Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI


Download 1.06 Mb.
bet6/14
Sana28.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1731304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Bakteriyalarga (lot. bacterium – tayoqcha) 3000 ga yaqin turni qamrab oladi. Bakteriya atamasi 1828 yilda X.G. Erinberg tomonidan taklif etilgan. Bu organizmlar juda mayda, bir hujayrali, ba‘zan ipsimon yoki ipsimon shoxlangan koloniyali organizmlardir. Bakteriyalar hujayra tuzilishining muhim hususiyatlaridan biri unda shakllangan yadro, mitoxondriy, plastidlarning yo’qligidir. Bakteriyalarni mikrobiologiya bo’limi – bakteriologiya fani o’rganadi. Birinchi bor bakteriyalarni gollandiyalik olim Antoni van Levenguk 1676 yilda mikroskop yordamida ko’rgan.
Bir gramm tuproqda o’rtacha 40 mln bakteriya hujayrasi, toza suvning bir millilitrida millionta bakteriya hujayrasini topish mumkin. Yerda qariyb 5⋅1030 bakeriya hisoblanib, ularning biomassasi o’simlik va hayvonlar biomassasi yig’indisidan ham oshib ketadi. Ular moddalar almashinuvida katta rol o’ynaydi.
Bakteriyalar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular tuproq, suv, o’simlik va hayvon tanasida, atmosferada ko’plab uchraydi. Yerda bakteriyalarning ko’pligiga tashqi sharoit ham ta‘sir ko’rsatadi.
BAKTERIYALAR DUNYOSI
Bakteriyalarda membrana, tana yoki matriks, DNK, RNK va ribosomalar mavjud. Membrana tarkibi asosan fosfolipidlardan tashkil topgan. Sitoplazmada zaxira moddalardan glikogen, polifosfatlar va boshqa birikmalar to’planadi. Ko’pchilik bakteriyalar hujayrasi uch qavat hujayra devori bilan qoplangan. Hujayra devori tarkibi polisaxaridlardan tashkil topgan –peptidoglikan yoki muriendan iborat. Bu devor azotli moddalardan tashkil topgan shilimshiqlanish hususiyatiga ega. Shuningdek, bakteriyalar hujayra devori tarkibiga ko’ra: grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga ham bo’linadi. Bunda ularni devorini 1884 yilda K.Gram tomonidan taklif etilgan anilin bo’yoqlari yordamida bo’yalishiga asoslangan va bunga Gram metodi deyiladi. Grammusbat bakteriyalarning hujayra devori grammanfiylarnikiga qaraganda ancha qalin bo’ladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling