Bakteriyalarning tuzilishi, tiplari va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Suv o’tlari va ularning klassifikatsiyasi ppt


O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI


Download 1.06 Mb.
bet5/14
Sana28.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1731304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bakteriyalardan sanoatda va qishloq xo`jaligida foydalanish

O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
Shuningdek, Index Herbariorum dunyo gerbariylari bo’yicha, International Directory of Botanical Gardens dunyodagi botanika bog’lari bo’yicha ma‘lumotlar bazasi ham faoliyat olib bormoqda.
Plantarium (http://www.plantarium.ru) sayti ruscha bo’lib – o’simliklar va lishayniklar turlarining atlasi va online aniqlashga asoslangan. Ushbu loyiha Rossiya va unga chegaradosh mamlakatlar hududlaridagi o’simlik va lishayniklar fotosuratlarini yig’ish va turlarni aniqlashga asoslangan. Bundan tashqari, loyiha qatnashchilari tomonidan o’simlik jamoalari va landshaftlar fotosuratlari, geografik koordinatalari hamda xaritasi ham keltirib o’tilgan.
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
Taksonomiya (grek. taxis-tuzilish) atamasini 1813 yilda shvetsariyalik olim O.Dekandol tomonidan kiritilgan. Taksonomik (sistematik) birliklar aniqlangan ko’plikdagi pog’onalashtirilgan klassifikatsiyalar hisoblanadi. Taksonlar esa aniq mavjud bo’lgan organizmlarni nomlashda qo’llaniladi, bunda ularni klassifikatsiylashda ma‘lum taksonomik birliklarga biriktiriladi. Botanikada asosiy sistematik birliklar quyidagilardan iborat: dunyo – regnum, bo’lim – division, ajdod (sinf) – classis, qabila – ordo, oila –familia, turkum – genus, seksiya – ection, tur – species, tur xili –varietas
O’SIMLIKLAR SITEMATIKASINING VAZIFASI VA USULLARI
O’.Pratov va M.Nabiyevlar tavsiyasiga (2007) ko’ra, bo’limga – toifa; bo’limchaga – singari; ajdod (sinf)ga – simon, lilar; ajdodchaga – kabilar; qabilaga –namo, dor; oilaga – dosh, guldosh affikslarini qo’shib yozish tavsiya etildi.
Ko’pchilik oilalarning nomlari turkum nomi bilan ataladi. Masalan: magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, gulxayridoshlar va boshqalar turkum nomidan olingan. Ba‘zan, ayrim oilalarning nomlari o’simliklar turkum nomidan emas, organlarining tuzilishiga qarab nomlangan. Masalan: labguldoshlar (Labiatae), dukkakdoshlar (Leguminosae), soyabonguldoshlar (Umbelliferae), murakkabguldoshlar (Compositae) va boshqalar. Quyidagi oilalarga botanika nomenklaturasi qoidalari asosida yangi turkumlarning nomlari yangi o’zbekcha nomlar bilan ataldi. (O’.Pratov, T.Odilov, 1995). Shunga ko’ra: Apiaceae (Umbelliferae) – ziradoshlilar (soyabonguldoshlar), Asteraceae (Compositae) – qoqiotdoshlar (murakkabguldoshlar), Poaceae (Gramineae) – bug’doydoshlar (boshoqdoshlar), Fabaceae (Leguminosae) – burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), Lamiaceae (Labiatae)– yalpizdoshlar (labguldoshlar), Brassicaceae (Cruciferae) – karamdoshlar (krestguldoshlar), Arecaceae (Palmaceae) – palmadoshlar (arekadoshlar) deb nomlandi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling