Bank auditi
Mijoz-tijorat bank faoliyati(biznesi)ning ko’lami
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari
- 3. Kreditorlik qarzlarining miqdori va tavsifi.
1. Mijoz-tijorat bank faoliyati(biznesi)ning ko’lami. Mijoz-tijorat bankda
sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalarining miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, auditorlik riski shunchalik yuqori bo’ladi va uning moliyaviy hisobotidan shuncha kengroq hajmda foydalanish zarur bo’ladi. Auditorlik risk darajasini aniqlashda moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning fikrlari asos bo’lib hisoblanadi. Masalan, agar aktsiyadorlik jamiyati qo’shimcha aktsiya chiqarishni rejalishtirmagan bo’lsa, u holda faqat haqiqiy aktsiyadorlar fikri inobatga olinadi. Agar qo’shimcha aktsiya chiqariladigan bo’lsa, aktsiyalarga obuna bo’luvchilar fikrlari ham inobatga olinadi. Yangi aktsiyadorlarni asosan yuqori dividendlar va ijobiy auditorlik xulosasi bilan jalb qilish mumkin. 2. Mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari ham auditorlik risklarning maqbul to’plamiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarinikiga qaraganda aktsiyadorlarining ishonchini ko’proq qozonganligi bois, auditorlik riskini pasaytirishi mumkin. Bu ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarida har xil mulkdorlar mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek, aktsiyadorlarning manfaatlari har doim ham bir-birinikiga mos kelavermaydi va shuning uchun ham ular bir- birlarini nazorat qilib turadilar. 3. Kreditorlik qarzlarining miqdori va tavsifi. Mijoz-tashkilot kreditorlari qanchalik yirik tijorat banklardan iborat bo’lsa, demak, uning moliyaviy hisobotiga ishonch shuncha yuqori ekanligi va uni tekshirish bilan bog’liq tavakkalchilik xatari shunchalik past bo’ladi. Auditorlik riskiga boshqa shart-sharoitlar ham ta’sir ko’rsatadi. Jumladan: mutaxasislarning buxgalteriya hisobini bilishi, auditorlik tekshiruviga umumiy yondashuv, me’yoriy-huquqiy tizimdagi o’zgarishlar, hisobning kompyuterlashtirilganlik darajasi, mijoz-tijorat bankdagi ichki nazorat tizimining ishonchliligi, rahbarlar almashinishi va ularning shaxsiy fazilatlari, olingan natijalarni baholash va ularning to’liqligi, mazkur tashkilot faoliyatiga xos bo’lmagan muomalalar miqdori va sh. k. Demak, auditorlik risklarning maqbul to’plami deganda, o’tkazilgan Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling