Bajardi: Qabul qildi: reja: Kirish


Harakatli o‘yinlar jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi vosita sifatida


Download 164.5 Kb.
bet9/11
Sana17.06.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1536745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Harakatli oyinlar jismoniy tarbiyada vositasi sifatida tutgan o\'rni

Harakatli o‘yinlar jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi vosita sifatida
Eng asosiy va xayotiy zarur harakatlar: piyoda yurish, yugurish, sakrash, osilish, tortilish, uloqtirish, muvozanat saqlash va shu kabilar bolaning xar tomonlama rivojlanishida asosiy manba xisoblanadi.
Harakatlarning asosiylariga bolalarni o‘rgatishda murabbiy ta’lim berish barobarida tarbiyaviy hamda sog‘lomlashtiruvchi vazifalarni ham yechadi. Xususan, jismoniy mashqlardan: tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, muskullarni puxtalash bilan birga, yurak-qon tomir, nafas olish va asab sistemalarini ham rivojlantiradi.
Olti yoshli bolalarning fiziologik, psixologik jihatdan o‘qishga, maktabga tayyorgarligi, asosan, nimalarda namoyon bo‘ladi? 6 yoshli bola yoshligidan harakatlarga o‘rgangan, shuning uchun ham u uncha katta bo‘lmagan harakat tajribasiga ega bo‘ladi.
Yana shu narsa ma’lumki, 6-7 yoshli bolalarning umumiy jismoniy rivojlanishi garmonal ravishda ro‘y bera boshlaydi. Ularda tayanch harakat, yurak-qon tomir, nafas olish, ichki sekresiya bezlari jadal rivojlanadi. Shuning uchun maktabga tayyorlov guruhiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: yil davomida bolalarning yurish va yugurish ko‘nikmalarini takomillashtirish, ya’ni bir holatlarda, keng va erkin tibbiy xolda harakatga keltirib yurish, yengil bir xil yugurish. Yurish va yugurishda bir xil belgilangan topshiriqni saqlay bilish va yana uni tezda o‘zgartira bilish. Sakrashlarda yugurish va oyoqni to‘g‘ri qo‘yib depsinishni o‘rgatish.
Nishonga aniq otishning turli usullarini, uloqtirishlarni rivojlantirish, osilib, tirmashib chiqishda harakatlarni bir xilligini bir me’yorga moslashtirib, kelishtirib bajarishga o‘rgatish. Bolalarni bir joyda turib saflanish va qayta saflanishga, ketma-ket, yonma-yon, doira hosil qilib saflanishlarga hamda qaddi-qomatni to‘g‘ri rivojlantirishga o‘rgatish. Jismoniy tarbiya bolalar bog‘chalari uchun tarbiyaviy dasturda ko‘rsatilgandiek, quyidagi asosiy harakat mashqlari didaktik prinsipda o‘rgatiladi va ketma-ket murakkablashtirib boriladi.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling