G.Emersonning ilmiy boshqaruv tamoyillari.
Aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar
Oqil, sog‘lom fikr
Jozibali, e’tiborli mahsulot
Intizom
Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish.
Tezkor, ishonchli, to‘liq, aniq va muntazam hisob-kitob
Dispetcherlash
Me’yorlar va jadvallar
SHaroit bilan ta’minlash
10.Operatsiyalarni me’yorlash
11.Standart yo‘riqnomalarni tayyorlash
12. Unumdorlikni rag‘batlantirish
|
F.Teylor va G.Emersonlar “menejmentning mumtoz namoyandalari” edi. ular yaratgan boshqaruv tamoyillari hozirgacha ishlatilib kelinmoqda. Endi umumiy menejmentning tamoyillaridan kelib chiqib turizm menejmentining tamoyillariga to‘xtalganimizda ular 2 guruhga bo‘linadi:
1. Boshqarishning umumiy tamoyillari
2. Boshqarishning egalik tamoyillari
Boshqarishning umumiy tamoyillari ham quyidagi boshqaruv tamoyili guruhlariga bo‘linadi:
Qo‘llanuvchanlik tamoyili – menejer (boshqaruvchi) firmaning barcha xodimlariga moslashgan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi.
Tizimli tamoyili – menejer ichki va tashqi o‘zaro bog‘liqliklarni hisobga olib turizmni tizimli rivojlantirish maqsadida boshqaruvning barcha jabhalarini qamrab oladigan umumiy boshqaruv tizimini ishlab chiqadi.
Ko‘p faoliyatlilik tamoyili – menejer turizmdagi sohalarni (resurslar, xizmatlar, mehnatni tashkil qilish, maqsadga erishish), jihatlarni qamrab oladigan faoliyatlarni birlashtiradigan boshqaruv tizimini ishlab chiqadi.
Integratsiya tamoyili – menejer boshqaruv tizimida xalqaro me’yor va huquqlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Firma xodimlari o‘z sohalarida xalqaro usullarni qo‘llash, ishlatish, o‘zaro hamkorlik vositalariga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |