Bajardi: Qilichova Gòzal. Ilmiy rahbar: M. B. Islomova. Navoiy


Pedagogik tadqiqotlar va ularning yunalishlari


Download 55.44 Kb.
bet7/8
Sana01.05.2023
Hajmi55.44 Kb.
#1419085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogik tadqiqotlarning òrni va ahamiyati

2.2.Pedagogik tadqiqotlar va ularning yunalishlari.
Hozirgi davrda tarbiya muammosi bilan juda ko’p jamoatchilik shug‘ullanmoqda. Bu sohada pedagoglardan tashqari filosoflar, sosiologlar, psixologlar ham keng tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.Tarbiya ya’ni pedagogik muammolarga bunday qiziqish-ni shuni bilish bilan izohlash mumkinki, O’zbekiston Respublikasining istiqloli davrida tarbiyaning roli yanada oshib bormoqda. Pedagogika fani kelajak avlodni tarbiyalashning asoslarini belgilab berishi lozim. Pedagogika fanining rivojlanishi faqat ilmiy xodimlarning tadqiqotlari bilangina kifoyalanib qolmaydi .Bu ishga keng o’qituvchilar ommasi Intelligentlar ham bosh qo’shsa, fanning rivojlanishi ancha yuqori bo’ladi. Pedagogika tajribalarni umumlashtirish, uning yutuqlarini amaliyotga qo’llash, pedagogika fanining va maktabdagi o’quv tarbiyaviy jarayonlar samaradorligiga ta’sir qiladi.Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina muhim bo’lib qolmay, balki uning roli jamiyatning hamma sohalarida muhim bo’lmoqda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki halq xo’jaligining biror – bir sohasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarni qo’llamasdan turib biror bir natijaga erishish mumkin emas. Jamiyatdan juda ko’p umumiy, iqtisodiy va tashkiliy muammolar bir vaqtda u yoki bu jihatdan tarbiyaviy muammolar ham bo’lib qolmoqda.Insoniyat faoliyati orqali bo’ladigan munosabatni 2 ga bo’lish mumkin. S-S, S-0Hozirgi davrda pedagogikaning metodologik muammolari ayniqsa o’tkir tus oladi. O’zbekiston Respublikasining istiqloli munosabati bilan istiqlol mafkurasi shakllandi.Xalq ta’limi tizimi Yaslidan boshlab, oliy o’quv – tarbiya muasasalari boshqarmalarini rivojlantirish Sohasi-da kompleks tadbirlar ishlab chiqishni, o’quv tarbiya – ishlari darajasi hozirgi davr talabi asosida yaxshilashni, ta’lim metodlarini takomillashtirishni, pedagogik kadrlar malakasini oshirishni va ularni tayyorlashni davr talabi asosida yaxshilashni talab etadi. Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal etishi, ko’p tomonlama o’qituvchilarning pedagogika fani arboblari va xalq ta’limi òrganlarining umummetodologik tayyorgarligiga bog’liq. Xozirgi taraqqiyot tarbiyaning muhim masalalarini birinchi planga qo‘ymoqda, mafkuraviy ishlarni kuchaytirish, ta’limning mazmunini milliylashtirish, uni takomillashtirish, ta’limning tashkiliy shakl va metod-larini takomillashtirish, nazariy va amaliy masalalarini hal qilishga yangicha yondashish,metologik muammolar ustida ko’proq fikr yuritishni talab qilmoqda. Umumiy ma’lumot muammosi hozirgi davrdagi eng muhim muammolaridan biridir, bu uning hozirgi davr talabiga javob berishi milliyligi, umuminsoniy sifatlarni shakllantirishga xizmat qilish, O’quv materiallarini tashkil qilish va tanlash prinsplariga mos bo’lishi kabilardir. bular ilmiy bilimlarning ko’payib borayotgan hajmi bilan maktabda ularga o’rganish sharoitlari o’rtasidagi ziddiyatni yo’qotishga yordam beradi. Ta’lim –tarbiya metodlari, tajribalarni tushinish va unga ijodiy yondoshish, ta’limning tashkiliy shakllari, vositasida va usullarining nazariy asoslanish, uni boshqarish va mantiqiy tuzilmasi ko’pincha o’qituvchining metodologik tayyorgarligiga bog’liq.Metodologiya nima? Metodologiya (metod va logiya so’zlari) – faoliyatining Strukturasi, logik to’zilish, metod va vositalari haqidagi ta’limot.Har qanday Ilmiy- tekshirish ishlariga avval faktlar to’planadi va shu asosida nazariy Xulosalar bayon etiladi. Bunda olim qanday nazariy pozisiyaga turadi, bu juda muhim, chunki uning dunyoqarashi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, uning kuyilishi, u faktlar qanday oladi, qanday xulosa chiqaradi, bo’lar tadqiqot Ishining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham metodologiya hozirgi zamon fanining dunyoqarash konseasiyasini o’rganadi, yanada tasdiqlangan asosiy bosh qoidalari o’rganadi.Bu qoidalarni filosof ham, pedagog ham matematik ham hamma birday bilishi kerak.Tadqiqotning tashkil qilinishi va borishi ham muhim muammo. Bu yo’llar bilan faktlar olinadi, ularni qanday ishlash, baholash va bayon qilish kerak. Faktlardan qanday xulosalar chiqarish kerak. umumlashtirish kerak (bo’lgan) va bo’lar saosida nazariyani qanday ishlab chiqish kerak – bo’larning hammasi maxsus fan sohasi metodologiya.ir (yoki Fanshunoslik). Har bir fanda umumiy asoslardan tashqari, o’zining nazariy bosh qoidalari ham mavjud. Bular mazkur fanning metodologiyasi ya’ni nazariy Fundamentidir.Pedagogikaning metodologiyasi biz har qanday pedagogik muammoni tashkil qilish asosida yotgan umumiy asosli bosh qoidalarni tushunamiz. Har qanday fan dunyoni falsafiy tushunish aks ettirilgan bosh qoidalardan foydalanadi. Pedagogika fanining metodologiyasi falsafaning Dialektiq prinsip-laridir.Birinchi darajali muammo bu voqealarni qarama –qarshiligini o’rganishdir. Qarama – qarshiliksiz rivojla-nish bo’lmaydi. qayerda harakat, rivojlanish o’zgarish sezilsa o’sha erda ziddiyatni qidirish kerak. Ichki va tashqi ziddiyat, asosiy va unga yondosh ziddiyatlar bo’ladi.Ichki qarama –qarshilik bu tarbiyalanuvchining asosiy ehtiyojlari va ularni qondirish uchun kuch va imkoniyatlarining bo’lishi bilan, uning maqsadi, xohishi va imkoniyatlarining to’g’ri kelmasligi o’rtasida qarama – qarshilik va boshqalar. Tashqi qarama – qarshilik hisoblanadi, lekin bularning o’zi mazkur predmet, hodisalarning boshqalar bilan bog’lanishi natijasida hosil bo’ladi, ya’ni tashqi qarama – qarshilik natijasida sodir bo’ladi.Tadqiqotchi hodisalarning mazmunini o’rganishi uning o’zaro aloqasi va ular sohasida tashqi ziddiyatni aniqlash, keyin ichki ziddiyatlarga o’tishi, ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi Dinamikasini ko’rsatishi va nihoyat hodisaning mohiyatini, uning o’tishi sharoitlarini ochib berishi lozim. Bu har qanday hodisalarni, shuningdek pedagogik hodisalarni dam bilishning dialektik sxemasidir.O’zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanish yo’lidagi taraqqiyoti turmushning barcha Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarida tub islohatlarni amalga oshirishni taqozo kilmokda.Qizil imperiya o’z mavqeini mustahkam saklash maqsadida hamma sohalardagi rivojlanishning me’yorlarini belgilab berib, uni cheklab qo’ygan edi.Tabiiyki, bu masala hozirgi sharoitda pedagogika fanining metodologik asosini takomillashtirishni taqozo etmokda. Ta’lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarga metodologik zaifliklar, chalkashliklar ko’zga tashlanmokda. Bo’larga chek kuymok uchun avvalo metodologiya-ning o’zi Nima? – degan savolga javob bermok lozim. O’zbek sovet ensiklopediyasining “ Metodologiya (metod va .... logiya so’zlaridan) faoliyatining strukturasi, logik tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot”,- deb ko’rsatilgan.Ruscha –o’zbekcha lug’atda esa metodologiya so’ziga “ bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta’limot, shuningdek, ayrim fan tarmoqlarida kullaniladigan metodlar Majmui”, - deb izog’langan.Falsafa lugatida “ metodologik – biror fanda etiladigan tadqiqot usullarining majmui: ilmiy va dunyoni o’zgartirish metodi haqida ta’limot, - deb ko’rsatilgan. Demak, metodologiya barcha fanlarining rivojlanishi uchun, uni o’rganish, tanqid qilishda kullaniladigan eng umumiy tushunchalar, prinsplar,yondoshuvlar, muammolar shuningdek eng umumiy metodlarning majmuasidan iborat.Xo’sh shunday ekan, pedagogika fanining metodologiya Asosi nima? Avval ham hozirgi ham pedagogika fanining metodologiya asosi falsafa fani bo’lgan, falsafaning asosiy masalasi esa olam bilan odam orasidagi O’zaro aloqadorlik qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir.

Xulosa.
Biz shunday davrda yashayapmizki, bu davrda fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada rivojlanmokda va shular asosida qiziqarli ilmiy kashfiyotlar vujudga kelmoqda.Shuning uchun bugungi kunda tarbiyani pedagoglar, filosoflar, Psixologlar va sosiologlar, gigienistlar va boshqalar birgalikda o’rganmoqlari lozim. Lekin bular orasida pedagogika xal qiluvchi o’ringa ega. Pedagogka fani faqat pedagogik tadqiqotingni emas, balki bolalarning rivojlanishi, shaxsning shakllanishini o’rganuvchi boshqa fanlar uchun ham qimmatlidir.Tarbiya yosh avlodni jamiyat hayotiga tayyorlash vositasidir. Tarbiyaviy jarayon jamiyatning shaxsga qo’yadigan talablari bilan amalga oshiriladi.Bularning hammasi muhim pedagogik qonunlarni belgilashga asos bo’ladi: Jamiyatning rivojlanishining o’zi Ijtimoiy tarbiya va shaxsiy o’z – o’zini tarbiyalash bilan kelishadi, ya’ni uni korrektirovka qiladi. Shunday ekan ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ya’ni yangi mustaqil respublikadagi hayotning o’zgarishi, jamiyatning insonlarga qo’ygan talablari va boshqalarni bilmasdan yosh avlodni tarbiyalashni to’g’ri tashkil qilish mumkin emas. Ijtimoiy rivojlanishni boshqarish uchun demak tarbiyaviy vazifalarni ham yechish kerak. Albatta tarbiya jarayonining maqsadi sharoitlari, obyekti, shuningdek shaxs shakllanishining vositalari yo’l va metodlarini jamiyat belgilaydi. Jamiyat haqidagi hamma fanlar kompleksini bilmasdan turib, pedagogika o’z muammolarini hal eta olmaydi. Konkret pedagogik tadqiqotlar Uchun falsafiy qarashlar muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham falsafa faqat pedagogikaning metodologik asosigina bo’lib qomasdan, uning butun fanlar ma’lumotlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi, uni xatoliklar va noto’g’ri Ilmiy- tekshirishdan saqlaydi.Shaxs axloqiy irodaviy sifatlarini shakllantirishning yo’llari, xususan ongli, mehnatga munosabat, Juda boy ilmiy, ma‘naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanish ularni zamon ruhi talabi bilan uyg‘unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb yetilib qolmasdan umumjahon ma‘naviy, ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilishini ta’minlash bugungi pedagogikaning vazifasidir. Chunki jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tish tajribalarida ma’naviyat ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot bilan uyg‘un holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz Ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib:” Ma’naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak”, degan edilar. Ma’naviyat insonda shakllanishi lozim bo‘lgan aqliy, axloqiy, Intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo‘lishi bilan bir qatorda olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uyg‘undir. Buni Prezidentimiz o‘zlarining “O‘zbekiston – XXI asrga intilmoqda” nomli ma‘ruzalarida quyidagicha juda yaqqol asoslab berdilar: “Ma‘naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasi, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman”.Hozirgi taraqqiyot tarbiyaning muhim masalalarini birinchi planga qo‘ymoqda, mafkuraviy ishlarni kuchaytirish, ta’limning mazmunini Milliylashtirish, uni takomillashtirish, ta’limning tashkiliy shakl va metodlarini takomillashtirish, nazariy va amaliy masalalarini hal qilishga yangicha yondashish,metologik muammolar ustida ko‘proq fikr yuritishni talab qilmoqda. Umumiy ma’lumot muammosi hozirgi davrdagi eng muhim muammolaridan biridir, bu uning hozirgi davr talabiga javob berishi milliyligi, umuminsoniy sifatlarni shakllantirishga xizmat qilish, o‘quv materiallarini tashkil qilish va tanlash prinsplariga mos bo‘lishi kabilardir.



Download 55.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling