Bank hisobi va audit
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. KREDIT RISKI VA ULARNI BOSHQARISHNING TAHLILI 2.1 . Kredit riski va uni boshqarishning xalqaro tajribasi
1-bob bo’yicha xulosa
Birinchi bobga xulosa qiladigan bo'lsak, unda umumiy risklarga ta'rif berilgan va bir qancha misollar bilan tushuntirib berilgan. Risklarning turlari haqida ma’lumotlar berilgan bo’lib, ularni xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida tutgan o’rni haqida ma’lmotlar aks ettirilgan. Hamda, risklarni boshqarish tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, ularni qay tarzda amalga oshirish kerakligi haqida fikr yuritilgan.
7 Abdullaeva Sh.Z., Qulliev I.Ya. Bank risklari fanidan o’quv-uslubiy majmua. Moliya-2014, 42-bet. 25
Risklarni boshqarish jarayonlari, usullari, qo'llaniladigan metodlar barchasi aks ettirilgan. Risklarni kamaytirish usullari ya’ni sug’urtalash, xeyjerlash hamda diversifikatsiyalash haqida ma’lumotlar berilgan bo’lib, ular orasidagi farqlar keltirib o’tilgan. Hamda, risklarning xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga, daromadlilik darajasiga bog’liqligi tushuntirib berilgan. Xususan, bank risklariga qisqacha ma'lumot berilgan bo'lib, kredit riski mohiyati chuqur yoritilib berilgan. Keyingi bosqichimizda esa, Hukumatimiz tomonidan, kredit risklarini boshqarishda bevosita va bilvosita yordam beradigan, bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar keltirib o'tilgan va ularning mazmun mohiyati bilan tanishib chiqilgan. Bunda biz, aktivlar sifatiga qo’yilgan talablar, xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini tekshirish va nazorat qilish bo’yicha yo’riqnomalar bilan tanishdik. Aktivlar sifati bo’yicha guruhlanishi, ularga ajratiladigan rezerv miqdorlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Muamoli aktivlar tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, ularni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar aks ettirilgan. Aktivlarning tavakkalchilik darajasi bo’yicha tasniflanishi va ularning risklilik darajasi keltirilgan. Tijorat banklarining kreditlash faoliyatini samarali tashkil etishda Markaziy bankining tijorat banklari kredit siyosatiga qo’yiladigan talablari va ularni bajarish ustidan nazorati haqida fikr yuritilgan. Yuqoridagi keltirib o’tilgan ma’lumotlar mamlakatimizdagi tijorat banklarida kredit riskini boshqarishda amalda qo’llanilib kelinayotgan chora- tadbirlar sarasiga kiradi.
26
2.1 . Kredit riski va uni boshqarishning xalqaro tajribasi
Yuqorida biz kredit riskini boshqarish bo’yicha mamlakatimzda qo’llanilib kelinayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishib chiqdik. Quyida esa xorijda qo’llanilib kelinayotgan, kredit riskini boshqarish bo’yicha o’rnatilgan me’yorlar bilan tanishib chiqamiz.
Barcha rivojlangan davlatlarda bank tizimi iqtisodiyotning boshqa tizimlariga qaraganda eng qattiq nazorat qilinadigan obyekti hisoblanadi. Bank faoliyati “pul savdosi” bilan shug'ullanuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatiga nisbatan ko'proq umumiy xususiyat kasb etadi. Banklar mijozlar, tashkilotlar, sanoat va tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning himoyasini o'z zimmalariga oladilar va o'z qarzdorlarining to'lov qobiliyatini kuzatib boradilar. Kreditlarni o'z vaqtida qaytara olmagan qarzdorlar bank talabi bilan o'z korxonalarini boshqarish huquqidan mahrum bo'ladilar.
Banklarning turi ba'zi bir mamlakatlarda har xil bo'lsada, ular ustidan ko'plab cheklovlar o'rnatilgan. Shulardan eng umumiy va muhimlari quyidagilardir: 1. Bank vakolatining chegarasi.
Riskni pasaytirish maqsadida bank portfellaridagi bir qator aktivlarga hamda bank faoliyatining ba'zi turlariga chegaralar o'rnatilgan. Ko'pincha likvidlilik darajasining pastligi va shu turdagi investitsiyalar bilan bog'liq risklarning ulushi kattaligidan banklarning ko'chmas mulkiga bevosita egalik qilish huquqi cheklanadi. 2. Kredit hajmini cheklash.
Kredit portfelining ulushi tegishli kredit diversifikatsiyasi yo'li bilan pasaytirilishi mumkin. Uning asosiy yo'llaridan biri individual kredit hajmining yuqori chegarasini belgilashdan iborat. Bu yo'ldagi keyingi qadam aniq bir iqtisodiy soha yoki tarmoqga berilayotgan kredit miqdori va hajmini cheklashdan iboratdir. 27
3. Egalik huquqining cheklanishi. Ba'zi mamlakatlar nomoliyaviy tashkilot va kompaniyalarning tijorat banklariga egalik qilib olishlariga ruxsat bermaydi. Chunki bu narsa kredit mablag'larini shaxsiy maqsadga va bank egalari uchun eng qulay va foydali sharoitlarda ishlatishga olib keladi. 4. Kapitalga talab.
Kapitalning minimal hajmiga talab riskni nazorat qilish va yo'qotishlar riskini pasaytirishning eng muhim omillaridandir. Kapitalning darajasini pasaytirish riskli operatsiyalar bo'yicha daromadlar va zararlar o'rtasidagi mutanosiblikning pasayishiga olib keladi.
Oxirgi yillarda G'arbning asosiy davlatlarida “riskli” kapitalga talablarning standart to'plami kiritilmoqda. Bank balansining aktivlari kredit risk darajasida bir nechta kategoriyaga ajratiladi.
Qo'shma shtatlarda riskning hamma turlarini hisobga olish uchun kapitalning minimal hajmi talabini aktivlarining hamma turiga belgilab qo'yadilar. AQShda kapital darajasida belgilangan minimumdan oshadigan banklargagina yangi vakolatlar va imtiyozlar berish siyosati o'tkazilmoqda. 5. Kafolatlangan majburiyatlar bo'yicha ta'minlanganlik.
Bank tizimining barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlash borasida qo'llanilayotgan chora-tadbirlardan ko'riladigan soliq to'lovchining zararlarini pasaytirish maqsadida banklarning kafolatlangan majburiyatlariga cheklovlar o'rnatish mumkin. AQShda bir jamg'armadagi sug'urta summasi hajmi ko'rsatilgan bir nechta hisobvaraqasining egasi bo'lsa ham depozitlarni sug'urtalash tizimi tomonidan har bir alohida hisobvaraqadagi 100 ming dollargacha bo'lgan depozitlar sug'urtalanadi. 6. Xususiy va sinchikov tekshiruv olib borish.
Nazoratchilar bankning kapital bo'yicha vaziyatini va banklarning o'rnatilgan qoidalariga rioya qilishlarini va oxirgi kafolat soliq to'lovchilarning muhofazasi yuzasidan bank portfellarini risk darajasi bo'yicha baholashlari kerak. Bu 28
maqsadga malakali revizorlarni jalb qilish yo'li bilan sinchikov tekshirishlar o'tkazish orqali erishish mumkin.
Fransiyada 24-yanvar 1984 yilda qabul qilingan “Kredit muassasalarining faoliyati va nazorati to'g'risida”gi qonunga muvofiq Fransiya bankining Prezidenti qiyin vaziyatga tushib qolgan bankning aksionerlariga o'z majburiyatlarini bajarishni davom ettirishlarini yoki tartibni saqlash va ushbu muassasa mavqeini ushlab qolish maqsadida boshqa banklar yordamini jalb qilishlarini taklif qiladi. G'arb davlatlaridagi bozor xo'jaligi va klassik bank operatsiyalarining rivojlanishi risklarni aniqlashni uch kriteriyasiga amal qilish muhimligini namoyish qildi: foiz stavkalarini o'zgarishi, valuta kursi va bozor baholari.
AQShda banklar faoliyatini nazorat qilish funksiyasini Federal Rezerv Tizimi amalga oshiradi. “Federal Rezerv Tizimi to'g'risida”gi aktda (1913 yil) FRTning vazifalaridan biri bo'lmish “Bank ishi” ustidan samarali nazoratni tashkil etish haqida qayd etilgan. Bu majburiyatni boshqa Federal bank idoralari bilan bo'lishish orqali FRT tartibga solish funksiyasi bilan pul-kredit siyosatini o'tkazishni afzal ko'radi.
Qo'shma shtatlarda depozit muassasalar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasidagi FRTning vazifalariga quyidagilar kiradi: - FRTning a'zolari shtatlardan o'tgan banklar, EDJ qonuni doirasida harakat qiluvchi hamma korporatsiyalar hamda barcha holding kompaniyalari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish; - AQSh hududida joylashgan xorijiy bank tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish; - FRTning Amerika tijorat banklari yoki EDJ Qonuni asosida tashkil qilingan korporatsiyalar orqali o'zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlarini yurituvchi korxonalarning xorijdagi faoliyatlarini tartibga solish. Nazorat ishida uchta federal organ harakat qiladi: - Federal Rezerv Tizimi (FRT); - Pul muomilasini nazorat qilish apparati (PMI); - Depozitlar sug'urtasi bo'yicha federal koorporatsiya (DSFK).
29
Bu federal organlar 50 ta shtatning bank ishi nazoratchilari bilan birga ishlaydilar, bu tuzilmada majburiyatlarning ba'zi o'xshash tomonlari kuzatilgan. Masalan pul muomalasi nazoratchisi milliy banklarni ro'yxatdan o'tkazishni amalga oshiradi. Uning o'zigagina katta majburiy javobgarlik yuklatilgan. FRT va unga a'zo banklarning faoliyatlarini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha umumiy javobgarlikni o'ziga olgan. A'zo banklarga milliy banklar ham kirgan bo'lib, ulardan FRT a'zosi bo'lishlarini qonuniy talab qilinadi. Depozitlarni sug'urtalash federal koorporatsiyasi FRT a'zolari banklar ustidan hukmronlik qiladi. FRTning a'zolari bo'lmagan sug'urtalangan banklardan ham qonun depozitlarini majburiy federal sug'urtalanishini talab qiladi.
Jahon bank amaliyotida yirik tijorat banklarida kreditni boshqarishning ikkita qo’mitasi faoliyat olib boradi. Ularning birinchisi va uning asosiy vazifalari quyidagichadir.
3- rasm. Kreditni boshqarish bo’yicha birinchi qo’mitaning vazifalari 8
8 Belyakov A. V., “Банковские риски, проблемы учета, управления и регулирования” M.: КНОРУС,2014г. 45стр. Birinchi qo’mita Bank boshqaruvchisi, kredit bo’limi va Operatsion bo’limi boshliqlari, analitik bo’limi boshlig’i, bosh iqtisodchi buxgalter - Kredit siyosatini holati bo'yicha monitoring olib borish - Kredit siyosati reytingini olib borish - Yangi kredit olishni kriteriyalarini ishlab chiqish - Kreditni o'tkazish chora tadbirlari - Ssudalar bo'yicha cheklashlar - Kredit portfeli bo'yicha doimiy riskni baholab berish - Qaytmaydigan ssudalar bo'yicha qutqaruvchi siyosatini ishlab chiqish - Ishonchsiz ssudalar bo'yicha siyosati ishlab chiqish - Kreditni muzlatish bo'yicha siyosati - Standart kredit hujjatlarini ishlab chiqish - Kreditni berish shartnomasini ishlab chiqish - Kredit bahosini aniqlash siyosatini ishlab chiqish - Bankning ichki me'yoriy huquqiy hujjatlariga qarash - Kreditni berishni ko'paytirish bo'yicha siyosati ishlab chiqish 30
Rasmdan ko'rib turganimizdek, bank boshqaruvchisi, kredit bo'limi va operatsion bo'limi rahbarlari, analitik bo'limi boshlig'i, bosh iqtisodchilar kreditni boshqarishning birinchi qo’mita a'zolari bo'lib, kreditni boshqarish vazifalarini aynan ular amalga oshiradilar.
Tijorat banklarida kreditning boshqarishning ikkinchi qo’mitaning faoliyati va uning yo'nalishlari, vazifalari quyidagi 4 - rasmda ko'rsatilgan.
4-rasm. Kreditni boshqarish bo’yicha ikkinchi qo’mitaning vazifalari 9
Birinchi va ikkinchi qo’mitalar birgalikda o'ziga biriktirilgan vazifalarni bajarib borish natijasida risklarni kamayishiga erishish mumkin.
O'zbekiston bank amaliyotida kredit risklarini boshqarishda jaxon amaliyoti tajribasidan foydalanish mumkin. Risklarni kamaytirish uchun ularni baholab borish talab etiladi. Xorijda kredit risklarini baholashning turli usullaridan foydalaniladi: 1. Historical Simulation usuli. Bu usul tarixiy ma'lumotlar yig’ish asosida portfel aktivlarida daromadlarning tarixiy taqsimlanishini qo'llash g'oyasiga asoslanadi va uning yordamida risk kattaligi modellashtiriladi. Bu o'tgan davrda ma'lum vaqt oralig'ida mavjud bo'lgan, portfelning har bir elementi riskining bozor
9 Belyakov A. V., “Банковские риски, проблемы учета, управления и регулирования” M.: КНОРУС,2014г. 46стр. - Moliyaviy risklarni chegaralash yo'llarini aniqlash - Foiz siyosatini ishlab chiqish - Valyuta risklarini chegaralash yo'llarini aniqlash - Balanslashgan operatsiyalar bo'yicha risk siyosatini ishlab chiqish - Qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq bo'lgan risk siyosatini ishlab chiqish - Bankni asosiy moliyaviy manbalarini aniqlash - Bank kapitalini struktura risklarini boshqarish - Bank aktiv va passivlarini boshqarish bo'yicha boshqarish kriteriyalarini ishlab chiqish
Ikkinchi qo’mita Bank boshqaruvchisi, kredit bo'limi va Operatsion bo'limi boshliqlari, analitik bo'limi boshlig'i, bosh iqtisodchi buxgalter, moliyaviy nazorat bo'limBoshliqlari va boshqa bo'lim bosh.
31
omillarining qo’llanilishini hisobga olgan holda portfelni qayta baholash jarayonidir. Bu usulning qo'llaninlishi portfelning tarkibiy elementlarini aniqlashni va ularning ko’rilayotgan tarixiy davr ichida amalga oshirilgan aylanmasining grafigini tuzishni talab etadi. Bu usulni qo’llashda daromadlarning tarixiy taqsimlanishi biz kelajakda ma'lum davrda oladigan daromadlar taqsimlanishining o'ziga xos ifoda etilishi ekanligini tasavvur etish mumkin, Mos ravishda, bizni qiziqtirayotgan o'tmishdagi daromadlar taqsimoti haqidagi ayni joriy vaqtdagi bizning potfel uchun ehtimoliy risk kattaligini aniqlashga yordam beradi. 2. Stress testing usuli. Bu usul o'zida o'tgan davrda moliya bozorlarida yuz bergan gipotetik va ekstremal voqealarga portfelning chidamliligini baholashga yordam beruvchi turli mulojalar to'plamini aks ettiradi. Bu kabi tadqiqotlarning natijalari kelgusidagi mumkin bo'lgan yuqotishlar va moliyaviy risklarga duch kelish extimolini modellashtrishda foydalaniladi. Stress testing usuli gipotetik stenariylarni stillashgan stenariylar, favqulotda holatlar stenariylari va bir martalik gipotetik voqea stenariylarini to’plashdan boshlanadi. 3. Monte Carlo usuli kredit riski ehtimolligini statistik va matematik modellar yordamida olingan natijalar asosida baholaydi, bu usulning g’oyasi bizni qiziqtirayotgan moliyaviy vositalarning baholarini boshqaruvchi tasodifiy jarayonlarni bir necha bor modellashtirishdan iborat. Mazkur usul kredit riskini baholashda juda kuchli va ko'p qirrali usul hisoblanadi, uning yordamida deyarli ixtiyoriy turdagi kredit portfelining nazoratini amalga oshirish mumkin. 4. Simulation Scenario usuli, bu usul anchagina sodda hisoblanadi va “What if? “ degan yoki “Ixtiyoriy tanlangan stenariy yuz bersa portfelga, bankga, bozorga va shu kabilarga nima bo'ladi?” degan savolga javob berishni ko’zda tutadi. Mazkur usul ixtiyoriy olingan, o’ylab topilgan yoki tarixiy stenariylarning to’plamini tuzishdan iborat. Ularning asosida yakuniy natijada umumiy kredit portfelining bahosiga ega bo'lish uchun mavjud kredit portfelining baholanishini har bir stenariy bo’yicha alohida amalga oshiriladi. Bu usulning vazifasi modellashtirish natijalarini bank faoliyatining o'tgan yilgi natijalari, o’z mablaglari va shu kabilar bilan solishtirishdan iborat.
32
5. Riskni balli baholash usuli. Bu usul risk darajasi ko'rsatkichlarini ekspertli baholanuvchi qiymatlari bo'yicha hisoblanuvchi umumlashtiruvchi ko'rsatkich asosida riskni ekspertiza qilish usuli hisoblanadi. U quyidagi bosqichlardan iborat: operatsiyaninng risk darajasini aniqlovchi omillar ro’yxatini o'rnatish; har bir omilning namoyon bo'lish sohasidagi ta'sir va riskni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tarkibini ishlab chiqish; har bir ko'rsatkichning omillar bo’yicha, omillarning esa risk darajasining umumlashgan bahosiga ta'sirini baholash; har bir ko'rsatkich bo’yicha baholar ustunini ishlab chiqish; riskni umumlashtiruvchi baholashning hisoblash uslubini shakllantirish. 6. Kredit risklarini ekspert baxolash usullari-ekspertlaring xulosalariga asoslangan, kredit risklarini prognozlash va tahlil qilish usullari to'plami hisoblanadi. Ulardan keng tarqalganlari qatoriga Delfi usuli, zanjirlash, juftlab taqqoslash, balli baholashlar usullarini kiritish mumkin. Ekspertlarning fikrlarini umumlashtiruvchi olingan
baholarning haqiqatga qanchalik yaqinligi fikrlashlarning malakaliligi, mustaqilligi, hamda ekspertizani amalga oshirishning uslubiy ta'minotiga bog'liq.
Kredit risklarini baholash bo'yicha xulosalarimiz shundan iboratki, jahon bank amaliyotida kengroq tarqalgan bir necha usullar, ya'ni Simulation Scenario, Monte Carlo, Delfi, Stress testing, Historical Simulation usuli shu bilan birga balli baholash usullari mavjud bo'lib, ularning har biri o'ziga hos xususiyatlarga ega ekan. Bu usullardan biri ma'lum bir stenariyga asoslansa, ikkinchisi statistik va matematik modellarga asoslangan, yana boshqasi zanjirli, juftlab taqqoslashni nazarda tutadi. Kredit risklarini baholashning bunday usullari O'zbekiston bank tizimi tajribasida qo'llanilmaydi. Bu usullarni bank amaliyotida qo'llanilishi risklarni baxolashda xilma-xillik bo'lishi va buning natijasida birining kamchiligi ikkinchi usul yordamida to'ldirilishi mumkin bo'ladi.
Yuqoridagi fikrlarimizni davom ettirgan holda, xorijda mijozning kreditga layoqatliligini baholashning quyidagi usullari mavjud: 33
1. Aqshda potensial qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholashda va kredit riskini minimal darajaga olib kelishda “5 C” yondashuvni qo’llashadi. 10
- customer character-mijozning obro’si; - capacity to pay-to’lovga qobilyatlik; - capital-kapital; - collateral-ta’minot; - current business conditions and goodwill – iqtisodiy holat va uning samaradorligi. 2. Buyuk Britaniyada esa “PARTS” yondashuvidan foydalanishadi. 11
- purpose-maqsad; - amount-miqdor; - repayment-asosiy qarz va foizlarni to’lovga qobilyatliligi; - term -muddat; - security-ta’minot. 3. Angliya kliring banklarida asosan, “PARSER” va “CAMPARI” kabi yondashuvlardan keng foydalaniladi. Chunki, bu yondashuvlarda mijozning to’lovga qobilyatliligi kengroq tahlil qilinadi. 12
- Person-mijoz obro’si; - amount-miqdor; - repayment-to’lovga qobillik; - security-ta’minot; - expediency-maqsadlilik; - remuneration-qarz berganlik uchun olinadigan daromad ya’ni foiz stavka. CAMPARI: - character-mijoz obro’si; - ability-qarz oluvchining biznesini baholash;
10 ,11,12 http://www.grandars.ru (iqtisodiyotga oid ma’lumotlar ensiklopediyasi) ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
34
- means-qarz olishga ehtiyojning tahlili; - purpose-maqsadi; - amount-miqdor; - repayment-to’lovga qobillik;insurance -ta’minot.
Albatta, bu kabi yondashuvlar bir-biriga mazmunan bog’liq deb aytishimiz mumkin va ularning mamlakatimizdagi kredit berish tamoyillariga o’xshash deb aytishimiz ham mumkin. Bu esa mamlakatimizda kredit riskini pasaytirishda xorij tajribalaridan foydalanilayotganining yorqin bir misoli deb aytamiz.
Yuqorida biz bank risklari ichida muhim kasb etuvchi kredit riski haqida barcha ma’lumotlarga ega bo’ldik. Xususan, kredit riskini aniqlash, baholash va boshqarish bo’yicha qo’llanilib kelinayotgan chora – tadbirlar bilan ham tanishib chiqdik. Quyida esa mamlakatimzda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari misolida kredit riskini boshqarish bo’yicha amaldagi holatini tahlilini ko’rsak. Mamlakatimizni rivojlanishida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish borasidagi chora tadbirlarni amalga oshirilishida, mamlakatimizdagi tijorat banklariga talablar yanada kuchaydi. 13
iqsitodiyotni rivojlanishi bilan hamnafas bo’lishi kerak. Albatta bunday ko’rsatkichga erishishda, tijorat banklarining har bir operatsiyasiga alohida e’tibor berish kerek. Shu jumladan, kredit operatsiyalar sifati ham muhim o’rinni
13 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi tog’risida”gi Farmoni 2017 yil 7-fevral. 35
egallaydi. Chunki kredit risklarini baholashni kredit operatsiyari sifatini tahlil qilmasdan amalga oshira olmaymiz. Mamlakatimizdagi kredit operatsiyalari sifati, ularning risklilik darajasiga baho berishda, tahlilni makro darajada amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shunga muvofiq, mamalakatimizdagi tijorat banklari faoliyatiga ko’ra, bank balansidagi aktivlar sifati va ularning risklilik darajasi bo’yicha guruhlarini, ularning dinamikasi bilan tanishsak.
Mamlakatimizdagi tijorat banklarining 2016 yil to’rtinchi chorak davridagi ma’lumotlarga ko’ra, tahlil qilingan banklarning umumiy aktivlarining risklilik darajasini ko’rsak va uni shu banklar misolida o’tgan yilgi ko’rsatkichlari bilan solishtirsak.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling