Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja
Download 184.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari
Банк иши 146 8-MAVZU. AYLANMA MABLAG’LAR VA MIJOZLARNING KREDITGA LAYOQATLIGINI BAHOLASH USULLARI Reja 8.1 Aylanma mablag’lar tushunchasi va uning tarkibi. 8.2 Aylanma mablag’larni tashkil etish manbalari. 8.3 Kreditga layoqatlilik tushunchasi va uni hisoblash ko’rsatgichlari. 8.4 Biznes reja va uni kreditlash jarayonidagi o’rni. 8.5 Tijorat banklari tomonidan aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarni rasmiylashtirish tartibi. Tayanch iboralar Korxona, oborot mablag’i, operatsiyalar, kredit, mulk, bank, islohatlar, samaradorlik ko’rsatgichlari, trast, vositachilik, vazifalari, manbalari, kreditor, debitorlar va barqaror passivlar.. 8.1. Aylanma mablag’lar tushunchasi va uning tarkibi. Korxonaning oborot (aylanma) ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlarini shakllantirish uchun avanslanadigan (sarflanadigan) pul mablag’lari majmuasi oborot mablag’lari deb aytiladi. Aylanma mablag’larning tarkibi va tuzilmasi turli omillar ta’sirida vujudga keladi. Ular xo’jalikning ishlab chiqarish yo’nalishi, ixtisoslashuvi, sharoitlari, iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, etishtirgan mahsuloti va ko’rsatilgan xizmatlarini realizatsiya qilish jarayonlari hamda shu kabi faoliyat natijalariga bog’liq bo’ladi. Turli mulkka asosolangan korxonalarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish zaminida rivojlantirish uchun sarflanayotgan barcha mablag’lar ularning moliyaviy mablag’lari hisoblanadi. Turli mulkka asosolangan korxonalaridagi moliyaviy mablag’larning mohiyati va shakllanish manbalarini mantiqan quyidagicha turkumlash mumkin. Aylanma mablag’larning tarkibi va tuzilmasi turli omillar ta’sirida vujudga keladi. Ular xo’jalikning ishlab chikarish yo’nalishi, ixtisoslashuvi, iqlim sharoitlari, iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, etishtirgan mahsuloti va ko’rsatilgan xizmatlarini realizatsiya qilish jarayonlari hamda shu kabi faoliyat natijalariga bog’liq bo’ladi. Aylanma mablag’lar o’zida ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat predmetlari va moddiy boyliklarning puldagi ko’rinishini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, aylanma mablag’lar bu ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlariga yo’naltirilgan pul mablag’laridir. Ular korxonalarining joriy faoliyati uzluksizligini ta’minlovchi muhim resurs hisoblanadi. Moddiy xususiyatiga qarab, u o’z tarkibiga xom-ashyo, yoqilg’i, korxona omboridagi tayyor mahsulotlar, pul mablag’lari va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish aylanma fondlari ikki qismga bo’linadi. Birinchisiga hali ishlab chiqarish jarayonida qatnashmagan va omborda yotgan mahsulotlar kiradi. Bular em-xashak, urug’lik va o’tqazish materiallari, ehtiyot qismlar, mineral o’g’itlar, zaxarli ximikatlar, yoqilg’i-moylash materiallari va shu kabilar. Ikkinchi qism aylanma mablag’lari ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish o’simchilikda kelasi yil hosili uchun amalga oshirilgan xarajatlar hisobiga olinib, aylanma mablag’lar hisobiga kiritilsa chorvachilikda ushbu xarajatlar keyingi davrga ham o’tkaziladi (masalan: inkubatsiya xarajatlari). Kelgusi davr xarajatlari- bu yangi texnikani o’zlashtirish xarajatlari, yangi ishlab chiqarishni o’zlashtirish bo’yicha tayyorgarlik ishlari, erni tubdan yaxshilash xarajatlari bo’lib, u hozirda amalga oshirilib keyingi davrlarda tannarxga qo’shiladi. Pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar - aylanma mablag’larning eng likvid shaklidir. Korxonaning pul mablag’lariga kassadagi, joriy hisob raqamidagi, valyuta hisob raqamidagi pul mablag’lari kiradi. Download 184.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling