Bakayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Kadrlarga oid yangiliklarni (KYA) tashkil etish –


Download 346.82 Kb.
bet63/68
Sana05.02.2023
Hajmi346.82 Kb.
#1167981
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

Kadrlarga oid yangiliklarni (KYA) tashkil etish – IKM tizimiga kiradigan tarkibiy elementlar (bo‘linmalar, guruhlar, shaxslar), shuningdek, KYAni ishlab chiqish va amalga oshirish vaqtidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatish qobiliyati va normalari majmuidir.
Kadrlarga oid yangiliklar (KYA) – bu, kadrlarga oid yangiliklarni joriy qilish sohasidagi aniq maqsadli faoliyatdir.
Kasb-ta’lim sohasidagi yangiliklar – oliy o‘quv yurtlarida, kollejlarda va boshqa o‘quv yurtlarida kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlash sohasidagi yangiliklar.
Kadrlarni rejalashtirish – odamlarga zarur vaqtda kerakli miqdordagi ish o‘rinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari va ishlab chiqirish talablariga muvofiq ta’minlab berish.
Kadrlarni izlash va tanlash – bu, yangi samarali kadrlar potensialini yaratishdir.
Kadrlar zahirasini rejalashtirish – xodimlarning lavozimlarga ko‘tarilib borishini maqsad qilib qo‘yadi. U muayyan xodimlarning lavozimlarga ko‘tarilishi, almashinishi, bo‘shatilishining butun bir zanjirini ishlab chiqishni talab qiladi.
Korxona resurslari – bu, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan resurslar bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin, natural yoki tabiiy resurslar, moddiy resurslar va inson resurslari.
Korxona personali” – umumiy tarzda mazkur korxona va tashkilotning barcha yollangan xodimlarini qamrab oladi va ular mutlaqo aniq vazifalarni bajaradilar.
Korxona va tashkilot – bu, muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan kishilar birlashmasidir.
Kelishib hal qilinadigan ixtiloflar – ixtilof qatnashchilari maqsadlarining, o‘zaro harakat qilish muddatlari va shartlarining o‘zaro o‘zgarishi hisobiga ularni hal etishning bir necha variantiga yo‘l qo‘yadi.
Martaba – bu, haqiqatdan egallanadigan bosqichlar (lavozimlar, ish o‘rinlari va jamoadagi mavqelar) izchilligidir.
Mehnat bozori – ishchi kuchining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini sotish va sotib olish tizimidir.

Download 346.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling