Bajardi: Azimboyev Mahmud bia-81 Oraliq nazorat topshiriqlari: Quydagi savollarga javob bering


Download 27.5 Kb.
bet3/7
Sana22.03.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1286573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Azimboyev Mahmud

Tugatish qiymati – bankrotlik holatida korxona aktivlarining sotilishi qiymatidir. Vaqt bo‘yicha cheklovlar va ko‘rsatilayotgan bosim qiymatni baholashga kuchli buzuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Sotuvchi tomon o‘zi uchun manfaatsiz shartlar asosida bitimni amalga oshirishga majbur bo‘ladi. Tugatish qiymati juda tor doiradagi vazifalarni hal etish asbobi sifatida ahamiyatga ega. Masalan, kreditga layoqatlilikni ko‘rib chiqishda tugatish qiymati ishonchli bo‘lmagan korxonalar aktivlarini baholash uchun ishlatiladi. Chunki bunday korxonalarning pul mablag‘-lari harakatining sxemalariga yanada ko‘proq noaniqlik xos bo‘ladi.
Korxonaning bo‘linish qiymati – bir necha bo‘linmadan iborat bo‘lgan korxona aktivlarining, ushbu bo‘linmalari alohida sotilgan holda, sotilishi qiymatidir. Boy berilgan maqbul imkoniyatlari va korxonaning avvalgi rahbariyatining uquvsizligi sababli korxonaning alohida bo‘linmalarining jami iqtisodiy qiymati korxonaning umumiy yagona birlik sifatida qiymatidan yuqoriroq bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Tiklanish qiymati – eskirgan asosiy fondlarni unga o‘xshash aktivlar bilan almashtirish xarajatlarining qiymatidir. Tiklanish qiymati asosan muhandislik hisob-kitoblarining natijasida aniqlanadi.
Garov qiymati – ushbu aktivlarni kreditning ta’minoti sifatida taqdim etib, olish mumkin bo‘lgan kreditning maksimal qiymatidir. Kreditorlar o‘zining sub’ektiv fikrlariga tayangan holda, odatda kreditning ta’minot qiymatini aktivlarning bozor qiymatidan ancha pastroq darajada belgilaydi.
Soliq belgilangan qiymati – undiruvchi davlat organlari tomonidan mulk solig‘ini aniqlash uchun ishlatiladi. Soliq belgilangan qiymatining qo‘llanishi bu bilan cheklanadi.
Faoliyat yurituvchi korxonaning qiymati – korxonaning pul oqimlarini tahlil qilishda qo‘llanadi. Tahlil qilingan davr oxiriga kelib pul oqimlarining qiymati korxonaning keyingi istiqbollarini baholashni ko‘rsatadi.
Aksiyadorlik qiymati – korxonaning oddiy aksiyalarga to‘g‘ri kelgan foydasi bilan belgilanadi, va korxonaning iqtisodiy qiymati asta-sekin oshib borishini aks ettiradi. Aksiyadorlik qiymatining investitsiya kiritish imkoniyatlarini tanlash va bozorda kutilgan jihatlar bilan uzviy bog‘liqligini qayd etish lozim.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling