8.3. Turizm menejmentining tamoyillari
Turistik firmaning tamoyillari boshqaruvni tashkillashtirish, tarkibi va tizimini yaratishni talab qiladi. Qisqacha izohlanganda tamoyillar boshqaruvning o‘zini mukammal dastur asosida tuzishni va tashkillashtirishni aniqlashtiradi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
SHuning uchun ham boshqarish tamoyillarini firma rahbarining boshqaruv faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil qilishda asosiy g‘oyalar tizimi deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Menejment tamoyillarini tasniflash usullari ko‘plab manbalarda keltirilgan. SHulardan eng ko‘p qo‘llaniladigan tamoyil F.Teylor tamoyili hisoblanadi.
Boshqaruvdagi F.Teylor tamoyillari.
| |
har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga buysundirilgan bo‘lishi kerak
| |
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart
|
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi ma’suliyatni aniq belgilash va vazifalarni to‘g‘ri taqsimlashi shart
|
Amerikalik iqtisodchi G.Emerson boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. G.Emerson ilmiy boshqaruv ta’moyilini quyidagi ketma-ketlikni bayon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |