Bank auditi


-mavzu. Auditorlik risklari va auditorlik xulosalalari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana04.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1327552
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Bank auditi

10-mavzu. Auditorlik risklari va auditorlik xulosalalari 
 
Reja: 
1. Auditorlik faoliyati bilan bog’liq risklar 
2. Auditorlik xulosalari va ularning turlari 
 
1. Auditorlik faoliyati bilan bog’liq risklar 
 
Audit va moliyaga oid ayrim manbalarda «risk» atamasi turlicha tarjima qilib 
qo’llanilmoqda («tavakkalchilik», «xatarlilik», «xavf- xatar», «tahlika», «g’ov» va 
h. k. ). Auditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar «risk» atamasining asl 
mohiyatini to’liq ochib bermaydi. Bu borada biz professor T. S. Malikov fikriga 
qo’shilamiz (31. 5-bet). Umuman murakkab ilmiy atamalarni ularning mohiyatini 
ifodalamaydigan tarjimalar bilan almashtirmasdan, birinchi marta qo’llanilganida 
izohlagan holda, keyinchalik aslini qo’llash maqsadga muvofiq.
№9 - «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq: Auditorlik riski 
– bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv 
aniqlanadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiqlanganidan so’ng 
xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar 
haqiqatan ham yo’q bo’lgan-da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish 
ehtimolidir.
Faraz qilaylik, agar auditor salbiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz 
kechsa o’zini xavf-xatar ostiga qo’ymas-ligi mumkin. Ammo bu noto’g’ri fikr, 
chunonchi, auditor uchun bu holda mijozlarini yo’qotish xavfi vujudga keladi. 
Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijoz-tijorat bank moliyaviy hisobotini 
to’liq tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan 
bog’liq xavf-xatarni o’z zimmasiga oladi. Auditorlik faoliyatida uchraydigan 
bunday xavf-xatarlar yigindisini keyinchalik auditorlik risklarning maqbul 
to’plami deb atash mumkin.
Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham 
auditorlik riskini to’liq bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida 
uning ( auditorlik riskining) maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Ya’ni, 
auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan yuzta auditorlik xulosasidan beshtasi 
munozarali masalalar bo’yicha noto’g’ri xulosalar bo’lishi mumkin. Bunday risk 
ya’ni, 5% miqdorda noto’g’ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun 
muhim hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu 
ko’rsatkich (5%)ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag’ 
sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Umuman auditorlik riskining maqbul to’plamiga quyidagi shart-sharoitlar 
asosiy ta’sirini ko’rsatadi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling