Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Download 346.82 Kb.
bet15/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

Birlamchi jamoalar — bular bo‘limlar, xizmatlar, uchastkalar, brigadalar, jamoalar bo‘lib, ular xodimlami ayrim texnologiya jarayoni asosida birlashtirib, bu jarayonni amalga oshirish bilan xodimlar bevosita munosabatlarga kirishadilar.
Ikkilamchi jamoalar bo‘lim, sex miqyosida harakat qiladi; bunday jamoa barcha a’zolarining bevosita ta’sir ko‘rsatish darajasi ancha pastroq bo‘ladi (masalan, firma a’zolarining soni 10 ming kishi bo‘lsa, ayrim xodimlar bir-birlarini mutlaqo tanimasliklari, bilmasliklari mumkin), lekin firmaga mansublik har bir shaxs uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shuningdek, Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farlash lozim.
Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo‘lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Horasmiy jamoalar (guruhlar) ba’zan adabiyotlarda jamoaning norasmiy tuzilmalari deb ataladi, ular ishlovchilaming o‘zaro samimiyati, do‘stona munosabatlari asosida birorta muayyan maqsadga erishish uchun ularning istagi bo‘yicha tashkil etiladi. Ayrim hollarda bunday guruhlar rahbardan norozi kishilar tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Yangi jamoaning shakllanish jarayoni rivojlanishning bir nechta izchil bosqichini o‘tishdan iborat. Rahbarning jamoani boshqarish jarayoni va san’ati uning rivojlanishning bir bosqichidan ikkinchi — yanada yuqoriroq bosqichiga oqilona ko‘chirishdan iborat (1- sxema).

1-sxema Jamoaning shakillanish bosqichlari
Bunday bosqichlarga quyidagilar kiradi:

  • paydo bo‘lish;

  • shakllanish;

  • barqarorlashish;

  • takomillashuv yoki inqiroz (bu tabiiyki oldingi bosqichlarga qarama-qarshi bo‘lib, ularni inkor qiladi).

Paydo bolish bosqichi yangi tashkilotning tashkil etilish bosqichi yoki yangi boshliqning kelishi bilan bog‘liqdir. Bu bosqichda maqsadli yo‘l-yo‘riqlar (tashqi tashkilotniki) beriladi, mehnat jamoasining rasmiy tuzilishi, boshqaruv organlari, hisobot berish tizimlari loyihalashtiriladi. Shakllanish bosqichi — norasmiy kichik guruhlarning vujudga kelishini nazarda tutadi, bunda tashqi ta’sir ichki turtkilar bilan almashadi, shuningdek, jamoaning ijtimoiy fikri shakllanadi. Mazkur bosqich jamoani boshqarish uchun ayniqsa, murakkabdir. Bir tomondan, kichik guruhlarning tashkil etilishi obyektiv jarayon bo‘lib, rahbar bunga halaqit bera olmaydi.
Barqarorlashuv bosqichida jamoaning yetuklik holatiga erishiladi. Bunda jamoaning norasmiy tuzilmasi tashkil etilgan va ishlayotgan bo‘ladi, muvozanat shartlari belgilangan, jamoaning ijtimoiy normalari tashkil topgan, jamoatchilik fikri qaror topgan bo‘ladi. Bunday jamoa yetarli darajada barqaror, tashqi ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Tashqi va ichki omillarning ta’sir ko‘rsatishi natijasida (iqtisodiy vaziyatda, tashqi muhitda) jamoa barqarorlashuv (takomillashuv) yoki inqiroz bosqichiga o‘tishi mumkin.
Boshqaruv usullarini tanlashda ularni jamoaning rivojlanish darajasiga mosligi muvaffaqiyatning muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun har bir rahbar jamoadagi ishni mehnat jamoasi muvaffaqiyatning munosabatlarini rivojlanishi darajasini aniqlashdan boshlaydi.
Shaxsning ijtimoyilashuvi muomala yordamida mazkur jamoaga, guruhga, jamiyatga xos bo‘lgan normalarni, qadriyatlarni, yo‘l-yo‘riqlarni o‘zlashtirish asosida uning shakllanish jarayonidir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi boshqa shaxslar bilan o‘zaro muomalada bo‘lishida, ya’ni guruhda, jamoada sodir bo‘ladi. “Jamoa” tushunchasi boshqarishning ko‘pgina bo‘limlarida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.
Shakillantirish jarayoni bu rahbar va boshqaruv apparatining qo‘yilgan maqsadga erishish uchun odamlarning qo‘shma faoliyatini uyg‘unlashtirish bo‘yicha maqsadga muvofiq harakatlari majmuasidir.
Jamoani lider boshqaradi. Lider liberal uslubida boshqaradi. Liderning strategik, ayniqsa, mushkul va mas’uliyatli vazifalari - bu jamoada mafkurasini ishlab chiqish, strategik maqsadlarni kashf etish, komandaga yuqori malakali mutaxassislarni tanlab taklif etish va jamoa faoliyatida korporativ ruhini yanada oshirishdan iborat.
Jamoaning asosiy xususiyatlarga quydagilarni kiritishimiz mumkin:

  • Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadlarning mavjudligi;

  • Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi;

  • Majburiy, masulyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi;

  • Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. (2-rasm)

2-rasm

Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling