uchraydigan moddalarni kesma tayyorlab, mikroreaksiyalar yordamida aniqlash.
|
3.
|
Hosil qiluvchi to‘qimalar, xillari va joylanishi. Birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar. Qoplovchi va mexanik to‘qimalar.
|
Doimiy va vaqtinchalik preparatlarda o‘simlikning poya va ildizidagi hosil qiluvchi to‘qimani mikroskop ostida ko‘rib, tuzilishini o‘rganadilar. O‘simliklarning bargidan tayyorlagan vaqtinchalik preparatlarda bir va ikki pallali o‘simliklarning qoplovchi to‘qimalarning epidermis hujayralari, og‘izchalar va tukchalarning tuzilishini aniqlash. Yog‘ochli o‘simlik poyasining ko‘ndalang kesmasidan peridermani tuzilishini o‘rganish. Ikki urug‘pallali o‘simliklar poyasidan ko‘ndalang kesma tayorlab safranin reaktivi yordamida qoplovchi va mexanik to‘qimalarning tuzilishi, joylashishini aniqlash.
|
4.
|
O‘tkazuvchi to‘qimalar. O‘tkazuvchi to‘qima elementlari va bog‘lamlari. Asosiy va ajratuvchi to‘qimalar, bezlar va ularning xillari. Smola yo‘llari.
|
Bir va ikki urug‘pallali o‘tli o‘simlik poyasidan o‘tkazuvchi to‘qima ksilema va floema elementlari bilan tanishadilar, o‘tkazuvchi bog‘lam turlarining tuzilishini o‘rganish. Fiksirlangan o‘simlik namunalaridan preparatlar tayyorlab asosiy to‘qima xlorenxima, aerenxima va g‘amlovchi to‘qimalarni tuzilishini mikroskopda aniqlash. Ajratuvchi to‘qimalardan lizigen, sxizogen bo‘shliqlar, sut naylari, idioblastlar, emergentlar, trixomalarni tuzilishini mikroskop ostida ko‘rish va aniqlash.
|
5.
|
Birlamchi va ikkilamchi ildizning ichki tuzilishi. Bargning anatomik tuzilishi.
|
Bir va ikki urug‘pallali o‘simliklarning ildizining birlamchi va ikkilamchi tuzilishini bir biridan ajrata bilish. Bargning dorzoventral, izolaterial va radial bargning ichki tuzilishini doimiy va vaqtinchalik preparatlarda aniqlash.
|
6.
|
Bir va ikki pallali o‘tli o‘simlik poyasining anatomik tuzilishi. Yog‘ochli o‘simlik poyasining anatomik tuzilishi. Ochiq urug‘li o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi.
|
Bir va ikki urug‘pallali o‘tli o‘simlik poyasidan kesma tayyorlab, ularning ichki tuzilishini farqlay olish. Yopiq urug‘li va ochiq urug‘li o‘simliklarning poyasining tuzilishini doimiy preparatlarda aniqlash va farqlarni ajrata bilish.
|
7.
|
Fiksirlangan material asosida yuksak o‘simliklarni anatomik tuzilishini test mikroskopiyasini aniqlash.
|
Dorivor o‘simliklarning fiksirlangan namunalaridan vaqtinchalik preparatlar tayyorlab, reaktivlar yordamida buyash va anatomik tuzilishini bilish.
|
8.
|
Vegetativ organlar morfologiyasi. Ildiz morfologiyasi. Poya morfologiyasi.
|
O‘simliklarning vegetativ organlarini (o‘q ildiz, popuk ildiz, asosiy ildiz, yon ildiz, qo‘shimcha ildiz va ildiz metamorfozlar) ni morfologiyasini aniqlash. Yuksak o‘simliklarning vegetativ organlari poya morfologiyasini va kurtak tuzilishini aniqlash.
|
9.
|
Barg morfologiyasi. Gerbariy namunalari asosida o‘simliklarning morfologik belgilarini (ildiz,poya va barglarni) aniqlash.
|
Yuksak o‘simliklarning barg morfologiyasini (oddiy, murakkab barg tuzilishini, barg plastinkasining qirqilish darajasi, tomirlanishi, novdada joylanishi va barg metamorfozini) aniqlash. O‘simliklarning vegetativ organalarini gerbariy namunalaridan morfologiyasini aniqlash.
|
10.
|
Tuban sporali o‘simliklar, so‘v o‘tlari. Zamburug‘lar va lishayniklar.
|
Turli xil bo‘limlarga mansub suv o‘tlaridan vaqtinchalik preparatlar tayyorlab, ularning xromatoforlarning tuzilishi, tarkibidagi pigmentlarni aniqlash va ko‘payish usullari bilan tanishish. Zamburug‘ va lishayniklarni tasniflash va ulardan tayyorlangan preparat va gerbariy namunalaridan turlarini farqlash.
|
11.
|
Yuqori sporali o‘simliklar, moxlar, plaunlar, qirqbug‘imlilar, qirqquloqsimonlilar.
|
Yuqori sporali o‘simliklarni gerbariy namunalari va doimiy preparatlardan foydalangan holda o‘simliklarning morfo-anatomik tuzilishini bilish, sistematik belgilar asosida turlarni aniqlash.
|
12.
|
Urug‘li o‘simliklar. Ochiq urug‘lilar. Yopiq urug‘li o‘simliklar. Gul tuzilishi. Gul formulasi va diagrammasi.
|
Ochiq urug‘li o‘simliklarning otalik, onalik g‘uddasining tuzilishi va ko‘payishini o‘rganish, shoxlanish darajalarini aniqlash, turlarini farqlay bilish. O‘simlik gul qismlarining tuzilishini, aktinomorf, zigomorf va assimetrik gullarni ajrata bilish. Gul formula va diagrammalarni bilish.
|
13.
|
To‘pgullar va ularning xillari. Meva xillari va urug‘ tuzilishi.
|
To‘pgullar ( botrioid va simoz ) to‘pgul xillarini ajrata bilish. Meva (monokarp, apokarp, senokarp, psevdomonokarp) xillarini ajrata bilish. Endospermli, perispermli va endospermsiz urug‘larni ajrata bilish, urug‘ unuvchanligini aniqlash.
|
14.
|
Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, ko‘knorguldoshlar, karamguldoshlar oilalari.
|
Tabiatda o‘sayotgan va gerbariylardan foydalanib magnoliyaguldoshlar, ayiqtovondoshlar, zirkdoshlar, ko‘knorguldoshlar, karamguldoshlar oilalarga mansub o‘simliklarning generativ va vegetativ organlarini o‘rganish, oilalarni farqlay bilish, dorivor turlarini aniqlash.
|
15.
|
Gulxayridoshlar, atirguldoshlar, dukkakdoshlar va mirtadoshlar oilalari.
|
Tabiatda o‘sayotgan va gerbariylardan foydalanib gulxayridoshlar, atirguldoshlar, dukkakdoshlar va mirtadoshlar oilalarga mansub o‘simliklarning generativ va vegetativ organlarini o‘rganish, oilalarni farqlay bilish, dorivor turlarini aniqlash.
|
16.
|
Jo’kadoshlar, selderguldoshlar, yasnotkaguldoshlar, ituzumdoshlar, astraguldoshlar oilalari.
|
Tabiatda o‘sayotgan va gerbariylardan foydalanib jo’kadoshlar, selderguldoshlar, yasnotkaguldoshlar, ituzumdoshlar, astraguldoshlar oilalarga mansub o‘simliklarning generativ va vegetativ organlarini o‘rganish, oilalarni farqlay bilish, dorivor turlarini aniqlash.
|
17
|
Bir pallalilar sinfi: Liliyagullilar tartibi (piyozdoshlar, loladoshlar oilasi: shirachlar, marvaridgullilar avlodlari), qo‘ng‘irboshlilar tartibi (g‘alladoshlar oilasi: makkajo‘xori,sholi,bug‘doy avlodlari)
|
Tabiatda o‘sayotgan va gerbariylardan foydalanib piyozdoshlar, loladoshlar qo‘ng‘irboshlilar tartibi (g‘alladoshlar oilasi: makkajo‘xori,sholi,bug‘doy avlodlari) oilalarga mansub o‘simliklarning generativ va vegetativ organlarini o‘rganish, oilalarni farqlay bilish, dorivor turlarini aniqlash.
|
|
18.
|
Gerbariydan foydalangan holda o‘simlik oilalarini aniqlash. O‘simliklar ekologiyasi, geobotanikasi va geografiyasi.
|
Tibbiyotda va xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklarni aniqlanmagan gerbariy namunalaridan foydalanib sistematik belgilari asosida oilalarni aniqlagich yordamida oila, turkum va turlarni aniqlash. Ekologik omillarni o‘simliklarga ta’sirini, kserofit, mezofit, gigrofit, gidrofit o‘simliklarni tuzilishini bilish.
|
Mustaqil ta’lim
4 – jadval
№
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
Hajmi
(soatda)
|
|
4- semester
|
1
|
Tirik tabiatning tarixiy jarayonida paydo bo’lishi, simbioz nazariyasi. Avtotrof va geterotrof organizmlarning tabiatdagi modda almashinuvida tutgan o’rni. Yer biosferasi. O’simliklar - dorivor mahsulotlarning manbai.
|
4
|
2
|
Endopalzmatik to‘r. Membranalar. Plazmolemma va tonoplast. Organoidlar. Oqsil sintezida ribosomaning vazifasi. Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari. Nuklein kislota (RNK va DNK). Xromosoma. DNK ni sintezi. Genetik kod. Hujayra po‘stini paydo bo‘lishida fragmoplast, diktiasomani vazifasi va biologik ahamiyati. Hujayralararo modda almashinuvi, plazmodesma va uning vazifasi.
|
5
|
3
|
To’qimalarning hosil bo’lishi. Mexanik to’qimalarni o’tli va daraxt o’simliklaridagi xillari, joylashishi. O’tkazuvchi to’qimalarning o’tli va daraxt o’simliklarida joylashishi, ahamiyati. Ajratuvchi to’qimalarning o’simlikda uchrash joylari, ahamiyati. Asosiy to’qimalarda to’planadigan moddalar va ularning vazifasi.
|
5
|
4
|
Asosiy morfologik qonuniyatlar: simmetriya turlari, metamorfoz. Analogik va gomologik organlar. Ildiz oziqlanishi va moddalarni sintez qiladigan qism. O’simliklarda mineral moddalarning miqdori. Azotning o’simlik hayotidagi o’rni. Dukkakli va ayrim o’simliklarda azotning o’zlashtirilishi.
|
4
|
5
|
Qutblanish, yuksak o’simliklarni vegetativ organlari: poya, kurtak tuzilishi va o’sish nuqtasi. Joylanishi bo’yicha kurtak turlari: uchki, yon, qo’shimcha kurtaklar. Vegetativ va aralash kurtaklar. G’uncha.
|
4
|
6
|
Barglarning paydo bo’lishi. Barglarning o’sishi. Barglarning tibbiyotdagi ahamiyati. Barglarning ichki tuzilishiga ta'sir etadigan omillar.
|
5
|
7
|
Xlorofill, karotin va boshqa pigmentlarni fotosintezda ishtirok etishi. Fotosintezni ikki fazasi: yorug’lik va qorong’ulikda bo’ladigan jarayonlar. Tashqi taasurotni fotosintez jarayoniga ta'siri. Suv bug’lantirish va uning biologik ahamiyati. O’simliklarda suvning miqdori va qurg’oqchilikka qarshi kurash. Katta va kichik hayotiy davr, fotoperiodizm. Ontogenez bo’limlari. O’simliklarni rivojlanish davri. Uzun, qisqa kundagi o’simliklar.
|
4
|
8
|
O’simliklar sistematikasi. O’simliklar guruhlarining morfologik, anatomik, embriologik belgi, xususiyatlariga asoslanib tasniflash va guruhlarning tabiiy qarindoshligiga qarab, o’simlik oilasining evolyutsion jarayonini ifodalaydigan ma'lum tizimda joylashtirish. Har xil o’simliklarni muayyan guruhlarga birlashtirish yoki ular orasidagi farqni aniqlashga yordam beradigan sistematik belgilari.
|
4
|
9
|
Tuban sporali o’simliklarga tavsif va ularning tasnifi. Suv o’tlarining rivojlanish davri va sinflarga bo’linishi: ulotrikslar, sifonlilar, ularning umumiy xususiyatlari. Suv o’tlarining asosiy vakillari (xlomidomanada, ulotriks, ulva, kaulerpa, vosheriya, spirogira). Oq qayindagi chaga zamburug’i va uning tibbiyotdagi ahamiyati.
|
4
|
10
|
Yuksak sporali o’simliklarning kelib chiqishi. Torf hosil qiluvchi moxlar, funariya moxi, tuzilishi, turlari, ahamiyati. Selaginella, tuzilishi, ko’payishi. Suv qirqqulog’i. Urug’li qirqquloqlar va bennetitlar-yo’qolib ketgan ochiq urug’lilar.
|
4
|
11.
|
Yopiq urug’li o’simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o’simliklarni farqlari.
Gulning kelib chiqishidagi asosiy qonuniyatlar: evant, psevdant nazariyalari. Gul evolyutsiyasining asosiy yo’nalishlari.
|
4
|
12.
|
Meva. Mevalarni aniqlash. Meva xillari. Urug’chini tuzilishiga qarab mevalarni tasniflash. Apokarp, monokarp, senokarp va psevdomonokarp mevalar. O’simliklarni urug’ va mevalar orqali tarqalishi. Avtoxoriya va alloxoriya. Turli usullarda mevalarni tarqalishi: anemoxor, zooxor, gidroxor va boshqalar.
|
4
|
13.
|
Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig‘irdoshlar oilalariga mansub o‘simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati.
|
5
|
14.
|
Qichitqigullilar tartibi, qichitqidoshlar va nashadoshlar oilasiga kiruvchi vakillari, tuzilishi va ahamiyati.
|
4
|
15.
|
Kampirchopondoshlar va chinniguldoshlar oilasining tavsifi, tasnifi va ahamiyati.
|
4
|
16.
|
Otquloqdoshlar, araliyadoshlar va valerianadoshlar oilasi tavsifi, asosiy vakillari va tibbiyotdagi ahamiyati.
|
4
|
17.
|
Zubturumdoshlar, zaytundoshlar, sigirquyruqdoshlar oilalaring tasnifi, o‘ziga xos xarakterli xususiyatlari va ahamiyati.
|
4
|
18.
|
Test makroskopiya usuli yordamida gerbariydan foydalangan holda o‘simliklar oilalarini aniqlash. O‘simliklar ekologiyasi, geobotanikasi va geografiyasi
|
4
|
jami
|
76
|
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan internet ma’lumotlarini to’plash, bibliografik annotatsiya va taqdimotlarni tayyorlash, test savollarini va vaziyatli masalalarni tuzish tavsiya etiladi.
Fan bo’yicha kurs ishi
Fan bo’yicha kurs ishi namunaviy va ishchi o’quv rejasida rejalashtirilmagan.
O’quv amaliyoti
O‘quv rejaga binoan farmatsiya fakulteti talabalari Farmasevtik botanika fanidan 12 ish kunidan iborat bo‘lgan o‘quv dala amaliyotini 4 semestrda o‘tadilar. Talabalarning yil davomida botaniqa fanidan olgan bilimlarini mustaxkamlash, o‘simliklar morfologiyasini, sistematikasini va geobotaniqa asoslarini chuqurroq o‘rganish maqsadida yozgi o‘quv-dala amaliyoti mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Botanikadan o‘tkaziladigan o‘quv-dala amaliyoti davomida talabalar o‘simliklar qoplami bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek ular yovvoyi va madaniy o‘simliklarning ma’lum xo‘jalik axamiyatiga ega ekanligi, ulardan qimmatbaxo dorivor, em-xashak va texnik o‘simlik sifatida foydalanishni ilmiy asosda amalga oshirish mumkinligiga ishonch xosil qiladilar. O‘simliklarning nomini aniqlashda aniqlagichdan foydalanish yo‘llarini to‘la o‘zlashtiradilar.
5 – jadval
№
|
O’quv - dala amaliyotini o’tkazish rеjasi
|
Amaliyot o’tilayotgan joy
|
1.
|
Dala amaliyotining maqsadi va vazifalari, talabalarni yo’l xarakati va tеxnika xavfsizligi bilan tanishtirish. Talabalarga dala – amaliyoti vaqtida o’simliklarning vеgеtativ va gеnеrativ organlaridan gеrbariy tayyorlash, quritish usullarini o’rgatish. Kundalik yozish tartibi haqida ma'lumot bеrish.
|
Botanika bog’i
|
2.
|
Yer sharidagi o’simliklar dunyosining xilma-xilligi bilan tanishish uchun O’zR FA O’simlik va hayvonot olami gеnofondi instituti, akadеmik F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog’ida o’sayotgan Yevropa – Qrim, Kavkaz, Shimoliy Amеrika, O’rta Osiyo va Sharqiy Osiyo madaniy va manzarali o’simliklari bilan tanishish.
|
Botanika bog’i
|
3.
|
Botanika bog’ining dorivor o’simliklar o’stirish uchastkasidagi turli hayotiy fo’rmaga ega bo’lgan dorivor o’simliklar bilan tanishish.
|
Botanika bog’i
|
4.
|
Turli oilalarga mansub bo’lgan o’simliklar bilan tanishish maqsadida, Botanika bog’ining o’simliklar sistеmatikasi bo’limidagi manzarali, yovvoyi, madaniy o’simliklar bilan tanishish.
|
Botanika bog’i
|
5.
|
Botanika bog’idagi oranjеrеyada o’stirilayotgan tropik va subtropik mintaqalardan kеltirilgan o’simliklar bilan tanishish.
|
Botanika bog’i
|
6.
|
O’zbеkistonda o’stiriladigan qishloq-xo’jalik o’simliklarini o’rganish maqsadida Toshkеnt Davlat Agrar Univеrsitеtining ilmiy tajriba stansiyasida o’stirilayotgan madaniy o’simliklar bilan tanishish.
|
ToshDAU ilmiy tajriba stansiyasi
|
7.
|
ToshFarmi dorivor o’simliklar o’stirish tajriba uchastkasidagi o’simliklar bilan tanishish va ularga agrotеxnik ishlov bеrish.
|
Botanika bog’i
|
8.
|
O’zbеkiston tabiat muzеyiga ekskursiya.
|
O’zbеkiston tabiat muzеyi
|
9.
|
“Qizil kitob”ga kiritilgan noyob va muhofazaga muxtoj bo’lgan o’simlik turlari bilan tanishish.
|
Botanika bog’i
|
10.
|
Talabalar tayyorlagan gеrbariylarni aniqlagich yordamida oila, turkum va turini aniqlash.
|
Botanika bog’i
|
11.
|
Gеrbariylarni bеzash, yorliqlash.
|
Botanika bog’i
|
12.
|
Talabalar olgan bilim va ko’nikmalarni baholash.
|
Botanika bog’i
|
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari
Talabalar bilimini baholash qilish JN, ON va YaN turlarini o‘tkazish orqali 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini baholash mezonlari
Baxolash
usullari
|
Ekspress testlar, yozma ishlar, og’zaki so’rov
|
Baxolash
mezonlari
|
5 (“a'lo”) baxo:
- talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda.
|
4 (“yaxshi”) baxo:
- talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda.
|
3(“qoniqarli”) baxo:
- talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda.
|
2(“qoniqarsiz”) baxo:
- talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
|
Nazorat turlari
|
Maks. ball
|
O’tkazish vaqti
|
Joriy nazorat
Laboratoriya mashhulotlarida faolligi, savollarga to’g’ri javob bеrganligi,bеrilgan topshiriqlarni bajarganligi uchun
|
5
|
JN semestr davomida ishchi o‘quv dasturda keltirilgan mavzular bo‘yicha talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida har hafta o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi
|
Mustaqil ta'lim
|
5
|
|
Oraliq nazorat
Oraliq nazorat ishchi o’quv dasturining tеgishli bo’limi tugagandan kеyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baxolash maqsadida o’quv mashhulotlari davomida o’tkaziladi.
|
5
|
Sеmеstr davomida bir marta o’tkaziladi.
|
Yakuniy nazorat
Yakuniy nazorat “Farmasevtik botanika ” fani yakunida talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish shaklini institutning Markaziy uslubiy kеngashi bеlgilaydi va ta'lim yo’nalishi ishchi o’quv rеjasida qayd etiladi xamda rеktor tomonidan tasdiqlanadi.
|
5
|
Sеmеstr yakunida tasdiqlangan jadval asosida
|
JN barcha baholari yig‘indisiga mustaqil ta’lim
bahosi qo’shiladi va darslar soni+mustaqil ta’lim yig’indisiga bo’linadi
va qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
JN (baholar yig’indisi) + TMI (baho): (17*+ 1**=21) = 4,7 yaxlitlanadi - 5
JN (baholar yig‘indisi) + TMI(baho): (17*+ 1** = 21) = 4,4 yaxlitlanadi - 4
* - dars soni; ** - mustaqil ta’lim.
Talabalarga semester davomida 1 marta ON o’tkaziladi.
Talabaning tugallangan fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun JN, ON va YaNlarning o’rtacha arifmetik qiymatlari yig’indisini 3 ga bo’linadi va qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
5 (JN) + 5 (ON) + 4 (YaN) = 14:3 = 4.6 yaxlitlanadi - 5
4 (JN) + 3 (ON) + 3 (YaN) = 11:3 = 3.3 yaxlitlanadi - 3
Talabaning tugallangan fan bo’yicha nazorat natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati ((JN+YaN):2) “baholash qaydnomasi”da (8-shakl) YaN ustuniga qayd etiladi va talabalarga stipendiya tayinlashda asos bo‘ladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati
Asosiy adabiyotlar
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Mustafaeva M.S., Botanika. O`quv qo`llanma. – Toshkent. TAFAKUR BO‘STONI MCHJ. 2012 y.
Yulchieva M.T., Atamuratova N.T., Latipova A.E., Safarova N.T. Farmatsevtik botanika. Darslik. – Toshkent. HUMOYUNBEK-ISTIQLOL MO’JIZASI. 2019 y.
Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. Darslik. – Toshkent. O’zFan. 2006 y.
Qo’shimcha adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi ‘‘O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi to’g’risida’’ gi PQ – 4947 – sonli farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil, 6 – son, 70 – modda.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalqso’zigazetasi. 2017 yil, 16 – yanvar, № 11.
Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. – T.: O’zFan, 2006. – 434 b.
Под ред. Г.П. Яковлева. Ботаника. Учебник – М.: “Гэотар-Медиа”, 2018. - 230 с.
Mahkamova X.M. Botanika. – T.: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1995. – 271 b.
Pharmaceutikal Botany, Text-Books for students of pharmacy and science.- Published by Forgotten books, 2013. –15 p.
V. Ch. Evans. Farmakognoziya. –Edinburg, London Nyu– York, Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009.
П.Зитте, Э.В.Вайлер, И.В.Кодерайт, А. Бруинский, К.Кейнер. Ботаника.- Москва, , 2007 г.(перевод с немецкогоязыка)
Ahmedov O’.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elektron darslik. - T.: 2008.
Botanika fanidan amaliy mas’hg‘ulotlar uchun o’quv-uslubiy ko’rsatmalar.- T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2006, 2007, 2012.
Барабанова Е.И. Ботаника руководство к практическим занятиям. у/п - Москва: Гэотар-Медиа. 2018. - 294 с.
Блинов О.Л. и др. Атлас: лекарственных растений и примесей к ним. Учеб.Пособ. - М.: изд-во “Гэотар-Медиа”, 2016. - 435 с.
Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A., Samatova S’h.S. O’simliklar sistematikasidan amaliy mas’hg‘ulotlar. - T.: “YuNAKS-PRINT” MChJ bosmaxonasi, 2007. - 127 b.
Hamidov A., Nabiev M.M. «O’zbekiston o’simliklarini aniqlagichi».-T.: 1987. – 235 b.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O’.A. va bos’hqalar. Dorivor o’simliklarning lotincha-o’zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati. -T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
Xolmatov X.X., Ahmedov O’.A. Farmakognoziya. 1-2 qism. - T.: «Ibn Sino» nas’hriyoti, 2007. - 806 b.
Рейвн П., Еверт Р., Айкхорн С. Современная ботаника. Т. 1-2. – М.: «Мир», 1990.
Belolipov I.V. ‘‘Botanika va o’simliklar fiziologiyasi’’. – T.: ‘‘Fan va
texnologiya’’ 2018.
Mo’minov A., Mamadaliev A. ‘‘Botanikadan amaliy mashg’ulotlar’’. – T.:
Yangi nashr. 2010.
Xamdamov I.X. ‘‘Botanika va o’simliklar fiziologiyasi’’. – T.: Sanoat standart.
2017.
Internet saytlari
http://nature.vspu.ru/links/botlinks.html
http://flower.onego.ru/
http://www.botany.net/IDB/
Mundarija
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar……………………………3
Ma’ruza mashg‘ulotlari………………………………………………………….4
Laboratoriya mashg‘ulotlari…………………………………………………….6
Talabalar tomonidan fan bo‘yicha olinadigan amaliy ko‘nikmalar…………….7
Mustaqil ta’lim………………………………………………………………….12
O’quv dala amaliyoti…………………………………………………………....15
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari………....16
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati………………………………………….21
Mundarija………………………………………………………………………..23
Do'stlaringiz bilan baham: |