Bandixon tumani qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi
Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Download 0.82 Mb.
|
Navruz O`MT
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kaskad» texnikasi
- FSMU texnologiyasi (F)
- Baxolash kursatkichlari va mezonlari
- Baxolash kursatkichlari va mezonlari (ballarda)
1.2.Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi
1-ilova «Kaskad» texnikasi Ушбу технология €оялар тизимини ишлаб чицишга кумак беради: Асосий мацсади: аник, ва ижодий фикрлаш крбилиятини фаоллаштириш. 3-ilova FSMU texnologiyasi (F) - Fikringizni bayon eting. (C) - Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating. (M) - Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring. (U) - Fikringizni umumlashtiring. Ushbu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Baxolash kursatkichlari va mezonlari
Mavzu: Tuproqning o‘simliklar oziqlanishi bilan bog‘liq xususiyatlari Reja: Tuproqlarning o‘simliklarni oziqlanishi Tuproqdagi oziq moddalarning yalpi miqdori O’g‘it qo‘llash bilan bog‘liq xossalari. Tuproqlarni tarkibi, xususiyatlari hamda ularda sodir bo‘ladigan fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy, kimyoviy va biologik jarayonlarni bilish dehqonchilikda o‘g‘itlardan samarali va oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi oziq moddalarning yalpi miqdori, ularni o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishi va sodir bo‘ladigan teskari jarayon o‘simliklarning oziqlanish sharoitini belgilaydi. Tuproqda rejalashtirilgan hosil uchun zarur bo‘ladigandan bir necha baravar ko‘p oziq moddalar mavjud, lekin ularning asosiy qismi o‘simliklar bevosita o‘zlashtira olmaydigan birikmalar shaklidadir. 76 Tuproq tarkibida o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan oziq moddalar miqdori ko‘p bo‘lsa, minerallar o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum darajada kamayadi, aks holda ko‘proq o‘g‘it qo‘llash taqazo etiladi. Oziqlanish jarayonida o‘simlik, tuproq va o‘g‘it o‘rtasida uzviy bog‘liqlik yaqqol namoyon bo‘ladi. Tuproqqa tushgandan keyin o‘g‘itlar turli o‘zgarishlarga uchraydi, tarkibidagi oziq moddalarning eruvchanligi, o‘zlashtirish darajasi va harakatchanligi o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar bevosita o‘g‘itlarning fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘g‘itlar ham o‘z navbatida tuproqlarga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi: oziq moddalarga boyitadi, tuproq eritmasining reaksiyasini, mikrobiologik jarayonlarning xususiyati va jadalligini, shu bilan birga unumdorlikga ta’sir qiluvchi ayrim omillarni o‘zgartiradi. O‘simliklar o‘zlashtira oladigan oziq moddalar miqdori tuproqning tipi, madaniylashganlik darajasi, etishtiriladigan ekin turi va kiritiladigan o‘g‘it miqdori bilan uzviy bog‘liqdir. Tuproqqa kiritiladigan o‘g‘itning ma’lum bir qismi tezda mikroorganizmlar tanasiga o‘tadi. Bu ayniqsa azotli o‘g‘itlar misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Azotning barqaror N izotopi yordamida olib borilgan kuzatishlar tuproqning biologik singdirishi natijasida o‘g‘it tarkibidagi nitrat shakldagi azotning 10 -20, ammiak shakldagi azotning 20-40 %i mikroorganizmlar tanasida organik holatda muqimlanib qolishi aniqlangan. Nitrat shakldagi azot mikroorganizmlar tomonidan ammiak shakldagi azotga nisbatan 1,5-2,0 marta kam singdirilsada, juda katta amaliy ahamiyatga ega, chunki nitratlar boshqa bironta singdirish yo‘li bilan tuproqda saqlab qolinmaydi. Nazorat savollari: Mineral ug‘itlarining xalq xujaligidagi ahamiyati O‘g‘itlarni guruhlash Mineral ug‘itlarining qo‘llanilishi Azotli o‘g‘itlar va ularning turlari Kaliyli o‘g‘itlar va ularning turlari Mavzu. O‘G‘ITLAR. O‘SIMLIKLARNING AZOT, FOSFOR VA KALIY BILAN OZIQLANISHI Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling