Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja
Download 184.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval. Sinflar bo’yicha kreditga qobillikni asosiy ko’rsatkichlariga talablar
Банк иши
154 D – davrlar. Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan kredit munosabatlarini mustaqil ravishda o’rnatadilar. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tijorat banklaridan kredit olish uchun kredit buyurtmasini beradilar. Shu kredit buyurtmasiga asosan tijorat banklari qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qiladilar. Bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko’rib chiqish va bo’lajak qarz oluvchi bilan suxbatlashish; qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog’liq xatarlarni baholash; kredit narxini belgilash; kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish. 7- Mijozlarning kreditga layoqatliligi bo’yicha sinflarga bo’lish va korxonalar reytingini aniqlash. Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kreditlanadi. Ularga nisbatan kredit berishning imtiyozli tartibi ham nazarda tutilishi mumkin, ya’ni ishonch krediti berilishi, qo’shimcha ma’lumotlar va hisob-kitoblarsiz kredit berilishi va boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin. 3-jadval. Sinflar bo’yicha kreditga qobillikni asosiy ko’rsatkichlariga talablar T/r Nomi 1-sinf 2-sinf 3-sinf 1. Koplash koef. (Q.k) K.k 2 2 1>q.k>0,5 2. Likvidlik koef.(K.l) K.l 1.5 1.5 1>k.l>0,5 3. Muxtoriyat koef.(Km) K.m 60% 60% Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo’llari deganda, bu iloji boricha asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarni yuqori bo’lishini ta’minlashdir. Demakki, har bir ko’rsatkich bo’yicha yuqorilikka erishishdir. Buning uchun korxona barqaror ishlab chiqarish jarayonini birinchi galda tashkil etishi lozim. Pul mablag’larining ortishi korxonaning birlamchi to’lovlarni oshirish uchun kerak mablag’larga bo’lgan extiyojlarni kamaytiradi va korxonada ishlab chiqarish maromiyligi bo’zilmasligiga olib kelishi mumkin. O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsienti bo’yicha esa, yuqori natijalarga erishish uchun o’z mablag’lari manbaini ortishini ta’minlash kerak. Chunki oborotda ishlatiladigan mablag’larda o’z aylanma mablag’lari ulushi qancha ko’p bo’lsa, uning kreditga layoqatliligi ortadi. Uzoq muddatli aktivlar ortishi salbiy ta’sir etsada, ularning ortish tempini o’z aylanma mablag’lari mavjud summasini ortish tempidan pastrok bo’lishini ta’minlash zarur. Yana korxonada o’z aylanma mablag’larini immobilizatsiyasiga yo’l qo’ymaslik zarur, ya’ni ularning o’z maqsadidan boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Chunki ular immobilizatsiyasiga yo’l qo’yilsa, ularning balans bo’yicha hisoblangan qiymatidan haqiqatda oborotda qatnashayotgan aylanma mablag’lari kam chiqadi. Buning natijasida esa, aylanma mablag’lari aylanish koeffitsienti pasayadi, oqibatda o’z aylanma mablag’lari etishmovchiligi yuzaga keladi. Kreditga layoqatlilik tahlilida aylanma mablag’lari immobilizatsiyasini ham hisobga olish kerak. Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo’llaridan yana foyda va rentabellik ko’rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. Korxona sof foydasi o’tgan yilga nisbatan hisobot yilida ortishini ta’minlash lozim, buning uchun esa unga salbiy ta’sir etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta’sir etuvchi omillar ko’payishini ta’minlash kerak. Mijozlarning kreditga layoqatligini baholash tizimini takomillashtirish lozim. Hozirgi vaqtda amaliyotda qo’llanilayotgan korxonalarning kreditga layoqatliligi asosiy ko’rsatkichlari davr talabiga javob bermay qolmoqda. Har bir bankda mijozning kreditga layoqatliligini baholashda qo’llaniladigan yagona ko’rsatkichlar tizimi ishlab chiqarilishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling