Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


Download 1.06 Mb.
bet7/14
Sana28.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1731304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

BAKTERIYALAR DUNYOSI
Bakterial hujayraning sxematik tuzilishi:
1-hujayra devori; 2-plazmatik membrana; 3-ribosomalar; 4-zaxira oziq moddalar; 5-sitoplazma; 6-DNK xalqasi; 7-mezosoma; 8-fimbriyalar; 9-fotosintetik membranalar; 10-kapsula; 11-xivchin.
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Ayrim bakteriya sporalari 240°C issiqlikka ham chidaydi. Ko’pchilik bakteriyalar esa, jumladan, kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalar quyosh nuri ta‘siriga bardosh bera olmaydi. Bakteriyalar mayda bo’lganligi sababli ularni oddiy ko’z bilan ko’rish qiyin. Qaynatilgan kartoshka, non, go’shtda tez rivojlanadigan – Bacillus prodigiosus ning kattaligi 0,0008 mm tashkil qiladi, Mucobacterium tuberculasus esa 1,2 - 0,4 mkm oshmaydi. Bazi bakteriyalarni biologik mikroskoplarda emas, faqat elektron mikroskoplardagina ko’rish mumkin.
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Bakteriyalar hujayralarining shakli turli tuman bo’lib, quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi: 1-sharsimon bakteriyalar - kokklar; 2-tayoqchasimon bakteriyalar - batsillalar; 3-bukilgan bakteriyalar-spirillalar.
Kokklar bir-biriga qo’shilmagan mayda ayrim hujayralardan iborat bo’lsa mikrokokk, bo’linish natijasida hosil bo’lgan yangi hujayralar juftlashganicha qolsa diplokokk deyiladi. Agar eniga va bo’yiga bo’linish natijasida paydo bo’lgan hujayraning yosh hujayralari ajralmay to’rttaligicha qolsa tetrokokk deb ataladi. Hujayralari uzunasiga qo’shilib, marjonga o’xshash shakl hosil qilsa streptokokk, uzum shingiliga o’xshab yig’ilgan bo’lsa stafilokokk, hujayra bo’yiga, eniga va yoniga qarab bo’linishi tufayli xaltachaga o’xshash shakl olsa sarsina deyiladi.
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Sharsimom bakteriyalar orasida angina, yallig’lanish va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi kokklar ham mavjud.
To’g’ri, uzun, tayoqchasimon bakteriyalar - batsillalar (basillus) deyiladi va ular sporalar hosil qiladi. Qisqa tayoqchali bakteriyalarga tuganak bakteriyalari – Rhizobium legumenosarum ham kiradi. Uzun ip hosil qiladigan ipsimon bakteriyalar asosan suvda yashaydi.
Vergul shaklidagi bakteriyalar–vibrionlar, yo’g’on spiralsimon buralganlari spirillalar, bir necha xildagi ingichka burmalilari spiroxetalar deyiladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling