Bank auditi


auditorlik tekshiruvlari natijasida yanglish mulohazaga kelish va natijada


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/35
Sana04.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1327552
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Bank auditi

auditorlik tekshiruvlari natijasida yanglish mulohazaga kelish va natijada
noto’g’ri auditorlik xulosasi tuzish ehtimoli(xavfi) tushuniladi.  
Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to’plami bir 
qancha risklardan iborat.
Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to’plamiga 
quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh 
harflari) bo’yicha quyidagi formula ko’rinishida ifodalangan: 
DAR = IR * CR* DR 
DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to’plami); 
IR (Internal risk) – IXR (ichki xo’jalik riski); 
SR (Control risk) – NR (nazorat riski); 
DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy 
hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski).
Demak, auditorlik risklarining maqbul to’plami (ARMT) ni va uni tashkil 
etuvchi tarkibiy qismlar (IXR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini 
o’rganish uchun quyidagi formula ko’rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy 
qismlarini alohida ko’rib chiqamiz: 
ARMT= IXR * NR * AR 


Ichki xo’jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, 
balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda
xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida muhim kamchiliklarning, bunday 
kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki 
ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv 
tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. 
Audit xulosasi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun, hokimiyat va 
sudidoralari uchun xuquqiy hujjat hisoblanadi.
11
Bu xulosa matbuotda ham e’lon 
qilinishi mumkin. Auditning taftishdan asosiy farqi hammana shunda.
Tijorat banklarida o’tkazilayotgan auditorlik tekshirishlari sifati va 
ta’sirchanligini oshirish, tashqi audit faoliyatini takomillashtirish, auditorlik 
firmalari o’rtasida erkin va sog’lom raqobat munosabatlarini kuchaytirish hamda 
aholi va sarmoyadorlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada oshirish 
maqsadida 1996 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank 
auditi tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qabul qilingan 
edi. 
Mazkur farmon talablarini bajarilishini ta’minlash va Respublikada bank 
auditini mustahkamlash maqsadida o’tgan davr mobaynida Markaziy bank 
tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. 
Mamlakatimizda ishlab chiqilgan Auditorlik faoliyati milliy andozalari 
asosida banklarda auditorlik tekshiruvlari tashkil etiladi. Auditorlik faoliyati milliy 
andozasi-AFMA "Auditorlik faoliyati to’јrisida"gi O’zbekiston Respublikasi 
qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 
senyabrdagi "Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari 
rolini oshirish to’јrisida" 365-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan va O’zbekiston 
Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish elementi hisoblanadi. 
Andozaning maqsadi auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilgan auditorlik 
tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzishning 
yagona tartibini joriy etish hisoblanadi. 
Mazkur andoza talablari auditorlik tekshiruvini o’tkazish va xo’jalik 
yurituvchi sub’ektga auditorlik hisoboti hamda auditorlik xulosasini taqdim etish 
paytida barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur 
andozaning № 70 esa auditorlik xulosalariga bag’ishlangan. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling