Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


Download 1.06 Mb.
bet10/14
Sana28.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1731304
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

BAKTERIYALAR DUNYOSI
Hozirgi bakteriyalarning zamonaviy sistemasida sianobakteriyalarni (ko’k-yashil suvo’tlar) (Cyanobacteria) ham alohida tip (fila) sifatida o’rganadilar.
Burchoqdoshlar oilasi vakillarining ildizlarida tuganak hosil qiluvchi bakteriyalardan – Rhizobium radicicolo, Bacteria radicicola yashaydi. Tuganak bakteriyalar tuproq unumdorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi.
Bakteriyalarning tabiat va kishilar hayotidagi roli ham cheksizdir. Bakteriyalarsiz tabiatda moddalar almashinishi kuzatilmaydi. Quyidagi jarayonlar bakteriyalarning ijobiy tomonlarini ko’rsatadi. Umuman bakteriyalar metabolizmi juda murakkab bo’lib, ular geterotrof, avtotrof yo’llar bilan boradi.
O’simlik va hayvon qoldiqlarining chirishida turli bakteriyalar ishtirok etib qo’lansa hidli gazlar hosil bo’ladi. Bakteriyalarning bir turi oqsil molekulasini NH3, H2S, CO2 va H2O ajratsa, boshqalari oqsilni albumoza, peptonlargacha parchalaydi. Ular o’z navbatida, boshqa bakteriyalar tomonidan yana parchalanadi.
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Chirish natijasida uglerod, hususan azotli moddalar bir shakldan ikkinchi shaklga o’tib uzluksiz o’zgarib turadi. Avtotrof bakteriyalar bevosita quyosh nuridan yoki kimyoviy energiyadan (xemosintez) foydalangan holda organik moddalarni mustaqil ravishda sintezlaydi. Bularning bazi turlari tuproqda yashab, erkin azotni o’zlashtira oladi. Shu guruhga mansub bakteriyalar katta biologik ahamiyatga ega.
Azotsiz organik moddalarning bakteriyalar faoliyati natijasida parchalanishi achish deyiladi. Achish xilma-xildir
Sut kislotali achish Lactobacillus, Lactococcus va boshqa bakteriyalar faoliyati natijasida sodir bo’ladi. Natijada hosil bo’lgan sut kislotasi oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlashga xizmat qiladi va ularga alohida ta‘m beradi. Moy kislotali achish Clostridium pasteurianum bakteriyalari ishtirokida boradi. Bu jarayon natijasida ovqat mahsulotlari buziladi. Hosil bo’lgan moy kislota boshqa bakteriyalarning oziqlanishi uchun qimmatli moddadir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling