Bank hisobi va audit
-jadval Tijorat banklarining risklilik darajasi bo’yicha tortilgan aktivlarining
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval Mamlakatimiz tijorat banklari ajratgan kreditlar tasnifi 15 (2016- yil IV chorak)
- 3-rasm. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB aktivlari dinamikasi (01.01.2017y., mlrd. so’mda) 17
- 705,2 1113,2 1128,9 1073,1 1155,4
- 5-rasm. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB foydasi (01.01.2017y., mlrd. so’mda) 20
- 27,3 41,6 50,2 42,7 37
- 7-rasm. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB kapitali rentabellik ko’ratkichlari (01.01.2017y.,foizda) 22
- 8-rasm. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB aktivlardagi kreditlar salmog’i (01.01.2017y., foizda) 23
- 43,5 42,7 35,2 27,2 19,1
- 4-jadval 2016 yil yakuni bo’yicha “ASIA ALLIANCE BANK” ATB aktivlari tarkibi 24
- 5-jadval 2017 yil 4-aprel davriga kredit mijozlari tahlili 25
- 6-jadval ”ASIA ALLIANCE BANK” ATB Shayhontoxur filiali ajratilgan kreditlar bo’yicha mijozlar klassifikatsiyasi 26
- 7-jadval 2017 yil 4-aprel davriga kredit ta’minoti tahlili (ming so’mda) 27
- 2.3. Kredit riskini boshqarishda tijorat banklari kredit portfeli diversifikatsiya darajasi tahlili
- 8-jadval 2017 yil 4-aprel davriga iqtisodiyot sektori bo’yicha kredit portfeli ko’rsatkichlari (ming so’mda) 28
2-jadval Tijorat banklarining risklilik darajasi bo’yicha tortilgan aktivlarining dinamikasi 14 Aktivlarning risklilik darajasi bo'yicha turlari 2015 yil IV chorak 2016 yil IV chorak I guruh (risk darajasi 20%) 5,54% 7,04%
II guruh (risk darajasi 50%) 5,74%
6,16% III guruh (risk darajasi 100%) 74,31% 73,33%
IV guruh (risk darajasi 150%) 2,39%
2,77% Summasi (mlrd. so'm) 37720 46490
Yuqoridagi jadval ma’umotlari shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizdagi tijorat banklarining riskga tortilgan aktivlari 2016 yil davomida, 2015 yilga nisbatan, 37,7 trln. so’mdan 46,5 trln. so’mga ortgan ya’ni 23,25 foiz ko’pdir.
Shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizdagi tijorat banklari riskli aktiv operatsiyalarini oshirganini ko’rishimiz mumkin. Risk darajasi 100 foiz bo’lgan aktivlar guruhiga biz bilamizki, kredit operatsiyalari ham to’gri keladi, lekin
14 Ahbor-Reyting” reyting agentligining bank sektori bo’yicha analitik hisobot materiallari.-Toshkent. 2017 yil 1- fevral.
36
yuqoridagi ma’lumotlar risk darajasi 100 foiz bo’lgan aktivlar salmog’i kamayganini ko’rsatmoqda. Bu esa albatta kredit risklarini pasayganidan dalolat beradi.
Shu bilan cheklanib qolmagan holda, quyida kreditlarning sifati bo’yicha tanishib chiqsak.
Kredit tasnifi Ulushi (fozida) Umumiy kreditlar, shulardan, 100,00 Ajratilgan kreditlarning sifati standart deb topilganlari 87,36
Ajratilgan kreditlarning sifati substandart deb topilganlari 12,00 Ajratilgan kreditlarning sifati qoniqarsiz deb topilganlari 0,35
Ajratilgan kreditlarning sifati shubhali deb topilganlari 0,20 Ajratilgan kreditlarning sifati umidsiz deb topilganlari 0,09
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, tadqiqot subyektiga kirgan tijorat banklari tomonidan 2016 yil davomida ajratgan kreditlarining sifati bo’yicha tahlilini ko’ramiz. Unga ko’ra, tijorat banklari tomonidan ajratgan kreditlarning 87,36 foizi standart kreditlar sifatiga to’gri keladi, bu albatta ijobiy holatdir. Sifati substandard deb topilgan kreditlar ulushi 12,00 foizni tashkil etgan. Muamoli kreditlar salmo’gi umumiy hisobda 0,64 foizni tashkil etgan. Bu esa mamlakatimiz tijorat banklari kredit operatsiyalarining sifati haqida ijobiy baho berishga asos bo’la oladi. Tahlilimizni mamlakatimiz iqtisodiyotida alohida o’rin egallagan tijorat banki ya’ni “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Shayhontoxur filiali misolida boshlasak.
15 Ahbor-Reyting” reyting agentligining bank sektori bo’yicha analitik hisobot materiallari.-Toshkent. 2017 yil 1- fevral.
37
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB O‘zbekiston Respublikasida 2009 yildan buyon o’z faoliyatini amalga oshirib kelayotganiga qaramasdan, mamlakatimiz bank tizimida nufuzli o’rini egallaydi. Bank o’z faolyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotganini ko’rishimiz mumkin. Bank o’zining boshqa banklardan ajalib turadigan siyosatiga egadir. Hozirda bank, 7 ta filial va 10 ta minibank orqali o’z xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Qo’shimcha qilib, “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 2017-2020 yillar davri uchun o’rtacha muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlagan. Bank strategiyasi bank faoliyati, Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq bankning o’rtacha muddatli istiqboldagi maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Shuni aytishimiz mumkinki, bank o’zining moliyaviy barqarorligini oshirish, raqobatbardoshligini ta’minlash, bank likvidliligini va to’lovga qobilyatligini yaxshilash maqsadida o’zining strategik vazifalarini belgilab qo’ygan. Bu bilan bank risklarini kamaytirish choralarini ham chetlab o’tmaganini ko’rishimiz mumkin.
16
3-rasm. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB aktivlari dinamikasi (01.01.2017y., mlrd. so’mda) 17
Bank aktivlari umumiy olganda ohirgi 5 yil davomida 705,2 mlrd. so’mdan 1 155,4mlrd. so’mga oshganini ya’ni bank aktivlari o’sish sur’ati 1,5 barobardan yuqoriligini ko’rishimiz mumkin. Lekin, 2015 yilda, bank aktivlari 55,8 mlrd.
16 http://www.aab.uz web sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 17 “ASIA ALLIANCE BANK” ATB 2012-2016 yillar moliyaviy hisobotlari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
0 500 1000 1500
2012 2013
2014 2015
2016 38
so’mga kamayganini ko’rishimiz mumkin, buning sababi sifatida, 2015 yilda 2014 yilga nisbatan aktiv moddalar ichidagi “Boshqa banklardagi vositalar” moddasining 224,7 mlrd. so’mdan 117,8 mlrd. so’mga kamayganini ko’rishimiz mumkin. Lekin bu davrda aktivlarning boshqa moddalari yuqori o’sish sur’atlarini namoyon qilgan. 18
(01.01.2017y.,mlrd. so’mda) 19 Bank kapitali esa ohirgi 5 yil davomida 3 barobar ko’payganini ko’rishimiz mumkin ya’ni ijobiy 131,4 mlrd. so’mga oshgan. Bu esa biz yuqorida ta’kidlab o’tgan bankning moliyaviy holatini barqarorligini ta’minlash maqsadidagi yaqqol isboti sifatida ko’rishimiz mumkin. Xususan, bank uchun “yirik tavakkalchilik” darajasining maksimal miqdori yillar sayin ko’payotganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa bankning yirik hajmda kredit operatsiyalarini amalga oshirishni, kredit potensialini yuqorilashtiradi.
18 “ASIA ALLIANCE BANK” ATB 31 dekabr 2015 yil moliyaviy hisobtlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 19 ,20 “ASIA ALLIANCE BANK” ATB 2012-2016 yillar moliyaviy hisobotlari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 62 96,1 142,8 154,6 193,4 0 50 100 150
200 250
2012 2013
2014 2015
2016 27,3 41,6 50,2 42,7 37 0 10 20 30
40 50
60 2012
2013 2014
2015 2016
39
Bank foydasi dinamikasi esa yuqoridagi davr uchun ham umumiy olganda ijobiy ko’rsatkichga ega bo’lib, 27,3 mlrd. so’mdan 37 mlrd. so’mga oshgan. Lekin yuqorida aktivlar o’sish sur’ati 2015 yilda kamayganidek, bank foydasi ham 2015 yildan kamayish sur’atlarini ko’rsatgan. Buning asosiy sababi shundaki, 2015 yilda 2014 yilga nisbatan, xorijiy valutadagi operatsiyalardan ko’radigan daromadning 39,5 mlrd. so’mdan 10,2 mlrd. so’mga tushib qolganligi, bu esa o’z navbatida, komission daromadni 68,7 mlrd. so’mdan 56,7 mlrd. so’mga tushishiga, olib keldi. Buning natijasida sof foizsiz daromad 92,0 mlrd. so’mdan 55,9 mlrd. so’mga tushishiga sabab bo’ldi. Yana, operatsion xarajatlarning 36,8 mlrd. so’mdan 48,6 mlrd. so’mga oshishi natijada, sof foyda bu davr uchun 7,5 mlrd. so’mga ya’ni 50,2 mlrd. so’mdan 42,7 mlrd. so’mga tushishiga sabab bo’ldi. 2016 yilda 2015 yil kabi sof foizli daromad yuqori o’sish sur’atlarni namayon qilgan. Lekin, avvalgi yil natijalari kabi 2016 yilda xorijiy valutadagi operatsiyalardan ko’radigan daromadning 10,2 mlrd. so’mdan 4,6 mlrd. so’mga tushib qolganligi, bu esa o’z navbatida, komission daromadni 56,7 mlrd. so’mdan 55,4 mlrd. so’mga tushishiga, komission xarajatlar esa 16,0 mlrd. so’mdan 23,4 mlrd. so’mga oshishiga olib keldi. Bu esa o’z navbatida sof foizsiz daromadni 52,4 mlrd. so’mdan dan 42,4 mlrd. so’mga tushishiga sabab bo’ldi. Operatsion xarajatlar esa 45,2 dan 54,3 ga oshishi, bankning sof foydasini 42,7 mlrd. so’mdan 37,0 mlrd. so’mga tushishiga sabab bo’ldi.
21,
“ASIA ALLIANCE BANK” ATB 2012-2016 yil moliyaviy hisobotlari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 3,8 3,7 4,4 3,9 3,2 0 2 4 6 2012 2013 2014
2015 2016
40
Bank aktivlari rentabelligi ko’rsatkichlari dinamikasi sezilarli o’zagarishlarga ega. 2012 yil foydaning aktivlardagi ulushi 3,8 foizni (1 so’mlik aktiv 3,8 tiyin foyda keltirgan) tashkil etgan bo’lib, 2016 yil esa 3,2 foizga (1 so’mlik aktiv 3,2 tiyin foyda keltirgan) tushgan. Buning asosiy sababi bank foydasining kamayuvchi tendensiyada ketishidir.
(01.01.2017y.,foizda) 22 Bank kaptitali rentabelligi ko’rsatkichlari dinamikasi ham aktivlar rentabellik ko’rsatkichlari kabi pasayish sur’atida, buning sababi ham bankning foydasining keskin kamayishidir.
22,23 “ASIA ALLIANCE BANK” ATB 2012-2016 yil moliyaviy hisobotlari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
0 5 10 15
20 25
30 35
40 45
50 2012
2013 2014
2015 2016
0 10
20 30
40 50
60 70
2015 - yil 2016 - yil Qolgan aktivlar Kreditlar 41
Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan shuni aytishimiz mumkinki, kreditlarning umumiy aktivdagi ulushi 2016 yil salkam 60 foizni tashkil etgan. Bu esa o’tgan yilga nisbatan 20 foizga oshkanini ko’rishimiz mumkin. Bu esa o’z navbatida, kredit operatsiyalari asosiy daromad manbayi deb aytishimiz mumkin. Chunki, shu narsa ma'lumki, asosiy daromad keltiruvchi operatsiya aktiv operatsiyalar hisoblanadi. Shu bois, kredit operatsiyalar sifatiga alohida e'tibor berish zarur. Bu esa o'z navbatida kredit risklarini samarali boshqarishni taqazo etadi. 4-jadval 2016 yil yakuni bo’yicha “ASIA ALLIANCE BANK” ATB aktivlari tarkibi 24 Aktivlar guruhi Summasi (mlrd. so’mda) Ulushi (foizda) Pul mablag’lari va unga tenglashtirilgan ekvivalentlar 240,3 20,80
Boshqa bankdagi mablag’lar 119,4
10,33 Ajratilgan kreditlar 679,5 58,83
Moliyaviy ijara bo’yicha debitorlik qarzlari 54,9
4,75 Foyda solig’i bo’yicha avanslar 1 0,08
Qoldirilgan soliqli aktiv 0,2
0,01 Kapital qurilish 8,5 0,73
Asosiy vositalar 31,5
2,72 Nomoddiy aktivlar 1 0,08
Boshqa aktivlar 18,7
1,67 JAMI
1155 100
24 “ASIA ALLIANCE BANK” ATB 2016 yil moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 42
Yuqorida aktivlarning tarkibiy jihatidan chuqurroq ko’rishimiz mumkin. Bu ma’lumotlar ham yuqoridagi xulosalarni isbotlab beryapti, ya’ni 2016 yil uchun aktivlardagi kreditlar 679,5 mlrd. so’mni tashkil qigan. Aktivlarning eng ko’p salmog’ini kredit operatsiyalar tashkil etyapti.
Keling endi bevosita Shayhontoxur filiali kredit operatsiyalari ko'rsatkichlari bilan tanishsak. ”ASIA ALLIANCE” ATB Shayhontuxur filiali kredit operatsiyalariga baho berishda uning kredit portfeli sifati jihatidan tahlil qilishimiz maqsadga muvofiq deb aytishimiz mumkin. 5-jadval 2017 yil 4-aprel davriga kredit mijozlari tahlili 25 Mijozlarning klassifikatsiyasi Soni Ulushi(fozida) Umumiy mijozlar, shulardan, 175
100 Ajratilgan kreditlarning sifati standart deb topilganlari 135
77 Ajratilgan kreditlarning sifati substandart deb topilganlari 40
23 Ajratilgan kreditlarning sifati qoniqarsiz deb topilganlari 0 0 Ajratilgan kreditlarning sifati shubhali deb topilganlari 0 0
topilganlari 0 0 Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni ko’rishimiz mumkinki, umumiy mijozlarda muomoli kredit sifatiga to’g’ri keluvchi kreditlar yo’qdir. Ya’ni mijozlarning 40 nafari (23 fozi) substandart sinfda, qolgan 135 nafari (77 foizi)
25
”ASIA ALLIANCE BANK” ATB Shayhontuxur filiali ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyotlandi. 43
standart sinfga to’g’ri keladi. Xulosa qilib, bankning umumiy kredit portfelidagi kreditlarning sifati yuqori darajadadir. 6-jadval ”ASIA ALLIANCE BANK” ATB Shayhontoxur filiali ajratilgan kreditlar bo’yicha mijozlar klassifikatsiyasi 26 (2017 yil 4-aprel)
Mijozlarning klassifikatsiyasi Summasi mlrd. so'mda Ulushi(fozida) Umumiy mijozlar, shulardan, 164,5
100 Ajratilgan kreditlarning sifati standart deb topilganlari 114,7
70 Ajratilgan kreditlarning sifati substandart deb topilganlari 49,8
30 Ajratilgan kreditlarning sifati qoniqarsiz deb topilganlari 0 0 Ajratilgan kreditlarning sifati shubhali deb topilganlari 0 0
deb topilganlari 0 0 Yuqoridagi jadval ma’lumotlari 5-jadval ma’lumotlari bilan muttanosib ko’rinishdadir. Standart sifatiga kiruvchi kreditlarning miqdori 114,7 mlrd. so’mni (70foiz) ko’rsatmoqda, substandart kreditlar esa 49,8 mlrd. so’mni (30 foiz) tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin. Bu jadval ma’lumotlari ham aktivlarning sifatli sinf guruhiga mansubligini ko’rsatadi. Albatta, kredit berilayotganda ta’minotsiz kreditlarni respublikamiz hududida kamdan-kam uchratamiz. Chunki kreditning asosiy tamoyili bo’lmish ta’minot kredit operatsiyasini amalga oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Shuni inobatga olgan holda, ta’minot turlarini tahlilisiz biz kredit qaytmasligiga aniq baho bera olmaymiz. Ikkilamchi manba bo’lib xizmat qiladigan bu obyektning likvidlilik darajasi bankni juda qiziqtiradi. ”ASIA ALIANCE BANK” ATB ni kredit ta’minoti bo’yicha ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.
26 ”ASIA ALLIANCE BANK” ATB Shayhontuxur filiali ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyotlandi. 44
2017 yil 4-aprel davriga kredit ta’minoti tahlili (ming so’mda) 27 № Ta'minot turi Ta'minot summasi Ulushi (foizda) 1 Depozitlar 205713,37 0,10
2 Transport vositalar 4196552,75 2,04
3 Ko'chmas mulk 201311103,88 97,86
Jami
205713370,00 100,00 Yuqoridagi ma’lumotlar bankning kredit berishdagi garov sifatida qabul qilib olgan ta’minotlarning strukturasini ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, ta’minotning katta qismini “Ko’chmas mulk” tashkil qiladi. Ularning ulushi 98 foizni miqdoran 205,7 mlrd. so’mni tashkil qiladi. Ko’chmas mulkning likvidlik darajasi ko’char mulkga nisbatan past bo’lsada, lekin uning but saqlanish extimolligi juda kattadir. “Transport vositalar” turidagi ta’minot esa, jami ta’minotlar ichida 2,04 foizni egallab turibdi. Bu esa mijozlarning transport vositalari ko’rinishidagi ta’minotni juda kam miqdorda banklarga garov sifatida taqdim etayotganini ko’ramiz.
Yuqorida biz “ASIA ALLIANCE BANK ” ATB Shayhontoxur filialining kredit portfelidagi aktivlar sifati bilan tanishdik. Kreditlar sifati kredit riskiga haqiqatdan ham katta ta’sir etishini o’rgandik. Lekin shuni o’zini tahlil qilishdan cheklanib qolishimiz noto’g’ri albatta. Shu boisdan, quyida biz kredit portfelining diversifikatsiya darajasini tahlilini amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb bildik.
27 ”ASIA ALLIANCE BANK” ATB Shayhontuxur filiali ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyotlandi. 45
2017 yil 4-aprel davriga iqtisodiyot sektori bo’yicha kredit portfeli ko’rsatkichlari (ming so’mda) 28 № Iqtisodiyot sohasi Ajratilgan kreditlar Ulushi (foizda)
Brutto kredit portfeli, ulardan
1 Sanoat 32947053,80 20,02 2
1481136,26 0,9
3 Transport va aloqa 10088183,66 6,13
4 Qurilish 1612792,82 0,98
5 Savdo va umumiy ovqatlanish 67260043,46 40,87
6 Komunal xizmatlar 131656,00 0,08
7 Boshqa sektor 51049830,00 31,02
Jami brutto kredit portfeli 164570696,00 100
Ajratilgan rezervlar, ulardan
Sanoat 334654,51 5,81 2
61055,73 1,06
3 Transport va aloqa 409534,18 7,11
4 Qurilish 66239,71 1,15
5 Savdo va umumiy ovqatlanish 2742899,79 47,62
6 Komunal xizmatlar 5183,98 0,09
7 Boshqa sektor 2140406,47 37,16
Jami ajratilgan rezervlar 5759974,36 100
Netto kredit portfeli
3,50% Yuqoridagi jadvalda biz bank tomonidan iqtisodiyot sohalari bo’yicha ajratilgan kreditlarni ulushini ko’rishimiz mumkin. Jadval ma’lumotlaridan, kredit
28 ”ASIA ALLIANCE BANK” ATB Shayhontuxur filiali ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyotlandi. 46
portfelining deversifikatsiya darajasi yuqori emasligini ko’rishimiz mumkin. Chunki, kreditlarning ko’p qismi 2 ta tarmoq sohasida taqsimlanib qolgan. ”Savdo va umumiy ovqatlanish” sohasida 40,87 foiz ya’ni 67,2 mlrd. so’mni , ”Sanoat” sohasida esa 20,02 foiz ya’ni 32,9 mlrd. so’mni ko’rsatkichga egadir. Bu esa bankning shu ikkita sohaga bo’gliq ekanligini ko’rishimiz mumkin. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga mos ”Boshqa sektor”ga to’g’ri keluvchi kreditlar ulushi esa 31,02 foiz ya’ni 51,0 mlrd. so’mni tashkil etgan. Yuqoridagi sohalarning rivojlanish yoki rivojlanmasligi kreditning o’z vaqtida qaytmasligiga, bu esa o’z navbatida kredit riskini oshishiga olib keladi. Ajratilgan rezervlar salmog’idan shuni ko’rishimiz mumkinki, ”Savdo va ovqatlanish” sohasiga ajratilgan rezerv ulushi qariyib 47,62 foizni tashkil etgan. ”Boshqa sektor”ga to’g’ri keluvchi rezerv ulushi esa 37,16 foizni tashkil etadi.Yuqoridagi sektorlarga ajratilgan rezervlar salmog’i, shu sohalarga jaratilgan kreditlar salmog’i bilan muttanosib ravishda. Lekin, ” Sanoat” sohasiga ajratilgan rezervlar 5,81 foizni tashkil etadi. Bu sohaga ajratilgan kreditlar salmog’i esa sezilarli ko’pdir ya’ni 20,02 foizdir. Xulosa qilib, sanoat sohasiga ajratilgan kreditlar sifatini biz boshqalarga nisbatan yuqori deb aytishimiz mumkin. Boshqa sektor sohasiga ajratilgan rezervlar salmog’i 37,16 foizni tashkil etgan. Bu ham albatta sezilarli darajada yuqoridir. Bu sohaga ajratilgan kreditlar sifati boshqa sohaga ajratilgan kreditlarga qaraganda yuqori darajada emasligini ko’rishimiz mumkin. E’tibor bersak, umumiy kreditlar ichida rezervlar ulushi 5 foizdan oshmasligi lozim. Bu bankning kredit siyosatida aks ettirilgan asosiy talablardan biri hisoblanadi va uning bank kredit risklani boshqarishda muhim ko’rsatkich ekanligini aytishimiz mumkin. Bankning bu ko’rsatkichi 3,5 foizni belgilab turibdi. Shu sababli, bankning kreditlar sifatini umumiy olganda yuqori darajada baholasak bo’ladi. Bu esa bankda kredit riskini boshqarishda samarali natijalarga erishilganini ko’ramiz.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling