Bakalavr bosqichi 2
-mavzu: Badiiy matnda tasviriy vositalari
Download 260.89 Kb.
|
Badiiy matnning lingvistik tahlili
20-mavzu: Badiiy matnda tasviriy vositalari
Reja: Tasviriy visitalar haqida ma’lumot. Tasviriy vositalarning badiiy matndagi o’rni. Tasviriy vositalarning paydo bo‘lishi. Badiiy adabiyot tilida uslubiy vazifani bajarishga xizmat qiluvchi tilning ifoda tasvir vositalari ham badiiy uslubning boshqa funksional uslublar orasidagi mavqeini belgilovchi eng muhim alomatlardan biri sanaladi. Chunki til vositalarining majoziy, ya’ni ko‘chma ma’nolarda hamda obrazli tasvir uchun turli shakllarda qo‘llanish zarurati ma’lum darajada tilning barcha funksional uslublarida bor bo‘lsa-da, ammo ularni badiiy uslubdagichalik bemalol, erkin, mukammal va keng doirada foydalanishning imkoniyati yo‘q. Boshqa uslublarda asosan ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan, tilda qisman turg‘unlik kasb etgan tasviriy vositalarga murojaat qilinadi. Badiiy matnda esa tasviriy vositalarning shunday ko‘rinishlariga duch kelamizki, ularni faqat maxsus ijodiy mehnat mahsuli bo‘lgan badiiy tafakkurgina yuzaga keltirishi mumkin. Uzbek badiiy adabiyoti tili namunalarini o‘rganish jarayonida badiiy tasvir vositalari qamrovi nihoyatda keng va badiiy obraz yaratishdagi, emotsional-ekspressiv nozikliklarni bera olishdagi asosiy vositalardan ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ularning troplar deb ataluvchi qismi obraz yaratishda bevosita ishtirok etsa, ikkinchi bir qismi - uslubiy figuralar esa, garchi obraz yaratmasa-da, ana shu obrazlarning shakllanishiga, barkamol, pishiq bo‘lishiga, o‘quvchining matnni to‘g‘ri va tez tushunib olishiga ko‘maklashadi. Ko‘chma ma’noda qo‘llanilayotgan, obraz yaratayotgan til birliklari darajasida bo‘lmasa ham, ular vaziyatga qarab qo‘shimcha ma’no ifodalaydi, tasvir obyektiga ijodkor bahosini beradi, yuksak emotsionallikni yuzaga keltiradi. Uquvchi yoki tinglovchidagi hissiyotlarning junbushga kelishida tezlashtiruvchi vosita rolini - katalizatorlik vazifasini bajaradi, yozuvchiga ko‘makdosh bo‘ladi. Badiiy ijodning qiyinchiligi ham shundaki, yozuvchi his-tuyg‘ularni o‘zi qanoatlanadigan darajada ifodalay oladigan til birligini axtaradi. Ularni bir-birlariga chog‘ishtiradi, qarama-qarshi qo‘yadi, yonma-yon qo‘llaydi, takror ishlatadi va hokazo. Zero, troplarning o‘zi so‘zlarni asl ma’nolaridan ko‘ra ko‘proq ko‘chma ma’noda qo‘llashga intilishning natijasidir. Uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbek tili va uning badiiy uslubi bugungi kunda badiiy tasvir vositalarining, nutqiy ekspressiyaning juda katta xazinasiga ega. Jumladan, unda keng tarmoqli, an’anaviy troplar sistemasi mavjud. Masalan, klassik adabiyotdagi yorni madh etish bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘plab o‘xshatishlarning, she’riy san’atlarning mavjudligi madaniyatimizning, san’atimizning ildizlari juda chuqur ketganligidan dalolat beradi. Ularning milliyligi va individualligi ham ana shu tarixiylik bilan mustahkam bog‘langandir. Uzbek klassik adabiyotida she’riy san’atlar badiiy uslubning asosiy o‘lchovlaridan hisoblanib, uning funksional chegaralanishiga xizmat qiluvchi ifoda vositalaridandir. Badiiy san’atlar Sharqda adabiyot qadar qadimiy bo‘lib, ularning ko‘pchiligi arab, fors-tojik hamda turkiy adabiyotlarda shakllanib, adabiy janrlarga moslashgan holda bu adabiyotlar uchun umumiy yoki har birida alohida tarzda taraqqiy etib kelgan. Ilmiy va badiiy manbalarda Sharq adabiyotidagi san’atlar -ma’naviy va lafziy san’atlarning turlari yoki ularning har ikkalasining qorishiq holatlari 120 dan ortiq ekanligi haqida ma’lumot berilgan. Ularning har bir shoir yoki yozuvchi asarida qay darajada qo‘llangani badiiy mahoratni belgilovchi o‘lchovlardan biridir. Shuning uchun ham Sharq adabiyoti lingvopoetikasida lafziy, ayniqsa arab yozuviga asoslangan tillardagi harfiy san’atlar badiiy uslubni boyituvchi omillar sanaladi. O’zbek badiiy uslubidagi iyhom [ihom, iltizom, iltifot, intoq, irsoli masal, istiora, istihroj, ittifoq, ishtikoq ] iqtizob, kinoya, laf va nashr, lutf, ruju, siyog‘a (siyog‘adoshlik,) majoz, muammo, mubolag‘a muvozina, muzdavaj, muzoraa, mumosila, murojaat, taajjub, tavzi, tajnis, tajohili orif, tazmin, tarsi, takror/takrir, talmih, tamsil, tanosib, tardid, tarsi, tardi aks, tasbig‘, tasdir, tashbih, tashhis, ta’rix, enot, xusni ta’lil kabi san’atlarning shu tarzda ikkiga, hatto yana uchinchi guruhga - mushtarak san’atlarga ajratilishi ma’lum ma’noda badiiy tasvir vositalarining o‘zbek tilidagi hozirgi bo‘linishiga - troplar va uslubiy figuralarga muvofiq keladi. Tilning tasviriy vositalari nutq jarayonida vujudga keladigan, o‘zining obrazli, ta’sirchanligi bilan alohida ajralib turadigan nutq birligidir. Shu boisdan tasviriy vositalarning nutqiy qimmati nutqning jozibadorligini ta’minlashdagi badiiy ta’sirchanlikni oshirishdagi imkoniyatlari bilan belgilanadi. O‘zbek tilida tilning tasviriy vositalari tadqiq etilgan maxsus monografik tadqiqotlar mavjud.4 Shuningdek badiiy nutq masalalarining tadqiqiga bag‘ishlangan barcha ishlarda tasviriy vositalarning nutq jarayonidagi vazifasi alohida tahlil qilingan. Shunga qaramasdan, bu hodisani nutq bilan bog‘liq holatlari, nutqiy vazifalari, matnda uchraydigan tasviriy vositalarning uslubiylik xususiyatlari hali ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilishini taqazo qiladi. Tasviriy vositalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tildagi muayyan qonun-qoidalar asosida amalga oshadi. Bu jarayonda ijtimoiy hayotning o‘rni muhim hisoblanadi. Tasviriy vositalar narsa predmet yoki hodisaning nomini obrazli ifodalash asosida vujudga keladi. Obrazlilik asosan, badiiy nutq hodisasi bo‘lganligi uchun tilning tasviriy vositalari ham asosan badiiy nutq jarayonida hosil bo‘ladi va badiiy nutqqa hosligicha qoladi. Tasviriy vositalar garchand nutqning boshqa turlarida ham mavjud bo‘lsa-da, bu vositalarning mohiyati badiiy nutqda ochiladi. Shuning uchun tasviriy vositalar badiiy nutqning bezagi. Negaki, biror narsani ifodalashda uni yangicha nomlash, qiyoslash, chog‘ishtirish orqali ifodaga yangicha bo‘yoq beriladi, shu voqeani ifodalovchi so‘zga sifatiy belgi beriladi, qo‘pol, dag‘al haqorat so‘zlar o‘rnida mayin, chiroyli, ifodaviy vositalar vujudga keladi. Natijada fikrning ta’sirchanligi darajasi kuchayib, nutqning bo‘yoqdorligi oshadi. Shuning uchun tasviriy vositalar badiiy nutq bezagi sanalib, badiiy adabiyotda, yorqin tasvirlarni vujudga keltirish maqsadida juda ko‘p ishlatiladi va nutqiy bo‘yoqdorlikni kuchaytiradi. Tasviriy vositalarning mohiyatan badiiy nutqning obrazli-ta’sirchanligini uyushtirishi, tasvirga badiiy ruh berishini hisobga olsak, bu vositalarni badiiy matn doirasida tahlil qilish nazariy va amaliy jihatdan muhimligini ko‘rsatadi. Download 260.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling