Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI


Download 1.06 Mb.
bet4/14
Sana28.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1731304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
Internet tarmog’ida ham keying yillarda barcha foydalanuvchilar uchun kirish erkin, bepul va ochiq bo’lgan bir qator ilmiy saytlar ham faoliyat yuritmoqda: Jumladan, Index Fungorum (zamburug’lar nomlari indeksi) (http://www.indexfungorum.org) – xalqaro ilmiy loyiha bo’lib, uning maqsadi mikologik nomenklatura sohasida to’liq ma‘lumotlar bazasini yaratishdir. Bunda zamburug’lar, zamburug’simon organizmlar va lishayniklarni ilmiy lotincha takson nomlari to’grisida ma‘lumotlar jamlangan hamda doimiy ravishda yangilanib, to’ldirilib borilmoqda.
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
1999 yilda yana bir sayt International Plant Names Index (IPNI) (http://www.ipni.org/index.html) – O’simliklar ilmiy nomlarining xalqaro ko’rsatkichi ma‘lumotlar bazasi ishga tushdi. Ushbu inglizcha sayt barcha foydalanuvchilar uchun ham bepul bo’lib, asosan urug’li o’simliklar va paporotniklarni tur hamda turkumlarining ilmiy (lotincha) nomlari haqida ma‘lumotlar jamlangan. Ushbu ma‘lumotlar doimiy ravishda yangilanib, to’ldirilib borilmoqda.
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
The Plant List («O’simliklar ro’yxati») (http://www.theplantlist.org) ma‘lumotlar bazasi – qo’shma ensiklopedik loyiha bo’lib, unda o’simliklar dunyosining zamonaviy taksonlari (qazilma holdagilardan tashqari) nomenklaturasi haqidagi ma‘lumotlar jamlangan. Ushbu sayt inglizcha bo’lib, Kyudagi Qirollik botanika bog’i (Buyuk Britaniya) va Missuri botanika bog’i (AQSH) bilan birgalikda BMT ning Biologik xilma-xillik konvensiyasi dasturi doirasida 2010 yilda tashkil etilgan, hozirda faol ishlab kelmoqda. Hozirgi kungacha The Plant List bazasida 1 293 685 ta o’simlik taksonlarning nomlari kiritilgan. O’simlik nomlari to’rtta guruh: yo’sinlar, tomirli yuksak sporali o’simliklar (plaunlar, qirqbo’g’inlar, paporotniklar), ochiq urug’lilar va gulli o’simliklarni o’z ichiga oladi. Bu bazada hozirda suvo’tlar, zamburug’lar va lishayniklar haqida ma‘lumotlar yo’q.
Hozirgi vaqtda The Plant List bazasi dunyodagi boshqa botanika institutlar bilan hamkorlikda 2020 yildan boshlab barcha ma‘lum o’simlik vakillaridan iborat World Flora Online loyihasi ma‘lumotlar bazasini yaratish bo’yicha ish olib borilmoqda.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling