Bajardi: Narzullayev J. Tekshirdi: Tashpulatova D. “Elementar zarralarni qayd


Download 246.05 Kb.
bet2/5
Sana02.02.2023
Hajmi246.05 Kb.
#1147588
1   2   3   4   5
Bog'liq
NARZULLAYEV JAMSHID 115-20

  • Juda qisqa vaqt yashovchi rezonans Elementar zarracha qayd qilindi. Elementar zarrachaning xilmaxil xususiyatlarini ifodalash uchun qator yangi kvant sonlari (mas, lepton zaryadi, barion zaryadi, giperzaryad, ajiblik, maftunlik va h.k.) kiritildi.
    • Yarim butun spinli Elementar zarracha — fermionlar Fermi — Dirak statistikasiga, butun spinli Elementar zarracha — bozonlar esa Boze — Eynshteyn statistikasiga boʻysunadi. Jumladan, eng yengil zarralar ikki tipdagi lepton zaryadi ga; elektron va elektron neytrinosi — elektron lepton zaryadiga, manfiy zaryadli myuon va myuon neytrinosi — myuon lepton zaryadiga ega. Leptonlardan ogʻir zarralar — adronlar uchun lepton zaryadlari nolga teng. Adronlar maxsus barion zaryadi (V) bilan ifodalanadi. V=+1 boʻlgan adronlar barionlar, V=0 boʻlgan adronlar mezonlar deb yuritiladi (barionlarga proton, neytron, giperonlar, barion rezonanslari; mezonlarga k va L^mezonlar, bozon rezonanslari kiradi).
    • Elementar zarrachaning oʻzaro taʼsirlashuv jarayonlarida tugʻilish va yoʻqolish (yutilish) xususiyati ularning eng muhim xossasidir. Elementar zarrachada oʻtadigan hamma fizik jarayonlar ularning tugʻilish va yoʻqolish aktlari orqali oʻtadi. Elementar zarrachada tugʻilish va yoʻqolishning mavjudligi Elementar zarracha elementar emasligini, ularning tarkibiy tuzilish xarakteri oʻzaro taʼsirlashuv jarayonlaridagina namoyon boʻlishini koʻrsatadi.

    Zarraning muhitdan uchib o`tishi.

    • Muhitdan uchib o’tayotgan zarrani faqat uning modda bilan ta’sirlashish tufayligina qayd qilish mumkin. Bunday ta’sirlashuvlarning turli xillari mavjud. Zaryadlangan zarralar muhit orqali o’tgan vaqtida muhit atomlarini uyg’otadi va ionlashtiradi. Bu hodisalar qayd qiluvchi qurilmalar, ya’ni detektorlarda tok impulslari, yorug’lik chaqnashlari shaklida namoyon bo’ladi. Kvantlar modda atomlarini ionlashtirmasada, ular bilan ta’sirlashishi tufayli tez elektronlarni hosil qiladilar, ular esa o’z navbatida modda atomlarini ionlashtiradi, neytronlar esa turli xil yadro reaktsiyalvarini keltirib chiqaradilar. Bu reaktsiyalarda protonlar, zarralar, bo’linish parchalari va boshqa zarralar hosil bo’ladi. Bular ham modda atomlarini ionlashtirishi mumkin. Tez neytronlar esa biror moddada elastik sochilganida to’qnashish tufayli qandaydir energiyaga ega bo’lgan tepki yadrolarni hosil qilishi, ular esa o’z navbatida atomlarni uyg’otishi yoki ionlashtirishi mumkin. Muhit orqali otgan zarralar energiyasini ularni o’lchash va qayd qilish uchun qulay bolgan boshqa turdagi energiyaga aylantirib beruvchi qurilmalarga ionlashgan nurlanish detektorlari yoki elementar zarralarni qayd qilish qurilmalari deyiladi.
    • Zarra muhit orqali otish vaqtida ro’y berishi mumkin bo’lgan protsesslar turiga qarab detektorlar quyidagi turlarga bolinadi:
    • 1) ionizatsion detektorlar. Bularning ishlash printsipida asosan zarralarning muhit bilan ta’sirlashishi tufayli hosil bo’lgan ionizatsiya protsessidan foydalaniladi. Ularga ionizatsion kamera, Geyger-Myuller sanagichi, Vilson va pufakli kameralar, fotoemulsiya, yarim o’tkazgichli detektor va boshqalar kiradi.
    • 2) Radiolyuminestsent detektorlar. Bularning ishlash printsipida muhit atomlarining uyg’onishi yoki ionlashishi tufayli hosil bolgan yorug’lik chaqnashlari (stsintillyatsiya) dan foydalaniladi. Bu guruhga turli xil stsintillyatsion sanagichlar va termolyuminestsent detektorlar kiradi.
    • 3) Cherenkov detektorlari. Bularning ishlash printsipi Vavilov-Cherenkov nurlanishiga asoslangan.
    • 4) Kolorimetrik detektorlar. Ularning ishlash printsipi nurlanish ta’sirida u otgan muhit yoki moddaning isishi effektiga asoslanadi.
    • 5) Kimyoviy detektorlar. Ularning ishlash printsipi nurlanish tufayli ro’y beradigan kimyoviy reaktsiyalardan foydalanishga asoslanadi.
    • 6) Zaryadli detektorlar. Ularda yadroviy nurlanishning moddaga ta’siri tufayli yuzaga kelgan elektr maydonidan foydalaniladi.

    • Download 246.05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling