Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


Download 1.06 Mb.
bet12/14
Sana28.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1731304
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

BAKTERIYALAR DUNYOSI
Suvo’tlar o’simliklarning eng qadimiy vakillaridan biridir. Bugungi kunda uchraydigan suvo’tlarining tuzilishi qadimgi turlarning tuzilishidan ortiqcha farq qilmaydi, bu esa ularning suv muhitida vujudga kelganligini tasdiqlaydi. Suvo’tlarining aksariyati suv muhitida yashaydi, lekin ayrimlari nam tuproqlarda, daraxt po’stloqlarida ham yashaydi. Ularning tanasi tallom yoki qattana deb ataladi va ular fotoavtotrof oziqlanadi. Suvo’tlarning hozirda umumiy soni 30-35 mingta turni tashkil etadi va ularni o’rganadigan fan algologiyadir.
SUVO’TLAR DUNYOSI
SUVO’TLAR DUNYOSI
Hozirgi zamon fani suvo’tlarini bir hujayrali suvda yashaydigan xivchinlilardan paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi. Ular orasida xlorofilli (avtotrof) va rangsiz (geterotrof) organizmlar uchraydi. Birinchi tur organizmlar o’simliklarga yaqin, ikkinchisi esa hayvon organizmlaridir. Ko’pchilik sistematiklar xivchinlilarni o’simlik va hayvon organizmlarini bog’lovchi oraliq guruh vakillari deb qaraydi.
Suvo’tlar tanasida xlorofill bo’lganligi sababli ular avtotrof oziqlanadi. Ana shu yashil rang ayrim suvo’tlarida boshqa ranglar bilan niqoblanib, turli nom bilan atalishiga sabab bo’ladi.
SUVO’TLAR DUNYOSI
Suvo’tlarning tallomi bir hujayrali, koloniyali, hujayrasiz va ko’p hujayrali bo’ladi. Vegetativ hujayra tashqi tomondan qattiq po’st bilan qoplangan. Hujayra po’sti sellyuloza va pektin moddasidan tashkil topgan. Ayrim hollarda esa qumtuproqlashgan ham bo’lishi mumkin. Hujayra sitoplazmasi po’st atrofida joylashgan bo’lib hujayrani to’ldirib turadi. Hujayrada bitta yoki bir nechta mayda hujayra shirasiga ega bo’lgan vakuolalar mavjud. Yadroning soni ham bir yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Hujayradagi xromatoforlarda pigmentlar saqlanadi va ular fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Xromatoforning shakllari turlicha: plastinkali, spiral, lentasimon, to’rsimon, yulduzsimon. Ana shu shakllarga qarab suvo’tlarning turini aniqlash oson. Xromatoforada pirenoid joylashgan, uning atrofida kraxmal to’planadi. Shuningdek, xromotoforalar moy, lipoproteid, oqsillardan valyutin kabi oziq moddalar to’plash xususiyatiga ham ega.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling