Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja


Download 184.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana31.01.2024
Hajmi184.28 Kb.
#1820363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari

Банк иши 
147 
Debitorlik qarzlari – korxona aylanma mablag’larining muhim qismi hisoblanadi. Debitorlik 
qarzlarini boshqarishning muhim vazifalaridan biri bo’lib, sotib oluvchining to’lovga qobillik 
riskini baholay bilishdir.
Muomala fondlari tayyor mahsulotni realizatsiya qilish va shu asosda daromad olishdir. 
Aylanma mablag’lari doiraviy aylanishning uchta bosqichini bosib o’tadi: sotib olish 
(ta’minot), ishlab chiqarish va realizatsiya qilish. 
Shuning uchun, aylanma mablag’lardan ratsional darajada foydalanish muammosiga 
ko’proq e’tibor qaratish lozim. Bu muammoni echish bozor iqtisodiyotiga xos quyidagi 
tamoyillarga amal qilish bilan bog’liq: 
ishlab chiqarish talabi darajasidagi aylanma mablag’larning optimal hajmini ta’minlash. 
Agarda biz aylanma mablag’lardan naqd pul mablag’larini ayirsak, tovar-moddiy zaxira 
ko’rinishdagi aylanma mablag’larni hosil qilamiz. Ushbu qismning ortishi pul mablag’larining 
chetlashishini bildiradi. Bu esa korxona faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklarga olib keladi. Tovar-
moddiy boyliklar summasining kamayishi esa o’z navbatida pul mablag’larining kelib tushishini 
bildiradi; 
tovar-moddiy boyliklardan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish; 
ishlab chiqarish zaxiralarini tashkil qilishdagi xarajatlarni minimallashtirish; 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini nazorat qilgan holda, aylanma 
mablag’larning ishlab chiqarish zaxiralarida minimal darajada ushlab turishni ta’minlash; 
aylanma mablag’larga bo’lgan talabni imkon darajasida o’zi moliyalashtirish 
Korxonaning xom-ashyo zahiralari, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, qo’shimcha 
qismlar,idishlar, kam baholik va tez eskiruvchan predmetlar, tugallanmagan ishlab chiqarish
korxona tomonidan ishlab chiqilgan yarim tayyor mahsulotlarga sarflangan pul mablag’lari ishlab 
chiqarish jarayoniga xizmat qiladi. 
Oborot mablag’larining asosiy vazifasi (maqsadi) korxonaning ishlab chiqarish jarayonini 
moliyaviy mablag’lar bilan va shu asosda ishlab chiqarish hamda ijtimoiy mahsulot muomalasi 
uzluksizligini ta’minlashdan iboratdir. 
Oborot mablag’larining to’liq takror ishlab chiqarish bosqichlarini bosib o’tadigan davri, 
oborot mablag’larining aylanish davrini tashkil qiladi. Ushbu davrning davomiyligi – mahsulot 
ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish darajasining asosiy ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. 
Oborot mablag’lari o’zining ma’lum bir xususiyatlariga ko’ra 3 guruxga bo’linadi:
a) takror ishlab chiqarish jarayonining turli sohalariga xizmat ko’rsatish belgisiga qarab – 
ishlab chiqarish oborot fondlari va muomala fondlariga; 
b) tashkil topish manbalariga qarab – o’z mablag’lari, qarzga olingan mablag’lar; 
v) rejalashtirish xususiyatlari va tashkil etish tamoyiliga ko’ra – normalashtiriladigan va 
normalashtirilmaydigan va h.k. 
Oborot mablag’larini ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlariga bo’linishining 
iqtisodiy asosi bo’lib mablao’lar aylanishining ikki alohida olingan sohasining mavjudligi 
hisoblanadi: ishlab chiqarish sohasi va muomala sohasi. Ularning asosiysi – bu moddiy ishlab 
chiqarish sohasidir. Oborot mablag’larining moddiy boylik ishlab chiqarish sohasidagi ulushi 
qancha ko’p bo’lsa, ulardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’lishi 
kerak. 
Oborot mablag’larining normalashtiriladigan va normalashtirilmaydigan qismlarga 
bo’linishining iqtisodiy zaruriyati ishlab chiqarish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Oborot 
mablag’larining alohida moddalari bo’yicha normativlarni rejalashtirishdan maqsad – korxonaning 
uzluksiz va barqaror ishlab chiqarishni minimal xom-ashyo zazahiralari, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, tayyor mahsulotlarning minimal xarajatlari bilan ta’minlashdan iboratdir. 
Normalashtiriladigan oborot mablag’lariga: oborot ishlab chiqarish fondlari, ombordagi 
tayyor mahsulotlar, ortib jo’natilgan va hisob-kitob hujjatlari bankka topshirilgan tayyor 
mahsulotlar kiradi. 



Download 184.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling