Bank hisobi va audit
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Riskning daromad bilan muttanosibligi 4
- 1.2. Kredit riskini boshqarish va uning huquqiy asoslari
- 1-jadval Aktivlar sifati bo’yicha tasniflanishi 6
1-rasm. Riskning portfelga kiruvchi aktivlarning miqdoriga nisbatan bog’liqligi 3 Riskni diversifikatsiya qilish orqali uni pasaytirishda, portfeldagi aktivlarning turli-tumanligidan tashqari ularning ulushiga ham bog’liqdir.
3 Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек – 2003, 68 стр. 14
Shuni aytish kerakki, istalgan riskni ham diversifikatsiya orqali kamaytirib bo’lmaydi. Masalan, iqtisodiy inqiroz barcha korxonalarga birdek ta’sir qiladi. Oldini olib bo’lmaydigan risk sistematik risk deb ataladi. Aksincha, oldini olish mumkin bo’lgan risk esa nosistematik risk deb ataladi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko’pgina insonlar riskga borishga tayyorlar. Agar ularga buning evaziga yetarli miqdorda kompensatsiya oladigan bo’lishsa albatta. Mantiqan, qanchalik risk baland bo’lsa, unga yarasha kompensatsiya ham shunchalik yuqori talab etiladi.
Masalan, qimmatli qo’gozlarga bo’lgan risk qanchalik yuqori bo’lsa, investorlar undan shunchalik yuqori daromad talab qilishadi. Uning grafigini quyidagicha tasvirlash mumkin.
4
Sistematik risk bilan qimmatli qog’ozning daromadlik darajasi orasidagi bog’liqlikni ko’rsatuvchi chiziq qimmatli qog’ozning bozor chizig’i deb ataladi. Bu chiziqning og’ish burchagi qanchalik katta bo’lsa qimmatli qog’ozning risklilik darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. E’tibor beringki, biz faqat qimmatli qog’ozlarning talab qilinadigan daromadligi bilan sistematik risk bilan taqqosladik, bunda bizlar investorning portfeli ideal diversifikatsiya qilingan deb olganmiz.
4 Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие, Бишкек – 2003, 69 стр. 15
Yuqorida biz riskga umumiy ta’rif berib, uning mazmun mohiyatini, turlarini, boshqarish metodlari, daromadlik bilan muttanosibligini va uni kamaytirishning yo’llari bilan qisqacha tanishib chiqdik. Endilikda, mavzuimiz bilan bevosita bog’liq bo’lgan bank risklari, aniqrog’i kredit risklani bilan tanishamiz.
Hozirda, Bazel II standartlariga ko’ra bank risklarini quyidagi yirik guruhlarga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Bevosita bank risklari: 1. Kredit riski. 2. Bozor (foiz, valuta va boshqalar) riski. 3. Operatsion risk. 4. Likvidlik riski. Umumiy risklar: 1. Tarmoqli risklar. 2. Mamlakat yoki hudud riski. Kredit riskiga ta’rif beradigan bo’lsak, kredit riski bu – bank kreditlarining o‘z vaqtida qaytmasligi hamda ularga hisoblangan foizlarni to‘lashda yuzaga keladigan muammolarning yuzaga kelishi deb aytishimiz mumkin. Kredit riski likvidlik riski bilan bevosita bog’liqdir. Kredit portfelining muddati bo’yicha qay darajada shakllantirilganligi, passivlarning strukturasining qay holatda ekanligidan, biz bankning aktivlari va uning majburiyatlarininng qay darajada balanslashganligiga baho berishimiz mumkin. Bu esa bankning likvidlik darajasi bilan bog’liqligini aytishimiz mumkin. Bozor riski deganda, iqtisodiyotdagi 4 ta yirik bozorlardagi (qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar bozori, aksiyalar bozori, tovar va valuta bozori) narxlarning o’zgarishidan kelib chiqadigan riskni nazarda tutushimiz mumkin. Operatsion risk ichki tizimdagi muamolardan kelib chiqadigan xatoliklardan yuzaga keladigan, hodimlarning xatti-harakatidan yuzaga keladigan yoki firibgarlik, tashqi omillar natijasida yuzaga keladigan risklar tushuniladi. 16
Bank faoliyatini risksiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Albatta risk har qanday iqtisodiy faoliyatda yuzaga keladi. Lekin faoliyat xususiyatidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bank faoliyati uchun ham risk albatta mavjud deb aytishimiz mumkin bo’ladi. Shu tufayli, bu yerda gap bank faoliyatida riskdan umuman qochish to‘g‘risida emas, balki uni oldindan ko‘ra bilish va minimal darajaga tushirish haqida gap boradi. Riskni boshqarish aksariyat hollarda bankning o‘z mablag‘larining bir qismini yo‘qotish “xavfi”, daromad ololmay qolish yoki moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lsada, jarayonni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo‘yadi. Yuqoridagi fikrlar asosi sifatida mamlakatimizda bank risklarini, xususan, kredit risklarini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar bilan tanishib chiqsak. Mamlakatimiz kredit risklarini boshqarish jarayonlarini yaqqol o’zida mujassam etuvchi bir nechta normativ hujjatlar mazmun – mohiyatini tahlil qilsak. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26-noyabrdagi 1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra, respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o’zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta’minlash zarurligi keltirib o’tilgan. 5
xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini ko’paytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish yo’lga qo’yilishi nazarda tutilgan.
5
http://www.lex.uz
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi). 17
Shu bilan bir qatorda, xolisona baholash imkonini beradigan tijorat banklari va butun moliya-bank tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish, moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish, tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar bo’yicha muammoli qarzlarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik borasida oldini olish choralarini ko’rish yo’li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o’sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi aytib o’tilgan. Yuqoridagi qarorning bajarilishida, tijorat banklarining iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy jihatdan mustahkamligini yanada oshirilishini, ularning moliyaviy barqarorligini, raqobatbardoshligini iqtisodiyotning rivojlanayotgan sharoitida ta’minlab berishi bejiz emas. Albatta yuqoridagi iqtisodiy ko’rsatkichlarning a’lo darajada bo’lishi bank tizimining samarali ekanligini, bu esa o’z navbatida bank risklarini boshqarishda yuqori o’rin egallaydi. Bu bilan cheklanib qolmagan holda, mamlakatimizda bir qancha normativ – huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Yuqoridagi qarorga asoslanib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi 2011 yil 25-maydagi 2229–sonli “Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g’risida”gi Nizomni ishlab chiqadi. Nizomning mazmun mohiyati bilan tanishadigan bo’lsak. U yerda, tijorat banklarida vujudga kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarning har bir turi bo’yicha ta’riflar, bank tavakkalchiligini boshqarishdan asosiy maqsad va unga qo’yiladigan talablar aks ettirilgan. Bank tavakkalchiligi-bank faoliyatiga ta'sir qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, siyosiy, texnologik ichki va (yoki) tashqi omillarga bog'liq bo'lgan
18
holatlar natijasida bank faoliyatiga xos bo'lgan moliyaviy zararlar ko'rish va (yoki) bank likvidligi (bank o'z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to'liq yoki qisman yo'qotish xavfining mavjudligi deb aytib o’tilgan. Kredit tavakkalchiligi-qarzdorning shartnomada belgilangan shartlar bo'yicha bank oldidagi o'z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to'liq bajara olmasligi natijasida bankda yuzaga keladigan moliyaviy yo'qotish bilan bog'liq tavakkalchilik. Bank tavakkalchiliklarini boshqarish-bank o'z faoliyatini yuritishi va bank operatsiyalarini o'tkazishida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan tavakkalchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish, bartaraf etish, kamaytirish va ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni boshqa moliyaviy vositalar orqali qoplash bo'yicha bank tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. Bank faoliyatidagi tavakkalchiliklarni boshqarishning asosiy maqsadi bu - bank omonatchilari va kreditorlari, aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish, bank tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish va bank faoliyatining yetarli darajadagi barqarorligini ta'minlash hisoblanadi. Yuqoridagi nizomda, risk bilan bog’liq barcha ma’lumotlar; ularni aniqlash, boshqarish va kamaytirish bo’yicha barcha ko’rsatmalar aks ettirilganini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6-maydagi 2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori ham tijorat banklarining moliyaviy holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlari qatoriga kiritishimiz mumkin. Bu esa albatta uning umimiy bank risklariga bevosita ta’sirini ko’rishimiz mumkin. Qaror bilan yaqindan tanishadigan bo’lsak, unda quyidagilar keltirib o’tilgan. Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag'batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me'yor va standartlarga muvofiq bank
19
faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O'zbekiston Banklar uyushmasi va mamlakatning tijorat banklari bilan birgalikda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlariga ko’ra, xalqaro me'yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo'yilayotgan me'yoriy talablarni yanada takomillashtirish hisoblanadi. Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo'yiladigan me'yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko'rsatkichi bo'yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalar (Bazel-III standartlari) ishlab chiqilganligini va uni mamlakatimiz tijorat banklari ma’lumot sifatida bilib olishlarini tavsiya qildi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, yuqorida ko'rsatilgan bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining standart va tavsiyalarini (Bazel - III standartlari) 2015-2019 yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini ta'minlashi kerak bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6-maydagi 2344-sonli ”Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Tijorat banklari aktivlari sifatini tasniflash bo’yicha, kapital yetarliligiga qo’yilgan talablar bo’yicha va likvidlikni boshqarishga qo’yilgan talablar bo’yicha bir nechta Nizomlar ishlab chiqdi.
Bu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 14- iyuldagi 2696-sonli "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risida"gi Nizomini alohida ta'kidlab o'tishimiz mumkin. Bu nizom tijorat banklarining barcha aktiv operatsiyalari, xususan, bizning mavzuimizga to'g'ridan to'g'ri bog'liq bo'lgan, kredit operatsiyalari bo'yicha 20
aktivlarning sifati bo'yicha tasniflanishini ko'rishimiz mumkin. Bu qarorda, tijorat banklari kredit risklarini bevosita oldini olib, ularni boshqarish bo'yicha chora – tadbirlarini amalga oshiradi. Nizomga ko’ra, aktivlar sifati bo’yicha bir nechta guruhlarga ajratiladi. Tijorat banklarning aktivlari sifatiga ko’ra ”standart”, ”substandart”, ”qoniqarsiz”, ”shubhali”, ”umidsiz” toifalarga tasniflanadi. 1-jadval Aktivlar sifati bo’yicha tasniflanishi 6 Aktivning sifati bo'yicha turlari Zaxira normasi (foizda) Standart 1 Substandart 10 Qoniqarsiz 25 Shubhali 50 Umidsiz
100 Yuqoridagi jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, kredit risklarini oldini olishda, riskni qabul qilish usulidan foydalanilgandir va har bir aktivning sifati bo’yicha maxsus zaxiralar tashkil qilinishini ko’ramiz. Qoniqarsiz, shubhali va umidsiz deb topilgan aktivlarning bankning muamoli aktivlar guruhiga kiritiladi. Bunday aktivlarning minimal darajada mavjudligini ta’minlash bank daromadliligini, likvidligini va moliyaviy barqarorligini ta’minlashda ko’mak bo’ladi. Bu esa o’z navbatida bank aktiv operatsiyalardan ko’riladigan risklarni boshqarishning samarali yo’li deb aytishimiz mumkin bo’ladi. Bu zaxiralarning manbasi tijorat banklarining daromadlari hisoblanadi. Mazkur tashkil qilingan zaxiralar bank faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, zaxiralar tashkil qilingan davrdan xarajatlar inobatga olinishi zarur hisoblanadi. Bunday aktivlarning sifati bo’yicha tasniflashdan maqsad berilgan kreditlarning qay darajada sifatliligini, kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishini monitoring qilish, kredit riskini inobatga olgan holda ular bo’yicha to’gri miqdorda zaxiralar tashkil
6 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2696-sonli ”Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risida"gi Nizomga ko’ra, muallif tomonidan tuzildi. 21
qilinishini ta’minlash. Balansda aktivlarninng summasi bo’yicha to’gri ma’lumot aks ettirilishi, bank likvidliligi va uning moliyaviy barqarorligini oshirish va boshqarish bo’yicha chora -tadbirlarni ishlab chiqish va uni qo’llash hisoblanadi. Albatta, kreditning qay darajada sifatliligi uning risklilik darajasiga to’gri bog’lanadi. Ajratilgan kreditlar qay darajda sifatli bo’lsa, uning risklilik darajasini shunchalik past deb baholashimiz mumkin. Shu jumladan, tijorat banklari taqdim etayotgan hisobotlar ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim. Hisobotlarning haqqoniy bo’lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalg’itishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz bo’lmagan, nosog’lom bank amaliyoti deb hisoblanadi. Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning 10 foizidan ortiq bo’lsa, Markaziy bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topishga hamda Tijorat banki Kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan o’rnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos bo’ladi. Lekin, daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning yetmish foizidan ortiq bo’lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo’shligini bildiruvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Kreditning qaytarilishida albatta qarzdor ham bir nechta mezonlarga javob berishi kerak. Masalan, qarzdorning moliyaviy holati, iqtisodiyotdagi tutgan o’rni, kredit tarixi, raqobatbardoshligi, kredit olishga qobilyati, kredit ta’minotining yomonlashuvi yoki uning likvidliligining o’zgarishi, agar u yuridik shaxs bo’lsa, rahbariyatning boshqarish qobilyatlarini inobatga olish kerak bo’ladi. Qarz oluvchi kreditni qaytarish qobilyati umuman yo’q deb topilgan paytda, berilgan kreditni undirib olish maqsadida bank mijoz tomonidan taqdim etilgan garovga qaratiladi. Albatta, amaliyotda kreditni qaytarib olishda bunday choraga borish bank uchun salbiy holat hisoblanadi. Ta’minot kredit to’lashning ikkilamchi manbai hisoblanadi. Ammo, kreditni qaytarishdagi eng ohirgi chora shu bo’lgani
22
sababli bank bunday ishni amalga oshirishga majbur bo’ladi. Shuning uchun, bank mijozning ta’minotiga juda katta e’tibor berishi kerak. Nizomga ko’ra ta’minot quyidagi talablarga javob berishi kerak. Ta’minotni tahlil qilishda tojorat banklari tomonidan uning likvidliligi e’tiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki ta’minotni sotishdan asosiy qarz va foiz summalarining qaytarilishini baholashi shart. Aktivlarning yuqori likvidli ta’minotiga, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati, tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlardagi milliy va xorijiy valuta shaklidagi garov, hukumatning qimmatli qog’ozlari shaklidagi garov, Markaziy bankning qimmatli qog’ozlari shaklidagi garov, qimmatbaho metallar shaklidagi oltin va kumush quymalari shaklidagi garov kiradi. Aktivlarning yuqori likvidli bo’lmagan ta’minotiga esa, ko’char mulk, shu jumladan yer uchastkasiga bo’lgan huquq, ko’char mol-mulk, xo’jalik jamiyatidagi ulushga bo’lgan huquq, yuridik va jismoniy shaxslarning kafolat va kafilliklari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 5-avgustdagi 2707- sonli "Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko'p miqdorlari to'g'risida"gi Nizom ham kredit risklariga bevosita bog'liqdir. Unga ko'ra, bankning bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor
qarz oluvchilar guruhiga to'g'ri
keluvchi ta'minlanmagan kredit,shuningdek, faktoring xizmatlari uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi zarur. Yirik tavakkalchiliklarning umumiy miqdori bank birinchi darajali kapitalining 8 barobaridan oshmasligi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 6-iyuldagi 2693- sonli "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi Nizom ham bevosita tijorat banklarining moliyaviy ahvoliga, bu esa kredit risklariga to'g'ridan - to'g'ri ta'sir qiladi.
23
Aktivning tavakkalchilik darajasi o'z zimmasiga majburiyatlarni qabul qilgan shaxs va garov yoki kafolat tavsifiga bog'liq. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktiv balans summasini unga tegishli tavakkalchilik miqdoriga ko'paytirish va tavakkalchilik bo'yicha aniqlangan aktivlar yig'indisi orqali topiladi. Tavakkalchilikdan xolis bo'lgan aktivlar ya’ni tavakkalchilik darajasi 0 foiz bo’lgan aktivlarga, bankda va uning filiallarida naqd pul ko'rinishida saqlanayotgan milliy va chet el valutasi jumladan, bank omborlarida yoki O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki omborlarida saqlanayotgan oltin quymalar, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi mablag'lar, O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankiga to'g'ridan-to'g'ri talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar, tavakkalchilik darajasi past bo'lgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga qo'yiladigan boshqa majburiyatlar, nomoddiy aktivlar kiradi.
Minimal tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar ya’ni tavakkalchilik darajasi 20 foiz bo’lgan aktivlar quyidagilarni o'z ichiga oladi. Mamlakatlar banklariga qo'yilgan barcha talablar, shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari, tavakkalchilik darajasi past bo'lgan mamlakatlarda ro'yxatga olingan banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar bilan ta'minlangan boshqa barcha aktivlar.
O'rtacha tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar ya’ni tavakkalchilik darajasi 50 foiz bo’lgan aktivlar, o'z ichiga jismoniy shaxslarga bir oilaga uy-joy sotib olish yoki qurish uchun berilgan va dastlabki garov sifatida sotib olinayotgan yoki qurilayotgan uy-joy bilan ta'minlangan kreditlarni oladi. Bunda kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati 60 foizdan oshmasligi kerak.
Yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar ya’ni tavakkalchilik darajasi 100 foiz bo’lgan aktivlar quyidagilarni o'z ichiga oladi. Bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, bankning asosiy vositalari va boshqa xususiy mulklari, 24
”o'stirmaslik” maqomi berilgan yoki restrukturizatsiya qilingan kreditlar, bank dastlabki garov huquqiga ega bo'lmagan kreditlar, tavakkalchilik darajasi past bo'lgan mamlakatlarning depozitar institutlarining kapitali bo'lgan qimmatli qog'ozlar, milliy valutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valutada moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar, boshqa barcha aktivlar.
O'ta yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar ya’ni tavakkalchilik darajasi 150 foiz bo’lgan aktivlar quyidagilarni o'z ichiga oladi. Sud jarayonidagi aktivlar va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan aktivlar, qarzini to'liq yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan ko'chmas mulk, ikki yildan ko'p bo'lgan muddatda foydalanilmayotgan bankning ko'chmas mulklari, shartlari qayta ko'rib chiqilgan yoki muddati bir marotabadan ortiq uzaytirilgan kreditlar. Tijorat banklarining kreditlash faoliyatini samarali tashkil etishda Markaziy bankining 2005 yil 2-martdagi 905-sonli "Tijorat banklari kredit siyosatiga qo’yiladigan talablar to’g’risida"gi Nizom muxim ahamiyat kasb etadi. Nizomga muvofik bankning kredit siyosati-kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar bilan ta’minlovchi xujjatdir. Ayni chog’da, kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi va aniqlab berishi shart hisoblanadi. Bu esa tijorat banklarida kredit operatsiyalarini samarali olib borishda ijobiy natijalarga erishga yordam beradi. 7
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling