Bank hisobi va audit
Kredit riskini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha chora –
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarida kredit riskini boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob bo’yicha xulosa
- XULOSA VA TAKLIFLAR
- 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
- 3. Darslik va o‘quv adabiyotlari
- 4. Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar)
- 5. Internet saytlari
3.2. Kredit riskini boshqarishni takomillashtirish bo’yicha chora – tadbirlar Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari kredit riskini boshqarishda, banklar tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati nihoyat yuqoriligini inobatga olgan
holda, ushbu
ajratilayotgan kreditlarning samaradorligini baholash va qaytishini ta'minlash tijorat banklari zimmasiga zarur vazifalarni yuklashga olib kelmoqda.
Ma'lumki, hozirgi sharoitda tijorat banki tomonidan berilgan asosiy qarz summasi va hisoblangan foizlarni o'z vaqtida qaytirishini kafolatlash uchun uzluksiz amaliyotni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunisi xarakterliki, kreditni sifat jihatidan butun kredit operatsiyasi vaqti mobaynida kamdan-kam hollarda o'zgarmasdan qoladi. Mijozning moliyaviy imkoniyatlari iqtisodiyotning holati, garov bahosi xilma-xil omillar ta'sirida doimiy ravishda o'zgarib turadi va tabiiyki, kreditning sifatiga ta'sir qiladi. Berilgan kreditlar ustidan amalga oshiriladigan nazorat jarayoni quyidagi ikki asosiy yo'nalishni o'z ichiga olishi kerak: 1. Operativ ma'lumot va ta'sir qiluvchi omillar ustidan nazorat qilish. 2. Kredit operatsiyalarini to'liq va mukammal tahlil qilish ustidan nazorat. Kreditlar ustidan joriy nazoratni amalga oshirishda ushbu operatsiyalar turli darajalarda ikkita holis mansabdor shaxs tomonidan tekshirilishi lozim. Avvalo, joriy nazorat jarayoni ushbu mijozni kreditlashni amalga oshirgan yoki ushbu kreditni ishini yuritish topshirilgan bank xodimi tomonidan amalga oshirilishi 59
lozim. Bundan tashqari, har bir kredit ishini ma'lum davriy oraliqlarda tahlil qilib borish, kredit operatsiyalarini amalga oshirib borish ustidan nazorat qilish topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bunday ikki pog'onali tizimda har ikkala pog'onaning to'liq mustaqilligini ta'minlash muhim ahamiyatga egadir va nazorat tizimidagi xodim kredit berish to'g'risidagi qarorda ishtirok etmagan bo'lishi lozim. Nazoratni ikkinchi yo'nalishi bo'lgan mukammal nazoratni amalga oshirishda faqat tavakkalchilik darajasi yuqori bo'lgan ma'lum operatsiyalarni to'liq tahlil qilish uchun tanlab olish imkonini beruvchi mexanizm ishlab chiqish lozim. Bank xodimi o'zi kredit ishi bevosita yuritayotganligi sababli mijoz bilan doimiy ravishda munosabatda bo'ladi. Bu esa, yangi ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi, u mijozning kredit shartnomasi shartlariga rioya qilayotganligi va to'lov layoqatliligini baholash uchun katta imkoniyatga ega bo'ladi. Ayni vaqtda nazorat jarayoni mijoz bilan bevosita aloqada bo'lmagan shaxs tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning asosiy sababi shundaki, birinchidan, nazorat va tahlilni amalga oshirishda bank xodimi o'zining baholash xususidagi qarashlariga asoslanadi va eng muhimi bu baho uning mijoz bilan o'zaro shaxsiy munosabatlarining subyektiv ta'siri ostida bo'lmasligi kerak. Bank xodimi mijoz bilan doimiy aloqada bo'lishi ular orasida shaxsiy munosabatlarni bo'lishiga qulay muhit yaratadi. Ikkinchidan, nazorat jarayoni bank xodimini to'g'ri kredit qarori qabul qilish imkoniyatini beradi. Xolis tahlil ssudani berish to'g'risidagi qarorni qabul qilishda, bank xodimining holatini obyektivligini kafolatlash uchun zarurdir. Alohida kreditlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda kredit portfeli sifatining ustidan umumiy nazorat o'rnatish lozimdir. Agar bank kredit berish xuquqiga ega bo'lgan bir nechta sho’balarga ega bo'lsa, unda kreditlar to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni yig'ib borish va ularni bosh ofisdan kredit boshqarmasiga takdim etish lozim. Umumlashtirilgan ma'lumotlar ushbu kredit boshqarmasi tomonidan tegishli boshqarmaga uzatiladi. Bosh ofisdagi kredit boshqarmasi olingan barcha ma'lumotlarni tahlil qilish va belgilangan limitlarga rioya qilinishini ta'minlashi shart, chunki kredit portfelini tahlil qilish umumiy
60
tendensiyalarni aniqlash imkonini beradi. Agarda salbiy tendensiyalar va normativlarning buzilishi aniqlansa, u holda bu buzilishlar tezda tahlil qilishini va kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Bunday chora-tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin: - shubhali ssudalar bo'yicha asosiy qarz summasi va foizlarni uzaytirilishi (prolongatsiya) o'rniga ularni undirish yuzasidan talabnoma taqdim qilish; - kredit limitlari buzilishi hollari mavjud bo'lgan keskin sohalarga, qo'shimcha kredit berishni keskin ta'qiqlashni joriy qilish; - kredit limitlarining o'sishini qayta ko'rib chiqish imkoniyatini muhokama qilish; - kredit foiz stavkasini o'zgartirish. Kredit portfelida yuzaga kelgan tavvakalchiliklarni tahlil qilish bilan birga, berilgan kreditlar ustidan nazoratni amalga oshirish kredit portfelining foydalilik darajasini, ya'ni kredit operatsiyalarning samaradorligini kuzatib borish ham zarurdir. Bank kredit
portfelida vujudga
kelgan risklarni boshqarish instrumentlarining kredit talabnomalarini va mijoz haqidagi axborotni sifatli o'rganib chiqish kredit jarayonini tashkil etish uchun samarali axborot tizimini va nazoratini joriy etish, kreditlashtirish jarayonidagi subyektiv kamchiliklarni oldini olishga imkon yaratadi. Bank faoliyatining asosiy maqsadi kreditlarning hajmini emas, balki operatsiyalar daromadliligini oshirishdir. Kreditlarni qoplash jarayonining qoniqarsiz tarzda olib borilishi, bank amalga oshirgan operatsiyalardan kutilgan pul tushumlarini ololmasligiga olib keladi. Respublikamiz tijorat banklarining kredit riskini
boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan quyidagi takliflar ishlab chiqildi: 1. Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlar hajmini ulardan jalb qilingan depozitlar hajmidan kam bo'lmasligiga erishish lozim. Jismoniy shaxslarni kreditlash hajmining oshirilishi mamlakatda ichki talabni rag'batlantiradi va xo'jalik subyektlarining realizatsiyasini jadallashtiradi. 61
Shu bilan birga kreditlarning milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlashdagi roli oshadi. 2. Shuningdek, qarzdorilikni boshqarishni asosiy muammosi bu bank kredit portfelini ichki auditor tomonidan tekshirilmasligi. Bizning fikrimizga ko'ra, bu nazoratni mustaqil ichki auditorlar bajarishi lozim. Nazorat bank kredit bo'limiga yoki qoidaga binoan har yilda bir marotaba bo'lishi kerak emas. Bunday auditorlar faqatgina bankning ichki nazorat boshqaruviga bo'ysinishi kerak. Tekshiruv natijasi maxsus hisobotda ko'rsatilishi va u faqatgina bank boshqaruvi kengashiga taqdim etilishi kerak. Shuningdek, auditorlar kredit portfelini baholash bilan birga unga tegishli ko'riladigan chora tadbirlarni ham taqdim qilishlari lozim. 3. KAMI ni rivojlantirish lozim, shu bilan birga xususiy kredit axboroti byurolarini tashkil etishni ta'minlash lozim. Chunki faoliyat yuritayotgan Kredit Axborot Milliy Instituti mijoz tarixi haqida to'liq axborot bera olmaydi, KAMIga banklarning o'zi axborot beradi, bu yetarli emas deb hisoblaymiz. Unda jismoniy shaxslarning kredit tarixi haqidagi ma'lumotlari deyarli yo'q. Mijoz tarixi haqida qanchalik ko'p axborot berilishi, kredit riskini kamaytirishga yordam beradi. Bu maqsadga erishish uchun xususiy kredit byurolarini ko'proq tashkil etilish, uarda sof raqobat muxiti yaratilishini ta'minlash lozim. 4. Kredit majburiyatlarini sug'urtalashni takomillashtirish lozim.
O'zbekistonda bank va sug'urta tashkilotlari amaliyotida ta'minotni, mulkni sug'urtalash amalga oshirilmoqda, lekin kredit risklarini sug'urta qilish xali yo'lga qo'yilgai yo'q. Kredit risklarni sug'urta qilishni yo'lga qo'yilishini ta'minlash lozim. 5. Kreditning ta'minlanganligiga e'tibor berish, kreditning ta’minlanganligi uchun yuqori likvidlilikka ega bo'lgan vositalarni qabul qilish va ularning qiymatini to'g'ri baholash lozim. Bank bo'limida garovga olinadigan mulklarni to'g'ri baholay oladigan, ularning bozordagi narxlarini o'zgarishini, o'zgarish tendentsiyalarini baholay oladigan aloxida xodim bo'lishini ta'minlash zarur. Bunday xodimlarni tayyorlash uchun respublika markazidagi “Baholovchilar assosiatsiyasi” bilan birgalikda mol-mulk, oltin buyumlar va boshqa mulkni baholash bo'yicha o'qish tashkil kilish lozim.
62
Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida ta’kidlab o'tilgan takliflarning amaliyotda qo’llanilishi, banklarningt kredit portfelining sifatini oshiradi, kredit riskini boshqarishdagi yuzaga keladigan bir qancha muammolar oldini olishga erishiladi deb o’ylaymiz. Bu esa, hozirgi sharoitida bank tizimining barqarorligini ta’minlashga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi deb o’ylaymiz. 3-bob bo’yicha xulosa
Biz uchinchi bobimizda, mamlakatimzda kredit risklarni boshqarishda uchraydigan amaldagi muammolar bilan tanishib chiqdik. Ularga qisqacha ta’rif berilib, ularni oldini olish chora-tadbirlari haqida so’z yuritdik.
Muammolar sinfiga bizlar, bank tizimidagi ya’ni huquqiy normalardagi muamolarni, tijorat banklari ichidagi kredit operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan kamchiliklar hamda xodimlarning o’z vazifalarini amalga oshirishda amaldagi muammolar haqida so’z yuritilgan.
Banklar o’z vazifalarini amalga oshirishda, koorporativ boshqaruvidagi muamolar, Hukumatning bank tizimidagi xatti-harakatlari, ularning bank operatsiyalarini amalga oshirishda iqtisodiy, huquqiy, siyosiy mustaqilliklari haqida fikrlar aks ettirilgan.
Banklarda kredit riskini boshqarish bo’yicha bir qancha tavsiyalar keltirilgan, xususan, kredit riskini oldini olish maqsadida sug’urta kompaniyalari xizmatlaridan foydalanishni bir nechta usullari keltirib o’tilgan.
KAMI ning kredit riskini oldini olish va uni pasaytirishdagi ro’li ifoda etilgan.
Keying masalamiz bo’lib esa, mamlakatimizda kredit riskini boshqarishni takomillashtirish masalalari haqida so’z yuritilgan. Xususan jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini baholashda skoring usuli haqida alohida e’tibor qaratildi.
63
Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda kredit riskini boshqarish bo'yicha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit siyosatiga, ularning kredit portfeli va uning sifatiga, undan foydalanish darajasiga katta e'tibor beriladi. Chunki, kredit portfelining to'g'ri tashkil qilinishi banklarning samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi. Kredit riskini boshqarishning asosiy yo'nalishlari qilib quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 1. Kredit risklarini darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni aniqlash, ularni baholash va bartaraf etish. 2. Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini va uning moliyaviy ahvolini aniqlash, kredit riskini bashorat qilish. 3. Muammoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so'ndirish choralarini ishlab chikish. 4. Kredit qo'yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidligini va daromadliligini ta'minlash. 5. Kredit olgan mijoz bilan doimiy aloqada bo'lib turish. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, respublikamizning yirik tijorat banklarida kreditlarning asosiy qismini ma'lum tarmoqlarga mansub korxonalarda to'planganligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, kreditlarni ayrim mulk shaklidagi mijozlarda to'planishi bank uchun yuqori kredit riskini vujudga keltiradi. Masalan, davlat korxonalarining mulk shakli o'zgarishi bilan unga berilgan kreditni qaytarishda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Fikrimizcha, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan banklarda kredit riskini kamaytirishga erishish mumkin: 1. Tijorat banklari kredit portfeli diversifikatsiyasini kengaytirish va kredit qo'yilmalaridan samarali foydalanish banklarni universallashtirishda va
64
raqobatbardoshligini oshirishda yordam beradi hamda kredit riskini pasaytirishni ta'minlaydi. 2. Bank likvidligini boshqarishda va Markaziy bank tomonidan iqtisodiy normativga rioya etish maqsadida jalb qilingan va joylashtirilgan mablag'larni muddati bo'yicha diversifikatsiya qilish natijasida, o'z kredit operatsiyalarini rejalashtirishga yordam beradi. Bu bilan tijorat banki zarur bo'lgan likvidlilik darajasini ushlab turgan holda maksimal darajada yuqori daromadga erishadi. 3. Kredit portfelini shakllantirish jarayoni optimal kredit siyosatini aniqlash nuqtai-nazaridan uning diversifikatsiyalanishini ko'zda tutadi. Kreditlarning bir necha mijozlar ichida jamlanish darajasi va kreditlashning umumiy hajmi oshishi bilan bank kredit riski ham o'sib boradi. Shuning uchun banklar doimo bir-biridan mustaqil bo'lgan ko'p sonli mijozlarga ozroq hajmdagi kreditlarni taqdim qilishga harakat qilishlari lozim. Bundan tashqari, kreditlarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha diversifikatsiyalashlari maqsadga muvofiqdir: - muddatlari bo'yicha (qisqa va uzoq muddatli qo'yilmalar salmog'ini iqtisodiyotda kutilayotgan o'zgarishlarga va depozitlar muddatlariga bog'liq holatda tartibga solish); - maqsadli yo'nalish bo'yicha; - ta'minot bo'yicha; - kredit uchun o'rnatilgan foiz stavkasi bo'yicha (qat`iy belgilangan va suzib yuruvchi); - tarmoqlar bo'yicha. 4. Kredit siyosati bank kredit resurslarining risk darajasini, kreditlarning ta'minlanganlik darajasini, kreditlarning hududlar va tarmoqlar bo'yicha jamlanganligini, kreditlashning manbalari bo'yicha, mulk shakli bo'yicha tizimli tahlil qilishni nazarda tutib borishi lozim. 5. Tijorat banklari kreditlari hajmini oshirish, uning yuqori sifat ko'rsatkichlariga erishishini ta'minlash bevosita ularning kreditlardan ko'riladigan 65
zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining normativ darajasini ta'minlashga bog'liq. 6. Kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining amaldagi darajasiga baho berish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: - bank tomonidan berilgan kreditlarning to'g'ri tasniflanganligiga; - zahira ajratmalarini tasniflash asosida kreditlarning toifalariga mutanosib ravishda tashkil etilganligiga; - foizlarni o'stirmaslik maqomiga ega bo'lgan kreditlar bo'yicha hisoblangan va muddati o'tgan foizlarni o'z vaqtida va to'liq tijorat bankining balansidan chiqarilganligiga. 7. Tijorat banklarida sindikatlashgan kredit, overdraft kreditlaridan keng foydalanishi lozim. Bir loyihani bir necha kreditorlar tomnidan moliyalashtirilish bilan kredit riskini pasaytirishga erishish mumkin. 8. Tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirishning ustuvor yo'nalishlariga qat'iy amal qilish lozim, jumladan: - tijorat banki kreditlarining 25 foizdan ortiq qismini bitta tarmoqda yoki sohada to'planib qolishiga yo'l qo'ymaslik; - tijorat banki tasniflangan kreditlari tarkibida “standart” toifasidagi kreditlarning salmog'ini 90 foizdan past bo'lmasligiga erishish; - kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zahira ajratmalarining normativ darajasini ta'minlash kerak.
O’ylaymizki bu takliflar kredit risklarini boshqarishda, kredit portfeli sifatini yanada oshirishda hamda banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlarning sifatini yanada takomillashishiga olib keladi. 66
1. Me’yoriy-huquqiy xujjatlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992 yil 8-dekabr. 2. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. 1995 yil 21-dekabr. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 1996 yil 25-aprel. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7-fevral. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 1438-sonli Qarori. 2010 yil 26-noyabr. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi 2344-sonli Qarori. 2015 yil 6-may. 7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining “Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi 2229-sonli Nizomi. 2011 yil 25-may. 8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi 2693-sonli Nizomi. 2015 yil 6-iyul. 9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 2696-sonli Nizomi. 2015 yil 13-iyun. 10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko’p miqdori to’g’risida”gi 2707-sonli Nizomi. 2015 yil 5-avgust.
67
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Tijorat banklarining kredit siyosatiga talablar to’g’risida”gi 905-sonli Nizomi. 2005 yil 2- mart.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari 12. Karimov I.A. “Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish barcha demokratik yangilanish va
iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir”.- T.: O‘zbekiston, 2007. 13. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari”. – T.: O‘zbekiston, 2009. 14. Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”.- T.: O‘zbekiston, 2010.-56b. 15. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.- Toshkent: 2016.-56b. 16. Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.- Toshkent: “O‘zbekiston”. 2017. -104b. 17. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. – Toshkent: “O‘zbekiston”. 2017.-48b. 3. Darslik va o‘quv adabiyotlari 18. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash.Darslik.- T.: Moliya, 2002. -304b. 19. Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik.-T.: “IQTISOD- MOLIYA”, 2008. -405b. 20. Abdullayeva Sh.Z. Omonov A.A.Tijorat banklari kapitali va uni boshqarish.Darslik. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2006 yil 120 b. 21. Abdullayeva Sh.Z., Karimov F.Sh., Navro‘zova K.N., Ortiqov U.D. Bank resurslari va ularni shakllantirish asoslari. O‘quv qo‘llanma. 1-kitob T.:TMI, 2004 yil.-205b. 68
22. Abdullayeva Sh.Z., Karimov F.Sh., Navro‘zova K.N., Ortiqov U.D. Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarish. O‘quv qo‘llanma. 2-kitob T.: TMI, 2005 yil.-255b. 23. Abdullaeva Sh.Z., Qulliev I.Ya. Bank risklari fanidan o’quv-uslubiy majmua. Moliya-2014, -255b. 24. Belyakov A. V., “Банковские риски, проблемы учета, управления и регулирования” M.: КНОРУС,2014г. 305c. 25. Балабанов А.И., Боровкова Вик. А., и др. Банки и банковское дело: Учебник для вузов. 2-э изд. – СПб.: Питер, 2007 – 448с. 26. Белоглазова Г.Н. Банковское дело: Учебник для вузов – СПБ.: Питер, 2008 - 400с. 27. Вешкин Ю.Г., Авагян Г.Л. Экономический анализ деятелности коммерческого банка: учебное пособие. – М.: Магистр, 2007 – 350с. 28. Джеймс К. Ван Хорн, Джон М. Вахович. Финансы, учебное пособие.:Бишкек , 2003,-39 с. 29. Ермаков С.Л. Основы организатсии деятелности коммерческого банка: учебник. – М.: КНОРУС, 2009 – 656с. 30. Жуков Е.Ф., Зеленкова Н.М. Денги. Кредит.Банки: учебник для студентов вузов. - 4-э изд., перераб. и доп. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2009-783с. 31. Коробова Г.Г. Банковское дело: Учебник - М.: «Экономистъ»,2005. -751с.
32. Куликов А.Г. Денги, кредит, банки: Учебник. – М.: КНОРУС,2009 – 656С
33. Лаврушин О.И. Банковское дело. - М.: Финансы и статистика, 2001. -254с.
34. Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. - T.: O‘zbekiston, 2011. – 296b. 35. Qoraliyev T., Ortiqov U. Bank resurslari va ularni boshqarish. Toshkent. 2009 y.
4. Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar) 69
36. Abdullaeva Sh.Z. Kredit skoring: banklar faoliyatidagi ahamiyatli uslub. //Bozor,pul va kredit. №12, 2016.-39 b. 37. Boboyev B. Bank resurslaridan foydalanishni maqbullashtirish. //Bozor,pul va kredit. №2, 2001. 38. Власов С.Н., Рожков
Ю.В. Управление ликвидностю коммерческого банка. // Банковское дело. №9, 2001. – С.24-26. 39. Jo‘rayev U. Xalqaro bank nazoratini takomillashtirishda Bazel qo‘mitasining roli. // Bozor, Pul va Kredit. №10, 2003 yil. – 3-7 b. 40. ATB “ASISA ALLIANCE BANK” ning yillik hisobot ma’lumotlari. 41. “Axbor-Reyting” milliy reyting agentligi hisobot ma’lumotlari. 5. Internet saytlari 42. http//www.cbu.uz - (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki). 43. http//www.gov.uz - (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali). 44. http//www.stat.uz - (O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi). 45. http://www.lex.uz - (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lu- motlari milliy bazasi). 46. http://www.grandars.ru -(iqtisodiyotga oid ma’lumotlar ensiklopediyasi). 47.
http://www.ahbor-reyting.uz - (“Axbor-Reyting” milliy reyting agentligi rasmiy sayti). 48.
http://www.aab.uz - (ATB “ASIA ALLIANCE BANK” rasmiy sayti). Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling