Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


GLOSSARIY (QISQACHA IZOHLI LUG‘AT)


Download 346.82 Kb.
bet61/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

GLOSSARIY (QISQACHA IZOHLI LUG‘AT)


Birlamchi jamoalar – bular bo‘limlar, xizmatlar, uchastkalar, brigadalar, jamoalar bo‘lib, ular xodimlarni ayrim texnologiya jarayoni asosida birlashtirib, bu jarayonni amalga oshirish bilan xodimlar bevosita munosabatlarga kirishadilar.
Guruhning maqsadi – bu, shaxsiy maqsadlarning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro harakatlar induktoridir.
Guruh samaradorligi – bu, guruhning umumiy maqsadlarini amalga oshirish darajasidir.
Guruh samaradorligining asosiy omillari – bular, guruh hajmi tarkibi; ma’lumotlar topshirig‘i, tashqi muhit, rahbarlik uslubi, jarayonlar va tadbirlar, o‘zaro ta’sir usullari, sabab, maqsadni amalga oshirish, guruhning qiziqishidir.
Jamoa – bu birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo‘lib, unda kishilar bir-birlari bilan shunday o‘zaro harakat qiladilarki, har kim boshqa shaxsga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta’sirini ham his etadi.
Jamoaning funksiyalari – bu, insonning jamoaga mansubligini his qilishi; shaxs uchun uning yashashiga zarur ijtimoiy muhit yaratishdir.
Inson resurslarini boshqarish vazifalari – bu, korxona va tashkilotlarning muayyan maqsadga erishish yo‘lida inson resurslari bilan ishlaganda amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlaridir, ya’ni personalni tanlash, personalni tayyorlash va rivojlantirish, unga baho berish, rag‘batlantirishdir.
Ish joyida ta’lim berish – bu, ish joyining o‘zida xodimning boy tajribaga ega bo‘lgan murabbiy tomonidan ishni to‘liq o‘zlashtirib olgunga qadar o‘qitilishi (o‘rgatilishi) bilan bog‘liq bo‘lgan holatdir.
Ijtimoiy ruhiy vaziyat – korxona va tashkilot xodimlariga ta’sir qiluvchi ko‘pgina omillarning ta’siridan keladigan jamlama samaradir. U mehnat qilish jarayonida, xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo va guruhiy aloqalarida o‘z ifodasini topadi.
Introversiya – (intro - ichki) shaxsning o‘z shaxsiy manfaatlariga, ichki olamiga diqqat-e’tibori qayd qilinishi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiylashuv – shaxsning muomala yordamida mazkur jamoaga, guruhga, jamiyatga xos bo‘lgan normalarni, qadriyatlarni, yo‘l-yo‘riqlarni o‘zlashtirish asosida uning shakllanish jarayoni.
Ish haqi – bu, ma’lum vaqt davomida kishilarning yaratgan mahsulotlari miqdori ko‘rsatilgan xizmatlar va shu kabilarga asosan to‘lanadigan mehnat haqidir.

Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling