Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja


-jadval  Xo’jaligi korxonalari aylanma mablag’larining shakllanish manbalari


Download 184.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana31.01.2024
Hajmi184.28 Kb.
#1820363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari

1-jadval 
Xo’jaligi korxonalari aylanma mablag’larining shakllanish manbalari 
O’z manbaalari 
Qarz mablag’lari 
Qo’shimcha jalb qilingan 
Ustav kapitali 
Qo’shimcha kapital 
Zaxira kapitali 
Taqsimlanmagan foyda 
Byudjet 
malag’larining 
maqsadli pul mablag’lar
Banklarning uzoq muddatli 
kreditlari 
Uzoq muddatli qarzlar 
Banklarning qisqa muddatli 
kreditlari 
Tijorat kreditlari 
Soliq kreditlari 
Kreditorlik 
qarzlari: 
pudratchi 
vata’minotchilar; ish haqini to’lash; 
sug’urta 
va 
boshqa 
kreditorlar 
bo’yicha.
Iste’mol fondi. 
Kutilayotgan xarajat va to’lovlar 
bo’yicha zaxira. 
Shubhali qarzlar bo’yicha zaxira va 
boshqalar. 
Korxonaning aylanma mablag’ga bo’lgan ehtiyoji o’zgarmas miqdordan iborat emas. Uning 
o’zgarish sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 
 faoliyat ko’lamining kengayishi, bunda asosiy kapitalga qo’yilmalar aylanma kapitalga 
qo’shimcha qo’yilmalar mos kelishi lozim; aylanma kapitalga qo’shimcha ehtiyojlarni 
moliyalashtirish manbalari investitsiya loyihasini moliyalashtirish rejasiga kiritiladi;
 sotish hajmlari ko’paygan yoki kamayganda korxona shunga nisbatan o’z munosabatini 
bildirishi lozim va bu aylanma mablag’ miqdorining mos ravishda o’zgarishini talab qiladi; 
 bir qator tarmoqlar uchun xos bo’lgan, aylanma kapitalga ehtiyojning mavsumiy tebranib 
turishi. Aylanma mablag’larga doimiy bo’lmagan ehtiyoj asosan tabiiy omillar, mavsumlar 
almashishi bilan bog’liq, ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining bir qator turlari uchun xosdir. 
Mavsumiylik elementi tabiat bilan bilvosita bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarishlarda ham, hatto 
tikuvchilik sanoatida ham kuzatiladi; 
 ta’minot shartlarining mahsulot ishlab chiqarish va tarqatish omillari bilan o’zgarishi; 
masalan, aylanma mablag’ ortishiga ehtiyoj etkazib berish (ortib jo’natish) chatsotasi, 
ta’minotchilar (xaridorlar) tarkibi hamda soni, tovarlar, ishlar, xizmatlar yuzasidan hisob-kitoblar 
shakllarining o’zgarishi natijasida o’zgartirilishi mumkin; 
 masalan, korxona uchun eng qulay paytda tovar zaxiralarining to’planishini ko’zda 
tutadigan, korxonaning bozor tsrategiyasi; 
 debitorlik qarzlarining haddan tashqari chetlashishi; 
 infilyatsiya oqibatida "yoyilib" ketayotgan aylanma mablag’larni to’ldirish. 
Qarz berish shartnomalari asosida karz pullar va mablag’lar jalb etiladigan moliyaviy 
veksellar pul, kredit bozorining mustaqil segmentini o’zida ifodalaydi. Ayni paytda xo’jaliklarni 
kreditlashning o’ziga xos xususiyati mavjud bo’lib, ularning deyarlik ko’pchiligi professional 
kreditor emasligi bilan bog’liqdir. Ammo kreditorlar bozori bu bo’sh pul mablag’lari taklif 
etiladigan ochik bozor emas. Bu erda pul resurslariga bo’lgan talab va taklif aksariyat holda kreditor 
hamda qarz oluvchi o’rtasida yuzaga kelgan o’zaro xo’jalik munosabatlari bilan bog’liq. Odatda 
iqtisodiy jihatdan o’zaro ta’minot, texnologik zanjir bilan o’zaro bog’lik bo’lgan korxonalar 
kreditlar bilan ta’minlanadi. Bunda aynan xo’jalik vazifalari, masalan ta’minot yoki sotishning 
kafolatlanganligi hal etiladi, shuning uchun kredit yuzasidan to’lov turli kredit bitimlarida sezilarli 
darajada o’zgartirilishi mumkin, shunga qaramay pul bozorida umumiy vaziyat, qayta moliyalash 
stavka darajasi ham hisobga olinadi. Xo’jalik kreditining o’ziga xos turi karz berish shartnomasi 
asosida jismoniy shaxslarning mablag’larini jalb etishdan iborat. 
Bu bo’linish joriy aktivlarni moliyalashtirishning to’rtta taniqli modellari asoslariga qurilgan 
bo’lib, ular korxonaning joriy moliyalashtirishda qisqa muddatli majburiyatlarning roli nuqtai 
nazaridan o’zaro farq qiladi. 



Download 184.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling