Innovatsion kadrlar menejmenti (IKM) – bozor iqtisodiyoti va raqobatning kuchayishi sharoitida kadrlarga oid yangiliklar mehnat jarayonining ajralmas qismiga aylanishi va ular tashkil etishni hamda boshqarishni talab qilishi.
Ixtilof – qadriyatlar uchun muayyan maqom, hokimiyat, resurslar uchun kurash olib borishdan iborat bo‘lib, undan ko‘zda tutilgan maqsad raqibni betaraf qilib qo‘yish, unga zarba berish yoki uni yo‘q qilishi.
Ixtilof – bir-biriga qarama-qarshi yo‘naltirilgan maqsadlar, manfaatlar, nuqtai nazarlar, fikrlar yoki ikki va undan ortiq kishining qarashlari to‘qnashuvidan iborat.
Ijtimoiy ixtiloflar – kishilar, ijtimoiy guruhlar, idoralarning o‘zaro munosabatlari tizimida ziddiyatlar rivojlanishining yuqori bosqichidan iborat.
Ixtilofni hal qilish – ixtilofni vujudga keltirgan sabablarga to‘liq yoki qisman barham berish yoxud ixtilof qatnashchilari maqsadlarining o‘zgarishi.
Ixtiloflarni boshqarish – ixtilofni vujudga keltirgan sabablarga barham berish (kamaytirish) sohasida aniq maqsadli ta’sir ko‘rsatish yoki ixtilof qatnashchilari xulq-atvorini o‘zgartirishga qaratilgan ta’sir ko‘rsatishi.
Ixtiloflarni hal qilish – bu, ularning sabablari va oqibatlariga barham beradigan jarayon yoki aniq maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
Ixtilofli vaziyat – tomonlarning biron-bir xususda qarama-qarshi, ziddiyatli nuqtai nazari, ziddiyatli maqsadlarga intilishi, ularga erishish uchun turli-tuman vositalardan foydalanishi, manfaatlar, istaklarning bir-biriga mos kelmasligi va shu kabilar.
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq yangiliklar – bu, mazkur sohadagi yangiliklar, ehtiyojlarni aniqlash usullarini takomillashtirish va shu kabilardir.
Kadrlarni qisqartirish va foyda bermaydigan kadrlarni tugatish – bu, ortiqcha kadrlarni qisqartirish hamda eng kam ish beradigan va istiqboli yo‘q kadrlar potensiali qismini va ish o‘rinlarini korxona miqyosida tugatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |