Mehnat ko‘nikmasi – personalning tashkilot bilan o‘zaro hamkorligi jarayonida ularning o‘zaro moslashuvi.
Mehnat jarayonida kadrlarga oid yangiliklar – bu, yangi texnika va mehnat turlarini o‘zlashtirish, kadrlar bilan ishlashning yangi usullari, xodimlarni yangi vazifalarga ko‘tarish va ularning o‘rnini o‘zlashtirish usullari yangi lavozim tavsifnomalari va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va shu kabilarni nazarda tutishdir.
Muzokaralar – bu, ixtiloflarni hal qilish usuli sifatida taktik usullarning majmuidan iborat bo‘lib, qarama-qarshi tomonlarning o‘zaro maqbul echimga kelishlariga qaratilishidir.
Muntazam rahbarlar – bu, korxona va tashkilotlar asosiy faoliyatida band bo‘lgan bo‘linmalar rahbarlari, funksional rahbarlar deganda, asosiy faoliyatda bevosita ishtirok etmaydigan bo‘linmalar rahbarlaridir.
Mutaxassislar – bu, boshqaruvga doir qarorlar tayyorlash va ishlab chiqish funksiyasini bajaruvchi xodimlar (personal)dir.
“Personalning kasbiy tuzilishi” tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi jihatlar, ya’ni ish kuchining kasbiy tuzilishi, uning malaka tuzilishi, malakaning mazmunidan iborat.
– bu, boshqaruvchi personal, ob’ekti esa, ishlab chiqarish personalidir.
Personalni jalb etish – bu, ikki asosiy manba, ya’ni personalni jalb qilishning ichki va tashqi manbalari hisobiga ehtiyojni qondirishdir.
Tanqid qilish – bu, mehnat faoliyati jarayonida xodimlarning bir-birlari sha’niga tanqidiy mulohazalar bildirishidir.
Tarif setkasi – bu, mehnatning murakkabligi bo‘yicha ish haqini tabaqalashtirish vositasidir.
“Temperament” tushunchasi lotincha temperamentum - qismlarning tegishli nisbati, mutanosiblik, degan ma’no anglatadi.
Temperament – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari majmuidan iborat bo‘lib, faoliyatining dinamik va hissiy tomonlarini, shuningdek, xulq-atvorini aks ettiradi.
Moderatsiya – yo‘naltirilgan guruhlarni boshqarish aloqa jarayonlarini tashkil qilish va guruhda qaror qabul qilish asosida muammoni muhokama qilish yoki hal qilishdir.
Moderator – (Lotincha “moderaror” – cheklayman) - ijtimoiy tarmoq’dagi (administrator, forum, konferentsiyalar, o‘yinlar) ma’murga nisbatan tor huquqlarga ega foydalanuvchi, ammo oddiy foydalanuvchilar, ishtirokchilardan ko‘ra kengroq huquqlarga ega foydalanuvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |