Tashkiliy jihatdan Karerani boshqarish – kadrlar bilan ishlashga javobgar bo‘lgan shaxslar va institutlar (masalan, rahbarlar, kadrlar bo‘limi, ishlab chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari va hokazolar) faoliyatidan iborat.
Tashkiliy tuzilish – bu, avvalo an’anaviy ravishda mehnat taqsimoti asos qilib olingan tamoyildir.
Tashkiliy madaniyat – bu, korxona va tashkilotlar xodimlarining amal qiladigan qadriyatlar, munosabatlar va xulq-atvor normalaridir.
Sabab – bu, insonning nima uchun harakat qilishini ko‘rsatadigan, faoliyatga ichki undovchi narsa bo‘lib, u muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liqdir.
Stress – bu, insonning atrofdagi stimullariga yoki stresslariga jismoniy, kimyoviy va psixologik reaksiyalari majmuidir.
Funksional jihatdan jamoani boshqarish – kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vazifa va qarorlar (masalan, kadrlarni tanlash, malakasini oshirish, ulardan foydalanish va hokazolar) dan iborat.
Xizmat - kasb jihatidan ko‘tarilish – tashkilot tomonidan turli darajalar (lavozimlar, ish o‘rinlari, jamoadagi mavqe-martabalarni taklif qilish) izchilligidir. Xodim bu bosqichlarni layoqatiga qarab o‘taydi.
O‘zaro salomlashish va taqdim etish – bu, insonlarning eng oliyjanob, xulq-atvor va axloqiy xususiyatidir. Salomlashish va taqdim etishning turli vaziyatlardagi qoidalari mavjud.
Shaxsning ehtiyoji – bu, insonda harakatga intilishni vujudga keltiruvchi biron narsaning yo‘qligini anglashdir (uy-joy, oziq-ovqat va h.k.).
Shaxsning ehtiyoji – bu, insonda harakatga intilishni vujudga keltiruvchi biror-bir narsaning yo‘qligini anglashdir. Uning normal hayot kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur bo‘lsa, xotin-qizlarga esa ularning ko‘zga tashlanib turishi uchun chiroyli bezaklar darkor.
Qiziqish – bu, shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish ehtiyojining namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, bu ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otishi mumkin.
Qiziqish – bu, shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish ehtiyojining namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, bu narsa ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otishi mumkin (musiqaga, texnikaga va h.k.)
Qobiliyat – bu, xodimda o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun kasb malakasi mavjudligi, etarli darajadagi jismoniy kuch-quvvat va chidamlilik, uquvlilik; umumiy madaniyat borligi va shu kabilardir.
Ekstraversiya – (extra - tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko‘rsatib beradiki, bunda shaxs o‘zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi ob’ektlarga qaratadi, ba’zan buni o‘zining qiziqishlari, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi.
Etika(ahloq) – bu, ijtimoiy hayot jarayonida ro‘yobga chiqariladigan universal va o‘ziga xos axloqiy talabalar va xulq-atvor normalari tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |