Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Download 346.82 Kb.
bet47/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

Moderatsiyaning maqsadi - bu barcha qatnashuvchilarni ish jarayonida va ish jarayonining barcha bosqichlarida to‘liq ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan. Shu sababli jamoa a’zolarining g‘oyalari va mehnatidan optimal foydalanishni ta’minlash moderatsiyaning asosiy maqsadi xisoblanadi.
Moderatsiyaning asosiy tamoyillari:

  • tizimliylik (har bir alohida harakat mantiqan boshqasiga ergashadir)

  • tuzilganlik (ishning har bir qismi oqilona qismlarga bo‘linadi)

  • shaffoflik (har qanday mavxumlik va manipulyatsiyalar (yashirin turdagi harakat) chiqarib tashlanadi).

Shunday qilib, moderatsiyani quyidagicha tushunish mumkin:

  • og‘zaki so‘zlashuv va vizualizatsiyadan foydalangan holda guruhlarda tuzilgan o‘zaro ta’sirli tuzilgan jarayon;

  • aniq natijaga erishishda butun jamoaning faol ishtiroki.

Guruh ishini moderatsiya qilish masalalarini o‘rganish, ayniqsa o‘qituvchilarning yuqori sifatli tayyorgarligini ta’minlash va muammoli vaziyatlarni hal qilishda malakali yordam ko‘rsatish nuqtai nazaridan juda muhimdir . Buning sababi shundaki.

  • Birinchidan, moderatsiya guruhni guruh sifatida rivojlantirish uning a'zolarining o‘zaro munosabatlari va hamkorligini tashkil etish masalalarini hal qilishga yordam beradi.

  • Ikkinchidan, ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi va yangilanishi sharoitida zarur bo‘lgan mutaxassislarning o‘zlarining qo‘shimcha kompetentsiyalarini shakllantirish

Moderatsiyaning asosi - bu erkin muloqot, g‘oyalar, fikrlar almashinuvini tashkil etishga yordam beradigan jarayon va xodimning ichki imkoniyatlarini amalga oshirish orqali kasbiy malakali qarorlar qabul qilishiga yordam beradigan maxsus texnikalar va usullardan foydalanishga qaratilgan hisoblanadi. Guruh ishlarining moderatsiyasi ko‘proq mutaxassisning ichki imkoniyatlarini ochishga qaratilgan. Bu yangilik keltirmaydi, lekin potentsialni moslashtirishga yordam beradi. Bunday holda, individual ravishda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi, ya’ni jamoada maqbul bo‘ladi. Moderatorning vazifasi o‘qitilgan mutaxassisga “ozod bo'lish” ga yordam berish, yashirin imkoniyatlar va amalga oshirilmagan ko‘nikmalarni ochishdir.
Moderatsiya boshqa qo‘llab-quvvatlash vositalari singari quyidagi xususiyatlarga ega:

  • Ma’lum bir muammoga qaratilgan;

  • diqqat raqobatga emas, balki hamkorlikka qaratildi;

  • rasmiy nazorat va baholashni istisno qiladi;

  • guruh uchun muammoni hal qilish usulini ko‘rsatadigan faoliyat usullarini o‘z ichiga oladi;

  • kasbiy faoliyat sub’ektlari uchun psixologik jihatdan qulay sharoitlarni yaratadi.


Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling