Bank inqirozlari
Haddon ortiq kredit ekspansiyast
Download 122.76 Kb.
|
Банк инкирозлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiya.
- Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranisht
Haddon ortiq kredit ekspansiyast Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta’minoti boyicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi natijasida ulaming monitoringini yuritish bilan bogliq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin.
Inflyatsiya. Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo'nalishlar doirasida ta’sir etishi mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg'arishga bolgan moyillikning pasayishi, aktiv va passiv operatsiyalar tuzilishidagi o‘zgarishlarni keltirish mumkin. Shuningdek, bunday holatda bank passivlariga nisbatan (monand bolmagan) uzoq muddatli aktivlarga ega bolgan bir qator moliyaviy institutlar qiyin ahvolga tushib qoladilar. Mamlakatda oYtacha narxlar darajasi oshib borayotgan bir sharoitda banklar depozit bazasi mustahkamligini ta’minlash maqsadida depozitlar boyicha foiz stavkalarini oshirishga majbur boladilar. Agarda aktiv operatsiyalar boyicha daromadlilik darajasini oshirish cheklangan bolsa, u holda bank foydasining keskin tushib ketishi kuzatiladi. Aksariyat mamlakatlar tajribasida oYtacha narxlar darajasining yuqori o'sish sur’atlari mavjud sharoitda banklar kredit shartnomalari muddatlarini qisqartirishga intiladilar. Banklaming fundamental funksiyalaridan biri bu joriy jamg‘armalami uzoq muddatli investitsiyalarga aylantirishdan iborat. Kredit shartnomalari boyicha muddatlarning qisqarishi iqtisodiy kon’yunkturadagi tebranishlarda banklami himoyasiz qilib, bank barqarorligini zaiflashtiradi. Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranisht Bunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlaming asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan. Bank tizimida inqirozlar vujudga kelishining tashqi iqtisodiy omillariga to'xtalib o^tadigan bolsak, 1980 yillar boshlarida rivojlanayotgan mamlakatlarda bank inqirozlari neft va boshqa asosiy eksport tovarlari narxining tushib ketishi bilan bogliqdir. Shuningdek, bank inqirozlarini keltirib chiqarishda Ronald Reygan ma’muriyatining qat’iy inflyatsiyaga qarshi siyosati sharoitida G‘arb marnlakatlari tomonidan tashqi qarzlarga xizmat ko'rsatish boyicha foiz stavkalarining keskin oshishi ham muhim rol oynadi. Foiz stavkalarining keskin oshishi va milliy valyutalaming keskin devalvatsiyasi banklar tolovga layoqatsizligining kelib chiqishiga sabab boldi. Download 122.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling