Банк иши 146 8-mavzu. Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatligini baholash usullari reja
Download 184.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Aylanma mablag’lar va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. Aylanma mablag’larni tashkil etish manbalari.
Банк иши
148 Normalashtirilmaydigan oborot mablag’lariga esa – xaridorlarga ortib jo’natilgan mahsulotlar, hisob-kitoblardagi mablag’lar, pul mablag’lari, korxonaning bank hisob raqamidagi pul mablag’lari kiradi. Oborot mablag’larini alohida moddalari bo’yicha nisbati ularning tuzilishi deb aytiladi. Ular turli ishlab chiqarish tarmoqlarida turlichadir. Unga ishlab chiqarish faoliyat turi, xarajat tuzilishi, moddiy texnika ta’minoti, mavsumiy yoki doimiy ishlab chiqarish xususiyati, hisob-kitoblarni tashkil etish xususiyatlari kabi turli omillar ta’sir ko’rsatadi. Oborot mablag’larini normalashtirish – bu korxonaga rejalashtirilayotgan yilda uning ishlab chiqarish, ta’minot va mahsulotni sotish xususiyatlarini hisobga olgan holda minimal ishlab chiqarish zahiralari uchun zaruriy moliyaviy resurslar summasini iqtisodiy asosda aniqlash tushuniladi. Oborot mablag’lari normasi – iqtisodiy tomondan asoslangan TMQzahiralarining minimal hajmi – odatda kunda hisoblanadi. Oborot kapitalidan samarali foydalanish ko’rsatkichlari bo’lib: 1. Oborot mablag’larining aylanish davrining davomiyligi (1 marotaba) – 0 Д с s Д Р К С 0 0 0 С = davr mobaynida oborot mablag’larining qoldig’i; s К = davr mobaynidagi kunlar soni; c P = sotilgan mahsulotlar summasi. 2. 0 0 C P c K - aylanish koe-ti 8.2. Aylanma mablag’larni tashkil etish manbalari. Ilmiy asoslangan qoidalarga muvofiq xo’jalik korxonalarining o’z aylanma mablag’lari minimal darajada bo’ladi. Qarz mablag’lari asosan mavsumiy zaxira va xarajatlarni tashkil qilishga yo’naltiriladi. Ular aylanma fondlar etarlicha mavjud bo’lmaganligi sababli aylanma mablag’larning harakatini susayishi yoki to’xtab qolishi xavfining oldini oladi. Bunday sharoitda kredit kuchli iqtisodiy richag va xo’jalik kapitalini shakllantirishning muhim manbai hisoblanadi. Kredit korxonaning o’z resurslari bilan mahsulot ishlab chiqarish jarayonida doiraviy aylanishni amalga oshiradi. Shuning uchun, bozor munosabatlariga o’tish jarayonida qisqa muddatli kreditlashning usuli va shakllari ishlab chiqarish vositalarining doiraviy aylanishdagi xususiyatlari maksimal darajada hisobga olishnishi kerak: ishlab chiqarish davrida aylanishning syokinlashuvi; ichki aylanishning hissasi kattaligi ma’lum pul mablag’lari sarflanishini talab qiladigan katta hajmdagi mavsumiy ishlab chiqarish zaxiralarini tashkil qilish muhimligi; xarajatlarning syokin-atsa va notekis ravishda o’sib borishi, hamda ularning ishlab chiqarish sikli tugash vaqtida, ya’ni ishlab chiqargan mahsulot realizatsiya qilinib pul ko’rinishida qaytib kelishi; qishloq xo’jaligi mahsulotining tabiiy ofatlar va Банк иши 149 noqulay ob-havo sharoitlari ta’sirida kerakli darajada yig’ib olinmasligi va zarar keltirishi sug’urta fondlarini tashkil qilishni talab qiladi. Download 184.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling