Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja


 Kreditga layoqatlilik tushunchasi


Download 184.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana31.01.2024
Hajmi184.28 Kb.
#1820363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari

8.3. Kreditga layoqatlilik tushunchasi. 
Bank mijozlarini kreditlash jarayoni juda ko’p va turli xil xavf-xatarlar (risklar) bilan 
bog’liq bo’lib, qaysiki kreditlarni belgilangan muddatda qoplanmaslik muammosini keltirib 
chiqaradi. Shu sababli banklar o’z mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini 
tahlil qiladilar. 
Umuman Bankda kredit berish jarayoni qarz oluvchilar sonini ancha ko’paytirishga, 
mijozlarni moliyaviy axvolini xar tomonlama va chuqur taxlil qilish, ishonchli mijozlarni tanlash 
asosida, kredit sohasida uchraydigan tavakallarni kamaytirish, kreditdan maqsadga muvofiq 
ravishda foydalanish, kredit olishga qaratilgan takliflarni shu taqsimlash va qabul qilish, kreditning 
qaytarilishini ta’minlaydigan qo’shimcha shakllardan foydalanish tomonga yo’naltirilgan. 
O’zbekiston tijorat banklari o’z faoliyatlari davomida qator muammolarga duch keladilar
ularni xal qilish esa iqtisodiyotimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun muxim hayotiy masaladir. 
Bu muammoni birinchi navbatda, ko’pchilik bank mijozlarining qoniqarsiz moliyaviy ahvoli 
keltirib chiqaradi. Sir emaski, qachonlardir o’z bank tizimlarini islox kilgan mamlakatlarning qariyb 
barchasi u yoki bu darajada shu muammoni xal qilish zarurati bilan to’qnashganlar.
56
Muallif tomonidan tuzilgan 


Банк иши 
151 
Bank mijozlarini kredit olish qobiliyati yoki kreditga mukobilligi- bu korxonaning olgan 
qarz mablag’larini samarali foydalanishi uchun ishonch bildiruvchi, qarz oluvchining olgan 
kreditlarini shartnoma asosida qaytarish qobiliyati va tayyorlashni bildiruvchi moliyaviy xo’jalik 
xolatidir. Boshqacha so’z bilan aytganda
Kreditga qobillik - bu xo’jalik sub’ektlari tomonidan kreditlarni o’z vaqtida va to’laligicha 
qaytadan olish qobiliyati hamda moliyaviy axvoliga beriladigan bahodir. 
Qarzdorni kredit olish qobiliyatini baholashga uyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- iqtisodiyot buginlari sub’ektlarini davlat ma’sarrufidan chikishi va xususiy lashtirilishi; 
- davlat karmogida bo’lmagan turli mulkdagi korxonalarning shakllanishi va rivojlanishi; 
-korxonalarning moliyaviy barqarorligini to’liq aks ettirmaydigan iborat mablag’larini ular 
ixtiyorida to’planib qolishi (korxona ixtiyorida begona shaxslarning pul mablag’larini to’planib 
qolishi); 
- bank tizimini to’liq xo’jalik hisobiga o’tish va bank barqarorligini tiklash uchun bank 
risklarini pasaytirish; 
Mijozni kreditga qobilligi taxlil qilish jarayonida bank 2 ta masalani xal etishi kerak.
1. Mijozni o’z majburiyatilarini o’z muddatida bajara olish qobiliyati ; 
2. Mijozni o’z majburiyatlarini bajarishga tayyorligi (xoxishi). 
Birinchi savolga javob mijozni moliyaviy xo’jalik faoliyatini taxlil qilish jarayonida olishsa, 
ikkinchi savolga javob bank xodimini kredit oluvchi mijoz bilan bo’ladigan ogzaki intervagosi 
orqarli olinadi. 
Mijoz kredit olish qobiliyati uni kelajak davrga bo’lgan to’lov qobiliyatini istiqbolini 
belgilab beradi. 
Bank mijozi kreditga layoqatligi deganda mijozning o’z qarz majburiyatlari bo’yicha to’liq 
va o’z vaqtida hisoblashish qobiliyati tushiniladi. 
Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan 
kredit risk bilan bog’liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o’z vaqtida qaytmasligi yoki 
umuman to’lanmasligi mumkin. Shu sababli, banklar o’z mijozlari moliyaviy holatini, to’lovga 
qobilligini va albatta, kreditga layoqatliligini tahlil qiladi. 
Jahon amaliyotida, xususan AQShda banklar tomonidan, mijoz kreditga layoqatliligini 
baholashda "five s", "besh si" qoidasi ishlatiladi. Ular quyidagilar: 

character (mijoz harakteri); 

capacity (moliyaviy sharoiti); 

capital (kapital yoki mol-mulk); 

colletarial (ta’minlanganlik); 

conditions (umumiy iqtisodiy vaziyat). 
Mijoz harakteri deganda, uning yuridik shaxs sifatida reputatsiyasi, ma’suliyatliligi, olingan 
qarzni to’lashga xohishi va tayyorlik darajasi tushiniladi. 
Mijoz moliyaviy sharoiti yoki qobiliyati deganda, mijozning kreditni qaysi manbalardan 
qoplashligi tushiniladi. Odatda korxonada quyidagi 3 manbalar mavjud: 

joriy kassa tushumlari; 

aktivlarni sotishdan tushgan tushum; 

va boshqa moliyalashtirish manbalari (maxsus zahiralar, amortizatsiya fondi va b.) 
Kapital deganda, mijozning aktsionerlik kapitali, uning strukturasi, aktiv va passivlar 
orasidagi munosabatlar tushiniladi. Uning ustav fondi va o’z kapitalining kredit operatsiyasiga jalb 
qilish darajasini ko’rib chiqish tushuniladi. 
Ta’minlanganlik deganda, mijozning aktivlari qiymati va konkret ikqilamchi qarzni qoplash 
manbai (kafillik, sug’o’rta, garov) qaysiki, kredit shartnomasida ko’rsatiladi. 
Umumiy iqtisodiy vaziyat deganda, mamlakatdagi joriy va kelajakdagi iqtisodiy holat
siyosay ahvol, soliqlar, xom-ashyo va boshqa kredit qaytarilishiga ta’sir etuvchi bilvosita faktorlarni 
o’rganish tushiniladi. Ushbu usul hozirda bizning banklarda qo’llanilsa foydadan holi bo’lmasdi. 



Download 184.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling