BAKTERIYALAR DUNYOSI
Sirka kislotali achish – Acetobacter aceti bakteriyalari vujudga keltiradi. Natijada sirka kislotasi hosil bo’ladi.
Pektin moddalarining achishi – Clostridium pectinovorum va boshqa bakteriyalar ta‘sirida borib, vodorod va karbonat angidrid hosil qiladi, bunda o’simliklarning hujayralararo moddalari parchalanib, to’qima hujayralarida matseratsiya hodisasi ro’y beradi. Bu jarayondan zig’ir, kanop tolasi olishda foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda bakteriya va aktinomitsetlarning roli yanada oshmoqda, chunki tibbiyotda, veterinariyada va chorvachilikda qo’llanilayotgan insulin, antitelalar, antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar olishda ularning ahamiyati kattadir. Ularning qo’llanilishi esa chorvachilik mahsulotlarini oshirishga olib kelmoqda. Basillus thuringiensis (endobakterin, dendrobatsellin) preparatlari o’simliklarining zararli hasharotlariga qarshi ishlatilsa, tuganak bakteriyalar preparatlari (azotobakterin, nitragin) o’g’it sifatida qo’llaniladi.
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Bakteriyalar sanoatda rudalardan metallarni ajratib olishda, organik chiqindilarni qayta ishlashda, turli muhitdagi va suvdagi neft qoldiqlarini parchalashda ham foydalanilmoqda.
Bakteriyalarning zararli tomonlari ham bor. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlarining ko’plab buzilishiga bakteriyalar sababchidir. Demak, bu mahsulotlarni konservalash, quritish, tuzlash, marinovka qilish kabi yo’llar bilan saqlashga to’g’ri keladi.
Ayrim bakteriyalar patogen bo’lib, odam, hayvonlar va o’simliklarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa odamlarda ich terlama, vabo, o’lat, sil, qoqshol va boshqa kasalliklarni chaqiradi. Clostridium botulinum botulizm toksini go’sht, baliq va konserva mahsulotlarining buzilishi natijasida hosil bo’ladi. Bu botulin toksinining 10 mg butun insoniyatni zaharlashga qodir.
Bakteriyalar metabolizmi va genetikasidan (transformatsiya, transduksiya, plazmidalar) foydalanib, ulardan biotexnologiya va bioinjeneriya sohalarida keng foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |