Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja


Download 184.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana31.01.2024
Hajmi184.28 Kb.
#1820363
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari

Банк иши 
154 
D – davrlar. 
Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan kredit munosabatlarini mustaqil ravishda 
o’rnatadilar. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tijorat banklaridan kredit olish uchun kredit 
buyurtmasini beradilar. Shu kredit buyurtmasiga asosan tijorat banklari qarz oluvchining moliyaviy 
ahvolini tahlil qiladilar. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: 

kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko’rib chiqish va bo’lajak qarz oluvchi 
bilan suxbatlashish; 

qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog’liq xatarlarni baholash; 

kredit narxini belgilash; 

kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish. 
7-
Mijozlarning kreditga layoqatliligi bo’yicha sinflarga bo’lish va korxonalar reytingini 
aniqlash. 
Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kreditlanadi. Ularga nisbatan kredit 
berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin, ya’ni ishonch krediti berilishi
qo’shimcha ma’lumotlar va hisob-kitoblarsiz kredit berilishi va boshqa imtiyozlar taqdim etilishi 
mumkin. 
3-jadval.
Sinflar bo’yicha kreditga qobillikni asosiy ko’rsatkichlariga talablar 
T/r Nomi 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 
1. Koplash koef. (Q.k) 
K.k 


2
1>q.k>0,5 
2. Likvidlik koef.(K.l) 
K.l

1.5 
1.5
1>k.l>0,5 
3. Muxtoriyat koef.(Km) 
K.m

60% 
60%3 0% 30%>k.m>15% 
Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo’llari deganda, bu iloji boricha asosiy va 
qo’shimcha ko’rsatkichlarni yuqori bo’lishini ta’minlashdir. Demakki, har bir ko’rsatkich bo’yicha 
yuqorilikka erishishdir. Buning uchun korxona barqaror ishlab chiqarish jarayonini birinchi galda 
tashkil etishi lozim. Pul mablag’larining ortishi korxonaning birlamchi to’lovlarni oshirish uchun 
kerak mablag’larga bo’lgan extiyojlarni kamaytiradi va korxonada ishlab chiqarish maromiyligi 
bo’zilmasligiga olib kelishi mumkin. 
O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsienti bo’yicha esa, yuqori natijalarga 
erishish uchun o’z mablag’lari manbaini ortishini ta’minlash kerak. Chunki oborotda ishlatiladigan 
mablag’larda o’z aylanma mablag’lari ulushi qancha ko’p bo’lsa, uning kreditga layoqatliligi ortadi. 
Uzoq muddatli aktivlar ortishi salbiy ta’sir etsada, ularning ortish tempini o’z aylanma mablag’lari 
mavjud summasini ortish tempidan pastrok bo’lishini ta’minlash zarur. Yana korxonada o’z 
aylanma mablag’larini immobilizatsiyasiga yo’l qo’ymaslik zarur, ya’ni ularning o’z maqsadidan 
boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Chunki ular immobilizatsiyasiga yo’l 
qo’yilsa, ularning balans bo’yicha hisoblangan qiymatidan haqiqatda oborotda qatnashayotgan 
aylanma mablag’lari kam chiqadi. Buning natijasida esa, aylanma mablag’lari aylanish koeffitsienti 
pasayadi, oqibatda o’z aylanma mablag’lari etishmovchiligi yuzaga keladi. Kreditga layoqatlilik 
tahlilida aylanma mablag’lari immobilizatsiyasini ham hisobga olish kerak. Kreditga layoqatlilikni 
mustahkamlash 
yo’llaridan yana foyda va rentabellik ko’rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. 
Korxona sof foydasi o’tgan yilga nisbatan hisobot yilida ortishini ta’minlash lozim, buning uchun 
esa unga salbiy ta’sir etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta’sir etuvchi omillar ko’payishini 
ta’minlash kerak. 
Mijozlarning kreditga layoqatligini baholash tizimini takomillashtirish lozim. Hozirgi 
vaqtda amaliyotda qo’llanilayotgan korxonalarning kreditga layoqatliligi asosiy ko’rsatkichlari davr 
talabiga javob bermay qolmoqda. 
Har bir bankda mijozning kreditga layoqatliligini baholashda qo’llaniladigan yagona 
ko’rsatkichlar tizimi ishlab chiqarilishi lozim. 



Download 184.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling