103
6.1. Mehnat va texnologiya intizomi, universitet
Ichki mehnat tartibi
qoidalari, Ustavi va intizom to’g’risidagi qoidalarga rioya qilish;
6.2. O’z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va lavozimi sha’niga dog’
tushirmaslik;
6.3. Ish jarayonida muloqot qiladigan TDIU xodimlari, talabalari va boshqa
shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo’lish;
6.4. Ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;
6.5.
Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi talablariga rioya qilish;
6.6. Xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar.
7. Ish beruvchining huquqlari:
7.1. Xodimdan sifatli va o’z vaqtida ishni bajarishni talab qilish;
7.2.
Mehnat intizomini buzgan, universitet Ustavi,
ichki-tartib qoidalariga
rioya etmagan xodimga nisbatan intizomiy va boshqa ta’sir choralarni qo’llash;
7.3. Mehnat qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan boshqa
huquqlardan foydalanish.
8 . Ish beruvchining majburiyatlari:
8.1. Qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, xodimlar bilan
xushfe’l munosabatda bo’lish;
8.2. Xodimga o’z
ustida ishlash, kasbiy malakasini oshirishga imkoniyat
yaratib berish;
8.3. Ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar.
9.
Mehnat haqi to’lash:
9.1. Amaldagi qonun hujjatlariga va me’yoriy hujjatlarga
muvofiq ish haqi
to’lanadi.
10. Mehnat nizolari:
10.1. Ish beruvchi va xodim o’rtasidagi o’zaro hal bo’lmagan kelishmovchilik
va nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligi asosida hal
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: