Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja


Download 184.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana31.01.2024
Hajmi184.28 Kb.
#1820363
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari

Банк иши 
160 
Shu bilan birga, berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma 
mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oydan 18 oyga 
oshirildi. 
Shuningdek, yagona soliq to’lovi stavkasi borish qiyin bo’lgan va tog’li hududlardagi 
chakana savdo, ulgurji va chakana savdo faoliyatini yurituvchi dorixonalar uchun 1 foizgacha 
pasaytirildi. Borish qiyin bo’lgan va tog’li hududlarda tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazish 
yig’imi belgilangan stavkaning 20 foizi miqdorida, savdo korxonalaridan esa minimal oylik ish haqi 
miqdorida undirish belgilandi.
O’tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash borasida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. Imtiyozli kredit 
stavkalari, masalan, biznesni boshlash uchun ajratiluvchi kredit stavkasi 5%dan 3% ga qadar 
pasaytirildi va h.k
.
Shuningdek, bankda hisob raqami ochish va yopish uchun olinadigan to’lovlar umuman 
bekor qilindi. 
Shunday qilib, korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan qo’shimcha ehtiyoji kredit 
xarakteridagi turli tuman manbalar hisobidan qoplanishi mumkin. Har qanday holatda ham qisqa 
muddatli kredit va korxonaning aylanma mablag’lari quyidagi ko’rinishlarga ega: 
qisqa muddatli kreditlash muddati aylanma mablag’ning aylanish muddati bilan bog’liq-bir 
yilga qadar; 
qisqa muddatli kredit korxona joriy faoliyatidan tushumlar, tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan 
tushumlar hisobiga so’ndiriladi, aylanma mablag’lar elementlari tannarxning aksariyat qismini 
tashkil etishi bois aylanma kapital davriy aylanishining uzluksizligi qisqa muddatli kreditni 
so’ndirishning sharti hisoblanadi; 
qisqa muddatli kreditni jalb etish uchun xarajatlar buxgalteriya (moliya) (tannarx) tarkibiga, 
soliq hisobida esa o’rnatilgan cheklashlar doirasida kiritiladi. 
Nazorat uchun savollar. 
1. Mavsumiy xarakterli tarmoqlar xususiyatlari va ularga tavsif. 
2. Turli mulk sub’ektlarini kreditlash tartibi 
3. Kichik va xususiy biznesni kreditlash tartibi 
4. Kreditni qaytarilishi muammolari. 
5. qishloq xo’jaligiga kredit berish va koplash tartibi. 
6. Mikrokreditlash xususiyatlari va tartibi 
7. O’zbekiston tijorat banklari investitsion kreditlashtirish xususiyatlari 

Download 184.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling