Банк иши
150
2-jadval.
Korxonalar aylanma kapitalini boshqarishda kreditning roli
56
.
Aylanma
mablag’ni
boshqarish
modellari nomi
Qisqa muddatli kredit va kreditorlik
qarzining roli
Likvidlik nuqtai nazaridan tavakkalchilik
Barkamol
Qisqa
muddatli
majburiyatlar
hisobiga barcha joriy aktivlar, ya’ni
ularning o’zgaruvchan qismi ham
to’liq moliyalashtiriladi.
Agar bir paytning o’zida kreditorlar
oldidagi barcha majburiyatlar so’ndirilishi
lozim bo’lsa, eng katta tavakkalchilik
ehtimoli mavjud.
Agressiv
Qisqa
muddatli
majburiyatlar
hisobiga
aylanma
aktivlarning
o’zgarib turuvchi qismi to’liq
qoplanadi.
O’ta xatarli, chunki real aktivlar
minimumi bilan shakllanish imkoni yo’q.
Kompramissli
Aylanma
mablag’larning
o’zgaruvchi qismi 50 foizga qisqa
muddatli majburiyatlar hisobiga
qoplanadi.
Eng kam xatar, biroq ortiqcha joriy
mablag’lar
mavjudligi
va
shuning
hisobiga foydaning pasayishi ehtimoli
mavjud.
Konservativ
O’zgaruvchi qismi uzoq muddatli
passivlar
hisobiga
qisman
qoplanadi.
Likvidlikni yo’qotish xatari yo’q, chunki
qisqa muddatli kreditorlik qarzlari mavjud
emas.
Shuni ta’kidlash joizki, qisqa muddatli majburiyatlarning roli va korxona faoliyatining
moliyalashtirish manbalari tarkibida ularning ulushi "konservativ yoki kompromiss yoki agressiv
yoki barkamol modeli" yo’nalishida ortib boradi, bunda korxona likvidligining buzilish xarakteri
teskari yo’nalishda o’zgaradi.
Bunda hatto aylanma mablag’larni boshqarishning konservativ modeli o’zgarib turuvchi
aktivlar qismini qoplash uchun kreditdan majburiy foydalanishni ko’zda tutadi.
Kreditorlarning xarakteri, qisqa muddatli kreditlash turi va shaklidan qat’iy nazar, qisqa
muddatli kreditning aylanma mablag’lar harakati bilan aloqasini ko’rish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |