Bajaruvchi: shonazarov dilmurod
Birinchi davlat tipi – Quldorlik davri
Download 114.49 Kb.
|
sunnatulloyevich dhn mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quldorlik tipidagi davlatning feodallik davlati bilan almashinuvi
Birinchi davlat tipi – Quldorlik davri
An’anaga koʻra, quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipi hisoblanadi. Ushbu davlat tipining paydo boʻlishi eramizgacha boʻlgan IV-III asrlarga toʻgʻri keladi. Bunday davlatlar Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston va ikki daryo oraligʻida paydo boʻlgan. Quldorlik davlati tizimi Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik davlatlarida eng toʻliq tarzda rivojlangan. Quldorlik tipidagi davlatning feodallik davlati bilan almashinuvi Ekspluatatsiya shaklining oʻzgarishi quldorlik tipidagi davlatning feodal davlati bilan almashishiga olib keldi. Yevropada uning paydo boʻlishi yangi eraning V–XI asrlariga toʻgʻri keladi. Feodal jamiyatning asosini feodallarning yerga boʻlgan xususiy mulkchiligi tashkil etar edi, feodal davlat esa feodallar sinfining diktaturasi sifatida maydonga chiqadi. Kapitalistik davlat tipiIshlab chiqarishning yanada oʻsishi, savdo va sanoatning rivojlanishi yangi davlat tipi – kapitalistik davlatning paydo boʻlishiga olib keldi. Oʻzgalar mehnatidan foydalanishning kapitalistik shakli quldorlik va feodal shakllardan farq qiladi.Bunda u mehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdanochiq qaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarish vositalaridan mahrum boʻlgan va shu sababli yashash uchun oʻz kuchini kapitalistik korxonalarning egalariga sotishga majbur boʻlgan yollanma ishchilar sinfining yashirin iqtisodiy qaramligiga asoslanar edi.Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinuvchilarni ekspluatatorlarga boʻysundirishida yordam beruvchi, ularni jamiyatni tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga mos keluvchi tartiblarga rioya qilishga majbur qiluvchi mashina boʻlib keldi. Biroq keyingi oʻn yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan, umuminsoniy manfaatlar milliy manfaatlardan, umumiy manfaatlar xususiy manfaatlardan ustunlik qila boshladi. Demokratik gʻoyalar va institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi, bu jamiyatning rivojlanishida davlatning oʻrni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdan qolmadi.Download 114.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling